Главная / Jamiyat / DKhKh raisi Yakkabogga bordi
<

DKhKh raisi Yakkabogga bordi

27 iyul kuni DKhKh raisi Abdusalom Azizov Qashqadaryo viloyatining Yakkabog tumani, «Eski Yakkabog» hududida bulib, holat yuzasidan viloyat masullari bilan muloqot qildi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot khizmati rahbari Bozor Azizov malum qildi.

Bozor Azizovning suzlariga kura, Abdusalom Azizov Bahriddin Isomovga tegishli savdo va maishiy khizmat kursatish dukoni beton gishtdan qurilgan bino ekanligini takidlab, bu binoni buzishga uringan tuman masullari ishini qoralagan.

1vqmcht1e8amzqm-chu8lo_rmnq9llb3

— DKhKh raisi tadbirkor dukoni buzilishi yuzasidan fikr bildirar ekan, «Odatda pakhsa devordan bulgan yoki bugungi kun talabiga javob bermay qolgan bino buziladi-ku, nega tadbirkorning bu binosiga teginildi?» deb qattiq koyib gapirdi, — deydi Bozor Azizov. — Shuningdek, tadbirkorlarga khalal berish emas, aksincha, yordam berish zarurligini takidladi.

Malum qilinishicha, DKhKh rahbari bilan bulib utgan muloqotda Eski Yakkabog hududi bir hafta mobaynida «Obod markaz»ga aylanishi lozimligi, buning uchun viloyatdan kerakli yordam berilishi aytilgan.

Tuman hokimligi vakillarining harakatlaridan aziyat chekkan Nizom Vohidov, Dilfuza Boqieva, Farruh Jabborov kabi uy-joyi buzilgan 7 nafar, hovli devorlari buzilgan 27 nafar, jami 34 kishiga 1,7 milliard sum kompensasiya pullari tulab berilishi takidlangan.

Bozor Azizovning qushimcha qilishicha, hozircha tumanga yangi rahbar tayinlanmagan.

Eslatib utamiz, 20 iyul kuni Yakkabog tumani hokimi urinbosari Mansur Tuymaev tadbirkor Bahriddin Isomovga tegishli binoni ekskavator ruliga utirib, uzi buzmoqchi bulganida, tadbirkor uning ustiga benzin sepib, ut quyib yuborgan edi.

Ayni vaqtda tuman hokimi urinbosari shifokhonada, tadbirkor qulga olingan.

Bu hodisa sunggi kunlarda internetda muhokamalar markazida buldi. Saytimizda ham mazkur holat buyicha surishtiruv va tahliliy maqolalar elon qilindi.

27 iyul kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ruziev bulayotgan voqealar bilan yaqindan tanishish va mavjud muammolarni hal etish maqsadida Yakkabog tumaniga kelib, «Eski Yakkabog» qurgonchasiga tashrif buyurgan va bir guruh tadbirkorlar bilan uchrashgan, ularning muammo va murojaatlarini tinglagan, yakunda tadbirkorning dukoni buzilmaydigan, moddiy zarar qoplanadigan bulgandi.

Shu kuni Uzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida utkazilgan yigilishda tuman hokimi Shohmurod Donaev va tuman prokurori Jamshid Khalilov ishdan olindi, hokim urinbosari Mansur Tuymaevga nisbatan jinoyat ishi quzgatilgani malum qilindi.

О нас

Яна маълумот

BPG-QxVAp4Vmca626OtLF2BXmuWOPSkq

Markaziy Osiyoda qashshoqlik darajasi pasayishda davom etmoqda, ammo pasayish surati sekinlashmoqda

Markaziy Osiyoda qashshoqlik darajasi pasayishda davom etayotgan bulsa-da, mintaqada uning pasayish surati sekinlashgan. Qashshoqlikning eng …