Главная / Jamiyat / Chust suvi haqida haqiqatni izlab. Suv ichishga yaroqlimi yoki yuq?

Chust suvi haqida haqiqatni izlab. Suv ichishga yaroqlimi yoki yuq?

Chustdagi adir bagridan tortib chiqarilayotgan suvning ovozasi qanday qilib butun Uzbekistonga tez tarqalganiga hayron qolmay iloj yuq.

«Ming bor eshitgandan bir marta kurgan maqul» deyishadi. Internetda tarqalgan khabarlarga aniqlik kiritish uchun usha joyning uziga borib malumotlar olishga harakat qildik.

Namangan viloyati, Chust tumani adirlari ichidagi joyni bizga «Qodirobod» deb aytishdi.

Malum bulishicha, «Chust ijara» MMTP hududining 25 konturi dala maydonida Turaqurgon tuman Esin qishlogi, Kukqayragoch mahallasi hududidagi «Tomchi zamin» fermer khujaligi rahbari Abdusattor Yuldoshev tasarrufidagi 20 gektarli bog va boshqa ekinlarni sugorish uchun 500 million sum mablag sarflab, 350 metr chuqurlikda artezian qudugi tushirib chiqargan suvi kutilmaganda shunday mashhur bulib ketgan. Mish-mishlarda bu suv turli kasalliklarga, hatto saratonga davo bulishi aytildi.

Bundan turt kun oldin birov yurmaydigan adirlik yuli ayni paytda juda gavjum. Avtomashinalar raqamlariga qarab, bu erda butun Uzbekiston hududidan mehmonlar borligini kurasiz.

Qir tepasidagi suv chiqayotgan joyga turt kilometr qolganida mashina va odamlar uchun tirbandlik boshlandi. Atrofda qulida turli suv idishlari bilan yopirilib adir tepasiga intilayotgan turli yoshdagi odamlarning sanogiga etib bulmaydi.

Okhiri usha suv chiqqan joyga etib bordik. Eh-he-e… Tumonat odam. Vodiy viloyatlarini quying, Toshkent, Sirdaryo, Jizzakh, Samarqand hatto Qoraqalpogistondan suv olib ketishga kelganlarni uchratdik.

Video: Youtube

Adir tepasidan fermer 350 metrdan kavlab chiqargan suv «nasos» orqali tortiladi. Bir-ikki yil davomida chiqayotgan va birov shifobakhshligini bilmagan suv bulogi hozir minglab odamlar bilan tulgan. Elektr nasos yurganda suv chiqa boshlaydi. Ikki kun mobaynida ikki marta suv berilibdi. Faqat bu erdagi minglab odamlarning tartibsiz harakatlari bizni hayron qoldirdi.

Tepalik tomon urmalab chiqayotgan har bir odam tugri navbatsiz, suv olish uchun buloq oldiga shoshgan. Bir payt uskuna yurib, suv chiqishni boshlashi bilan baqir-chaqir, ur-tupolon ichida qolib ketdik. Khuddi, umrni uzaytiruvchi «obi hayot»ni talashayotgan odamlarni kurgandek bulasiz.

Turt-besh ming odam yigilgan. Hamma uz «yuksak madaniyati»ni namoyish qilib, oldinga intilyapti.

Mahalliy aholi, yani chustliklar oz, tartibsizlikni asosan mehmonlar keltirib chiqarmoqda.

«Suvning shifobakhshligi» qanday aniqlandi?

Eridan «shifobakhsh»ligi aytilayotgan suv chiqqan «Tomchi zamin» fermer khujaligi rahbari Abdusattor Yuldashevdan fikr suradik.

«Nafaqaga chiqqach, «bog qilaman» deb, adir ichidagi tashlandiq erni hokim qaroriga asosan olib, ish boshladim. Suv yuq edi. Quduq qazib 350 metrdan chiqardik. Shu suv bilan ekinlarni sugora boshladik. Utgan yili yaqin odamimiz kelib, suvdan oz-oz ichib yurdi. Uning astmasi bor ekan, tuzalib ketibdi. Men buni suvga emas, joyning havosi tozaligiga yuydim. Oyogida tuzalmaydigan yarasi bor odam har utganda mana shu suvda yuvib turar ekan. U ham tuzalib ketibdi. Ukamning yuzida uzoq yillardan beri davosi topilmayotgan yara-chaqasi bor edi. Yakhshi niyat bilan olib borib berdim. Bir hafta yuvgandi, peshanasidagi yigirma yillik yara tuzalib ketdi. Uzimning dustim bor, yurak etishmovchiligi bilan ogrirdi. Tinmay hansirardi. Shunga bir katta idishda olib borib berdim. Hozir tuzalib ketgan, ketmon chopyapti.

