Главная / Madaniyat / Daryoda oqizilgan pul

Daryoda oqizilgan pul

Bir kishi tijorat maqsadida safar qilmoqchi bulgan ekan. Lekin savdo uchun tuplagan moli ozlik qilib, boshqa bir kishidan ming dinor qarz berib turishini suradi.

Pul egasi qarz berib turishga kundi-yu, lekin qarz berayotganiga biron kishining guvoh bulishini surab, qarzni uz vaqtida qaytarishiga kafil

buladigan kishi ham olib kelishini talab qildi.

Qarz olayotgan kishi: Bu ishga Allohning Uzi guvoh va kafil bulishiga nima deysiz? – deb suradi.

Pul egasi: Buldi, tugri aytding, – deb unga suragan miqdorida ming dinor qarz berdi,

Sung qarzni tulash muddatini belgilab oldilar.

Savdogar kuzlagan tijorat uchun safar qildi va kutganidan ham ziyoda foyda topdi.

pul

Qarzni qaytarish uchun belgilangan muddat yaqinlashgach, qirgoqqa kelib qaytish maqsadida kema izladi. Qarz olayotganida Alllohni guvoh qilib, qarzni uz vaqtida qaytarib berishiga Alloh kafil, degani yodiga tushib, zir-zir yugurdi. Lekin, aksiga olib, uning shahriga ketadigan hech qanday kema topa olmadi.

Shunda daryodan oqib kelayotgan bir darakhtning tanasiga – bir yogochga kuzi tushdi. YOgochni olib, bir erini ozroq uydi-da, teshik ichiga ming dinor tilla tangani solib, qarz egasiga maktub ham yozib quydi. Maktubda uzining ismi sharifini aytib, qarz bergan kishining nomiga khitob qilib, belgilangan vaqtda etib borish uchun kema topa olmaganini aytib, uzr qildi.

Sung teshikni mahkamlab yopdi-da, daryodan oqizib yubordi. Alloh subhonahu va taoloning guvoh va kafil bulishiga roziman, deb tantilik qilgan qarz egasiga ushbu amonatni uz vaqtida etkazgin, deb Allohdan suradi. Daryo tulqinlari yogochni kutarib olib ketib, savdogarning kuzidan goyib buldi.

Kelishilgan kuni qarz bergan kishi ham qirgoqqa chiqib savdogarni kutdi va uni topa olmadi. Uyiga qaytayotib, daryoda oqib kelayotgan bir darakht tanasiga kuzi tushdi-da, utin qilmoq maqsadida kutarib oldi. Manziliga qaytgach, darakht tanasi ichidan solib quyilgan pul bilan maktubni topib oldi, sung Allohga kup hamdu sanolar aytdi.

Bir necha mudat utganidan keyin qarz olgan kishi ham uz shahriga qaytib keldi. Kelishi bilan qarz bergan kishini oldiga borib, undan uzr suradi-da, unga ming dinorni qaytarib berdi.

Qarz bergan kishi: Alloh sen yogochda yuborgan pulingni saqlab, qarzni uz vaqtida tulagansan. Bu pullar seniki, men uz haqqimni olib buldim. Seni Alloh yakhshilik bilan mukofotlasin, ey rostguy, amonatdor kishi, – deb duo qildi.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …