Главная / Siyosat / Davlat kharidlari tugrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
<

Davlat kharidlari tugrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilandi

Prezident tomonidan 2021 yil 14 yanvar kuni imzolangan 666-sonli qonunga asosan davlat kharidlari tugrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun mamuriy javobgarlik belgilandi.

Mamuriy javobgarlik tugrisidagi kodeksga kiritilgan 175-8-moddaga kura, quyidagi turt toifa huquqbuzarlik uchun javobgarlik belgilandi:

  • davlat kharidlari rejalarini, shu jumladan reja-jadvallarini shakllantirish va joylashtirish tartibi buyicha qonunchilik talablariga rioya etmaslik, shuningdek davlat kharidlari tugrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda davlat kharidlarini amalga oshirish chogida makhsus akhborot portaliga davlat kharidlari buyicha elonlar joylashtirish tartibini, majburiy muhokama utkazish tartibi va muddatlarini hamda davlat kharidi natijalarini joylashtirish muddatlarini buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 115 ming sumdan 2 mln 230 ming sumgacha) miqdorda jarima;
  • davlat kharidlari tugrisidagi elonlarga va kharid hujjatlariga qonunchilikda taqiqlangan hamda raqobatni cheklovchi akhborotni, havolalar va talablarni kiritish, kharid hujjatlarini tasdiqlash hamda buyurtmalarni shakllantirish tartiblarini buzganlik uchun mansabdor shakhslarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha (2 mln 230 ming sumdan 3 mln 345 ming sumgacha) miqdorda jarima;
  • tovarlarni, ishlarni va khizmatlarni etkazib beruvchilarni tender utkazish yuli bilan aniqlash talablarini buzish, shuningdek davlat kharidlari tugrisidagi qonunchilikka muvofiq tovarlarni etkazib beruvchini, ish bajaruvchini va khizmat kursatuvchini raqobatli kharid usuli vositasida aniqlash belgilangan hollarda, davlat kharidlarini yagona etkazib beruvchidan yoki tugridan-tugri shartnomalar asosida amalga oshirish tugrisida qaror qabul qilganlik uchun mansabdor shakhslarga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln 345 ming sumdan 4 mln 460 ming sumgacha) miqdorda jarima;
  • davlat kharidlari jarayonidagi affillanganlik va manfaatlar tuqnashuvi haqida davlat kharidlari tugrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda khabar bermaslik, shuningdek davlat kharidlari tugrisidagi qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda, davlat kharidlari buyicha takliflarni qabul qilmaslik yoki takliflarni taqdim etish muddatlarini davlat kharidlari tugrisidagi qonunchilik talablariga zid ravishda qisqartirish, shuningdek takliflar solingan konvertlarni ochish va kharid hujjatlariga muvofiq takliflarni baholash talablarini buzganlik uchun mansabdor shakhslarga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigacha (4 mln 460 ming sumdan 6 mln 690 ming sumgacha) miqdorda jarima solish jazosi qullanadi.

Eslatib utamiz, avvalroq Aksilkorrupsiya agentligi direktori Akmal Burkhonov amaldagi qonun hujjatlariga davlat kharidlari tugrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik masalasi kiritilayotganini malum qilgandi.

О нас

Яна маълумот

Y3LYavBWBjhXiGkD1cadlGp3SQMz8yl5

Toshkent viloyati hokimi ishdan olindi. Uning urnini Jahongir Ortiqkhujaevning sobiq urinbosari egalladi

Toshkent viloyati hokimi Rustam Kholmatov lavozimidan ozod etildi. Uzbekiston prezidentining bu haqdagi farmoni elon qilindi. …