Главная / Madaniyat / Dangara hokimi javob khatidan 100 ga yaqin khato topildi

Dangara hokimi javob khatidan 100 ga yaqin khato topildi

Surkhondaryoda unlab IIB mansabdorlari ishdan bushatildi. Dangara hokimi jurnalist faoliyatiga tusqinlik bulmaganini iddao qilmoqda. Uzbekiston bozorlarida qovun va tarvuz narkhi arzonlayotgani yuq. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida khabar berdi.

_____________________________________________________________

Ichki ishlar vaziri khizmat vazifasiga loqaydlik qilgan unlab mansabdorlarni ishdan oldi

Uzbekiston Ichki ishlar vaziri Pulat Bobojonov Surkhondaryo viloyatida jinoyatchilikka qarshi kurashish holatini urgandi (“Postda”, 8 avgust). Vazir asosan muammolarga etibor qaratgan. Qayd etilishicha, viloyatning ayrim shahar va tumanlarida jinoyatchilikka qarshi kurashish chora-tadbirlari tizimli olib borilmayotgani sababli oila va qushnichilik doirasidagi jinoyatlar, ayniqsa, qotillik, qasddan badanga shikast etkazish kabi uta ogir va ogir jinoyatlar hamon yuqoriligicha qolmoqda. Khizmat vazifasiga loqaydlik va sustkashlik bilan munosabatda bulgan unlab rahbar kadrlar ishdan olingan. Ishdan bushatilganlar orasida Surkhondaryo viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligi I.Khalilov, Sherobod tumani IIB boshligi D.Kenjaev, Termiz shahar IIOFMB boshligi J.Hasanov va boshqa bir qator mansabdorlar bor.

Dangara tumani hokimi jurnalist faoliyatiga tusqinlik qilganidan tondi

Fargona viloyati Dangara tumani hokimi S.Aminjonov “Jamiyat” gazetasiga gij-bij khatolarga tula javob khati yullagan (“Jamiyat”, 3 avgust). Tuman rahbarining ikki betgina khati 95 ta imloviy va uslubiy khatolar bilan yozilgan. Avvalroq Dangara tumani hokimi gazeta mukhbirining kasbiy faoliyatiga tusqinlik qilgan haqida maqola chop etilgan edi. Tuman hokimi javob khatida jurnalist faoliyatiga tusqinlik qilganidan tongan. Qolaversa, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni khaspushlashga uringan. Gazeta tahririyati esa Dangara hokimini eskicha fikrlashdan voz kechishga undagan. “Muammoni inkor qilish bilan hech bir natijaga erishib bulmaydi. Tanqidni tugri qabul qilib, unda aks etgan masala echimini topa olgangina yutadi”, deya eslatadi gazeta.

Uzbekistonda qovun va tarvuz narkhi qimmatligicha qolmoqda

Uzbekiston bozorlarida qovunva tarvuzning narkhi qimmatligicha qolmoqda (“Darakchi”, 9 avgust). Utgan yillarda dastlab qimmat bulgan ushbu poliz mahsulotlari bahosi arzonlashib ketar edi. Ammo bu yil avgustning birinchi un kunligi utgan bulsa-da, Toshkent bozorlarida tarvuz va qovunning eng arzoni 12 ming sumdan sotilmoqda. Qayd etilishicha, tarvuz va qovun narkhining kam va qimmatligiga ekin maydonlarining qisqargani sabab bulmoqda. Qolaversa, poliz mahsulotlarining khorijga eksport qilinishi ham narkhga tasir etmoqda. “Uzagroeksport” shirkatining Jizzakh viloyatidagi vakili Odil Zaripovga kura, birgina Jizzakhdan Rossiya va Latviyaga 370 tonna qovun eksport qilindi. Gazetaga kura, uzbekistonliklar vitaminlarga boy qovun va tarvuzdan tuyib eyishi uchun ularni etishtirishni kupaytirish va ichki bozorda arzon narkhni saqlab qolish kerak.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …