Главная / Jahon / Daniya ulkan suniy orollar qurmoqchi
<

Daniya ulkan suniy orollar qurmoqchi

Orollarning har birida ikki gigavattdan elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu hozirda Daniyadagi barcha uy khujaliklari istemol qiladigan elektr energiyasi miqdoridan kuproqdir.

Daniya iqlim uzgarishiga qarshi kurash dasturi doirasida ikkita ulkan suniy orol qurish va ularda shamol elektr stansiyalarini joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Handelsblatt nashri khabar berdi.

Orollar Shimoliy va Boltiq dengizlarida quriladi. Daniyaning iqlim, energetika va qurilish masalalari buyicha vaziri Dan Yorgensenning suzlariga kura, loyiha qiymati bir necha yuz milliard daniya kronasiga teng buladi.

Mamlakat hukumatining rejasiga kura, loyiha khususiy investorlar tomonidan moliyalashtiriladi. Agarda davlat ham orollar qurilishga hissa qushadigan bulsa, uning ulushi juda kam buladi, deb yozadi Reuters.

Qirollik iqlim vazirligining malumot berishicha, orollarning har birida ikki gigavattdan elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu hozirda Daniyadagi barcha uy khujaliklari istemol qiladigan elektr energiyasi miqdoridan kuproqdir. Mamlakat hukumati ortiqcha energiya Evropaning boshqa mamlakatlariga eksport qilinishini bildirdi.

Daniya 2030 yilga kelib is gazi ajralib chiqishini 1990 yildagiga nisbatan 70 foizga kamaytirishni maqsad qilgan. Kopenhagen yashil tekhnologiyalarni rivojlantirish uchun katta mablag sarflamoqda.

О нас

Яна маълумот

heQZsb8gZKbhksO6oU4B16jPIYSFClin

Moskvada cheklovlar rejimini iyun urtasigacha uzaytirish rejalashtirilmoqda

Moskvada koronavirus pandemiyasi sababli joriy qilingan cheklovlar rejimi 31 maydan keyin uzaytirilib, iyun urtalarida bekor …