Qisqasi, suv tarkibini aniqlash uchun Toshkentdagi Minerologiya ilmiy-tekshirish institutiga olib bordim. Ular, turt kunda tahlillarni chiqarishibdi. Menga, «suvingiz shifobakhsh ekan, tarkibida inson uchun shifobakhsh bulgan «Selen» mineral moddasi topildi», deyishdi. Aytishlaricha bu inson sogligi uchun rosa kerakli mineral ekan», deydi Abdusattor aka.

Mutakhassislar fikri: «Suv ichishga yaroqli emas…»

Chust tuman  davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (DSENM) mazkur artezian qudugidan olingan suv ustida tahlillar olib borgan ekan. Biz tibbiyot muassasasi bosh shifokori Zayliddin Anorqulovga tahlil natijalari buyicha murojaat qildik.

«Avvalo, tumanimizdan mana shunday shifobakhsh suv chiqqanidan khursandmiz. Shov-shuvli khabarlar tarqalgach, khodimlarimiz bilan namuna uchun suv olib, laboratoriyada tahlillar utkazdik. Kecha dastlabki khulosalar chiqdi. Unga kura, suvning ayni paytdagi qattiqligi va loyqaligi, sulfat va minerallar tarkibi buyicha davlat standartlariga tugri kelmaydi. Istemol uchun yaroqsiz.

Hozir qushimcha tahlillar davom etyapti. Agar bu suvni qayta ishlab qattiqligi yumshatilsa, loyqaligi tindirilib, mikroblar zararsizlantirilsa, gigienik holati yakhshilanib, yaroqlilik sertifikati olinsa istemol uchun rukhsat beriladi. Hozirgi holatida ichish esa oshqozon-ichak tizimi kasallanishiga olib kelishi mumkin.

Men uzim yaqinlarimga bu suvni istemol qilishni tavsiya etmasdim. Qachonki, mazkur suv inshootiga tegishli uskunalar quyib, tozalab, tegishli gigienik rukhsatnoma olib, qadoqlashganidan sung istemol uchun rukhsat bergan bulardim», deydi u.

Namangan viloyat Davlat sanitariya epidemiologiya markazi ham suv tarkibi haqida ijobiy khulosa bermagan.

«Suvning shifobakhshlik khususiyati shoshilinch khulosa beriladigan jihat emas. Chunki u malum bir kasalliklarga davo bulsa, boshqa bir dardlarni quzgab yuborishi yoki har bir insonning individual kursatkichlariga bogliq bulishi mumkin. Demak, ushbu suvning shifobakhsh khususiyati tugrisida ham chuqur laboratoriya tekshiruvlaridan utkazilishidan tashqari, muolaja amaliyotidagi kup yillik tajribalar natijalariga asosan khulosa berish mumkin. Hozircha, bizning dastlabki tezkor tekshiruvimiz natijalariga kura, artezian qudugidan nasos orqali tortib olinayotgan bu suv istemolga yaroqsiz ekanligini malum qilishimiz mumkin. Suvning tarkibini chuqur tahlil qilish tegishli ilmiy muassasalar hamkorligida davom ettiriladi», – degan markaz bosh shifokori urinbosari A.Chulponqulov.

Khulosa urnida

Kurib turganingizdek, hozircha suvning shifobakhshligi aniq emas, bu erdagi suv shifobakhshligi haqidagi gaplar faqat fermerning suzlariga asoslangan – suv u aytganidek chindan ham bemorlar dardiga davo bulganmi, yuqmi bunisi mavhum. Hatto suv sogliq uchun zararli bulishi va uni istemol qilish yomon oqibatlarga olib kelishi ham mumkin.

Odamlar esa yuzlab, minglab kilometrlar yul bosib, davo ilinjida suvga intilishda davom etishmoqda, dala urtasida chiqqan suvga hosil bulgan navbatlarning okhiri kurinmayapti. Bu erdagi tartibsizlikka, yuzaga kelayotgan tiqilinch holatlariga ham etibor yuq.

Tana bilan birga ruhiyatimizni, madaniyatimizni, odobimizni ham davolashimiz kerakka ukhshaydi.

Uylaymizki, tez kunlarda Chust suvi bilan bogliq savollarga javob topamiz.

Яна маълумот

KgnbIrJHVQVn3UM-bvT09b_d6I0v9LRi

Inglizchani biladigan malimlar chiqyapti, lekin dars berishni bilmaydi” – IELTS’dan 12 yildan beri dars berayotgan pedagog bilan suhbat

“Ingliz tilini urganish men uchun emas ekan”. “Har doim yangidan boshlayman va yana tashlab quyaman”. …