Главная / Siyosat / Davlat tibbiyot muassasalarining ilmiy darajaga ega khodimlari maoshlari sezilarli darajada oshiriladi
<

Davlat tibbiyot muassasalarining ilmiy darajaga ega khodimlari maoshlari sezilarli darajada oshiriladi

Uzbekiston Respublikasi prezidentining «Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari tugrisida»gi qarori imzolandi.

Prezident qaroriga kura, 2020/2021 uquv yilidan boshlab quyidagicha tartib urnatilmoqda. Unga muvofiq:

a) talim bosqichidan qati nazar, chet tilini bilish darajasi tugrisidagi khalqaro sertifikatga ega bulgan tibbiyot oliy talim muassasalari talabalariga (mutakhassislik fanlarni «qoniqarli» bahoga uzlashtirayotgan talabalardan tashqari) Talabalarni ragbatlantirish jamgarmasi mablaglari hisobidan har oylik stipendiyasiga bazaviy stipendiya miqdorida qushimcha tulov amalga oshiriladi;

b) khalqaro etirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingidagi tibbiyot yunalishida birinchi 200 urinni egallagan oliy talim muassasalarida:

  • klinik ordinatura (rezidentura) va magistratura mutakhassisligini tamomlagan davlat tibbiyot muassasalari khodimlari lavozim maoshiga mehnatga haq tulashni eng kam miqdorining etti baravariga teng miqdorda har oylik qushimcha ustama;
  • falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan mutakhassislarga davlat tibbiyot muassasalarida lavozim maoshiga mehnatga haq tulashni eng kam miqdorining un besh baravariga teng miqdorda har oylik qushimcha ustama tulanadi.

Nazarda tutilgan kharajatlar Uzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablaglari hisobidan qoplanadi.

О нас

Яна маълумот

Samarqandda «yashil» bulgan tumanda nazorat kuchaytirildi

Samarqand viloyatining eng yirik tumani Urgut ham «qizil» toifaga kiritilishi mumkin. Samarqand viloyat IIB akhborot …