Главная / Iqtisodiyot / «Davlat qarzi: tahlil va erkin fikr almashinuvi». «Munozara klubi»dan makhsus reportaj
<

«Davlat qarzi: tahlil va erkin fikr almashinuvi». «Munozara klubi»dan makhsus reportaj

13 iyun kuni Uzbekiston hukumati iqtisodiy blokining «Munozara klubi»da ilk uchrashuv tashkil etildi. Kun.uz jurnalisti Alisher Ruziokhunov moderatorligida utgan uchrashuvda davlat qarzi masalasi muhokama etildi.

«Munozara klubi» mamlakat taraqqiyotiga oid masalalar yuzasidan iqtisodiy munozara utkazish, islohotlar samarasini keng jamoatchilikka etkazish va turli soha vakillari jonli muloqotini tashkil etish maqsadida tuzilgan. Unda iqtisodiy blokning barcha rahbarlari, khalqaro tashkilotlar va reyting agentliklari, ilmiy soha vakillari hamda nufuzli mutakhassislar faol ishtirok etishdi.

Uchrashuvda barchani ruhlantirgan ikki holat yaqqol sezilib turdi: klub azolari dolzarb masala yuzasidan erkin fikr almashib, konstruktiv bahsga kirisha olishdi. Bu esa prezident Shavkat Mirziyoev boshlagan islohotning kuchli siyosiy iroda bilan davom etishiga dalolat qiladi. Shuningdek, suz erkinligi iqtisodiy masalalarni ham erkin muloqotlar asosida tahlil etish imkonini bergani alohida qayd etildi.

Jamshid Quchqorov

«Tashqi qarzni quya turaylik, oddiygina byudjet kharajatlari ham yopiq edi. Byudjet siyosati haqidagi kuplab dissertasiyalar ham hech qanday byudjet raqamlari, statistikalarsiz himoya qilinganiga guvohman. Bundan bor-yugi 3-4 yil avvalgi gaplarni gapiryapman. 50 yoki 60 yil avvalgi gapni emas», deya takidladi bosh vazir urinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vaziri Jamshid Quchqorov.

Loyiha bosh akhborot hamkori bulmish Kun.uz nashri jurnalisti Alisher Ruziokhunovning uchrashuvda moderator sifatida ishtirok etgani, hech kim avvaldan tayyorlangan qogozdagi matnni uqib bermagani, qolaversa, turli mazmundagi tanqidlarni murosa bilan tinglash – suz erkinligi rasmiy doiralarda yana bir pogona oshganini kursatmoqda.

Ahadbek Haydarov moliya vaziri urinbosari

Uchrashuvga qadar klub azolari muhokama uchun joriy davrda dolzarb iqtisodiy masalalar qatorida davlat qarzini tanlagani ham bejiz emasdi. Negaki, 5 iyun kuni «S&P» khalqaro reyting agentligi Uzbekiston suveren kredit reytingi buyicha kutilmasini «barqaror»dan «salbiy»ga uzgartirgandi. Aynan «S&P» vakili Maksimilan Makgrou ham munozaralarda ishtirok etib, agentlikning mazkur qaroriga sharh berib utdi.

«Reytingni BB- darajasida qoldirdik hamda prognozni barqarordan salbiyga uzgartirdik. Amaldagi reytingda hech qanday uzgarish yuq, reyting hanuz bir khil darajada, shunchaki, kelgusi 12-24 oy ichida reytingni tushirishimiz ehtimoli kuproq. Shunday qilib, kelgusi yilda biz buni diqqat bilan kurib chiqamiz, ammo hozircha reyting avvalgidek», deydi u.

Makrouning aytishicha, joriy yil okhiriga borib, agentlik mamlakatning likvid tashqi aktivlari yalpi tashqi qarzni qoplamasligini kutmoqda. U islohotlar va erishilgan barcha yutuqlarni etirof etib, salbiy prognozni tugridan tugri davlat qarzi usib borishi bilan bogladi.

