Muqaddas dinimiz insonlarni har tomonlama himoya qiladi, ularning salomatliklari uchun maqbul bulgan barcha jihatlarni qamrab oladi. Jumladan, shariatga muvofiq, mumin-musulmonlar kuplab hayvonlarning gushtidan tayyorlangan taomlarni istemol qilishlari mumkin. Uz navbatida taomlarning taqiqlanganlari ham mavjud va bu mukammal asoslarga ega. Ayni shu jihatni chuchqa gushti misolida aytish mumkin. Malumki, chuchqa gushti va undan tayyorlangan taomlar halol emas. Nega? Keling, buni uzimiz chuqur uylab, mulohaza qilib kuramiz: chuchqa eydigan narsalar, ularning kungilni ozdiradigan darajadagi irkitligi, ochofatligi (yulida duch kelgan narsani eyishi, hatto och qolsa, uz bolalarini ham eb quyishi mumkin), inson organizmi uchun khavfli, kasallik chaqiruvchi (hatto qaynatilgan va qovurilgan holatda ham ulmaydigan) mikroorganizmlarning borligi. Bularni anglash uchun odamdan yuksak darajadagi bilim talab etilmaydi, albatta.
Malumot urnida aytib utamiz, Quroni karimning turt joyida (Baqara, Moida, Anom, Nahl suralari) tungiz gushti harom ekani takidlangan.
Alloma Ibn Qayyim rahimahulloh: «Chuchqaning har bir narsasi: gushti, yogi, terisi, asabi (shu jumladan paylari), qullari, ichki azolari, miyasi, suyaklari, boshi, biqini, suti va junlarini istemol qilish haromdir» – degan.
Aytish kerakki, chuchqa gushtining zararli jihatlari ilmiy jihatdan ham uz tasdigini topgan. “Washington Post” gazetasining 1952 yil 31 mayda chop etilgan sonida doktor Glen Sheppardning shu haqidagi maqolasi elon qilinadi.
“AQSh va Kanadada istiqomat qiluvchi aksar aholi organizmida chuchqa gushti istemoli natijasida Trikhina lichinkalari paydo bulgan. Kupchilik hollarda ular, hatto bu kasallikning paydo bulish sabablarini ham bilishmaydi. Odamlar aynan shu parazitlar chaqirgan kasalliklardan qazo qilishmoqda. Sababi, insonning immun tizimi bu parazitlar bilan kurasha olish qobiliyatiga ega emas. Hech qanday antibiotiklar, hech qanday dori-darmon vositalari ularni bartaraf qila olmaydi. Yagona yul—ushbu parazitlarning organizmga tushishining oldini olish. Chunki, trikhinalar gusht khoh tuzlangan, khoh dudlangan holda bulsin, yashayveradi…”
Kurib turganingizdek, taqiqlangan chuchqa gushti inson salomatli uchun koni zarar. Bu ham diniy, ham dunyoviy jihatdan mustahkam dalil-isbotlarga ega. Shunday ekan, ovqat istemol qilayotgan chogda uning har jihatdan bezarar ekaniga etibor qiling.
Muslim Mirzajonov tayyorladi