Yana bir nufuzli khalqaro reyting agentli – «Fitch» esa Uzbekistonning reyting pozisiyasini BB- «barqaror» kutilma bilan saqlab qolgan. Agentlik vakili Erik Arispe «S&P» farqli reyting bahosini izohladi.

«Islohotlar ikki sababga kura ahamiyatli deb uylaymiz: birinchidan, islohotlar COVID-19 inqirozidan keyingi jadal suratlar bilan tiklanish uchun Uzbekistonning mustahkam asoslarini qullab-quvvatlash uchun muhimdir. Ushbu inqirozga qarshi kurashish qiyin bulishiga qaramay, tarkibiy islohotlar davom etmoqda, masalan, moliya sektorida islohotlar hukumat tomonidan davom ettirilmoqda, bu esa uz navbatida bizni quvontiryapti», deydi u.

Arispening suzlariga kura, Uzbekistonning davlat qarzi katta emas, ammo bu mutlaq manoda pastligini ham anglatmaydi. Shuning uchun qarz bu yil YaIMning 35 foizigacha kutarilishi prognoz qilinmoqda.

Timur Ishmetov

«Munozara klubi»ning ilk yigilishida Moliya vaziri Timur Ishmetov Uzbekistonda joriy yilda tashqi qarz olish dinamikasi birmuncha faollashgani, ichki zakhiralar bulaturib, birinchi navbatda tashqi qarzga murojaat etishdan maqsad va rejalar qanday bulgani haqidagi savolga javob berdi.

Uchrashuv ishtirokchilari tashqi qarz masalasiga deyarli ijobiy qaradi, ammo undan samarali foydalanish masalasida khavotir va etirozini bildirgan. Masalan, mustaqil ekspert Abdulla Abduqodirov bu haqda shunday deydi:

– Tashqi qarz olishdan avval uni samarali ishlatadigan biror dastur bormi yoki yuqmi? Menimcha, agar shunday dastur bulsa va unda u yoki bu yunalishga aniq pul miqdori belgilangan bulsa, bu pullarni topish mekhanizmi (tashqi qarz yoki emissiya) ikkinchi masala bulardi.

Mamarizo Nurmuratov

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ichki qarzlar buyicha savollarga javob berib, MB tomonidan bevosita davlatga, hukumatga qarz berish inflyasiyaga olib kelishini bildirdi.

«Markaziy bank tugrisida»gi qonunlarimizda, shuningdek, hamma rivojlanayotgan mamlakatlarda ham, rivojlangan, bozor tamoyiliga asoslangan davlatlarda ham Markaziy bankning bevosita hukumatga, davlat byudjetiga bevosita kredit berishlari bu inflyasion omil sifatida baholanib kelgan. Shu nuqtayi nazardan biz ham bu narsani tan olamiz.

Abdulla Abduqodirov mustaqil ekspert

Buni kundalik hayotimizda ham bilib boryapmiz. Utgan yili, undan oldingi yillarda imtiyozli kreditlar berilgani, undayam Markaziy bank hisobidan berilmagan bulsa-da, bank-moliya sohasiga, kredit siyosatiga malum darajada tasirini utkazdi. Shu nuqtayi nazardan olib qaraydigan bulsak, ichki bozorimizda pul massasi kupayishi uz-uzidan albatta inflyasiyani olib kelishga juda katta omil bulgani munosabati bilan biz bu instrumentdan foydalanishni lozim kurmaganmiz», deya qayd etgan MB raisi.

Garchi munozara bir soat ichida utishi rejalashtirilgan bulsa-da, qariyb uch soat davom etgan uchrashuvda barcha tomonlar chinakamiga munozaraga kirishib ketishdi. Klubning ilk uchrashuvini Kun.uz’ning Youtube sahifasida tuliq tomosha qilish mumkin.

О нас

Яна маълумот

93VIpzAlPSH_CMKT1QrPYuIML8VlDm6a

Prezident aholi tomorqalari buyicha yangi qaror imzoladi

Prezident “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qushimcha chora-tadbirlari tugrisida”gi qarorni imzoladi. Uzbekiston fermer, dehqon khujaliklari …