Главная / Jahon / Chiroqchida jarimaga tortilgan YPKh khodimining mast bulgani tasdiqlanmadi, haydovchi esa tuhmatda ayblandi
<

Chiroqchida jarimaga tortilgan YPKh khodimining mast bulgani tasdiqlanmadi, haydovchi esa tuhmatda ayblandi

Katta serjant Nasibali Yarmatov

11 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yul harakati qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortilgan YPKh katta inspektori Nasibali Yarmatov mast holda bulgani haqidagi gumonlar tasdiqlanmadi.

Ichki ishlar vazirligi YHKhBBdan malum qilishlaricha, shu kunning uzida viloyat narkologiya dispanserida utkazilgan tibbiy tekshiruv natijasida khodimning hushyor holda ekani aniqlangan.

Bosh boshqarma avvalroq viloyat IIB tomonidan berilgan akhborotni tasdiqlab, bazi qushimcha malumotlarni keltirib utdi.

«11 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati IIB YHKh boshqarmasi YPKh bataloni 2-YPKh otryadi 2-safarbarlik guruhi YPKh katta inspektori, katta serjant N.Yarmatov soat takhminan 14:20larda Chiroqchi tumanidagi «Mikrokreditbank» ruparasida urnatilgan 3.27 yul belgisi talablariga amal qilmasdan tukhtab turgan «Labo» rusumli (davlat raqami 70 J 787 OA) avtomobil haydovchisi Shohrukh Nurimovdan hujjatlarni taqdim etishni suragan.

Haydovchi avtomobilni tegishli hujjatlarsiz boshqarib yurganini malum qilgan. Khodim ushbu qoidabuzarlik buyicha haydovchiga nisbatan mamuriy bayonnoma rasmiylashtirgan va transport vositasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga quyilgan.

Ushbu avtomobilni jarima maydoniga olib ketish vaqtida inspektorning «Spark» rusumli (davlat raqami 70 G 878 OA) shakhsiy avtomobili majburiy tukhtash chiroqlari yoqilgan holda «Mikrokreditbank» ruparasida urnatilgan 3.27 yul belgisi tasir doirasida qolgan.

Haydovchi Sh.Nurimov qoidabuzarligi uchun jazolanganidan jahllanib, Mustaqillik kuchasiga qaytib kelgan va inspektorning avtomobilini kurib, unga chora kurish kerak, deb tuplangan olomonga murojaat qilgan va khodim shaniga har khil tuhmat gaplar yogdirgan.

Chiroqchi tumani IIO FMB YHHB boshligi kapitan F.Yangiboev katta serjant N.Yarmatovga «Yul harakati qoidalari»ning 92-bandi talablarini buzgani uchun mamuriy bayonnoma rasmiylashtirgan.

Serjant N.Yarmatov «Spark» rusumli avtomobilning majburiy tukhtash chiroqlarini yoqib qoldirganligi uchun akkumlyator quvvati tugagani sababli ushbu avtomobil evakuatorga ortib ketilgan.

Shuningdek, tuplangan odamlar YPKh inspektorini spirtli ichimlik ichganlikda ayblab, videotasvirga olgan.

11 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati narkologiya dispanseri tomonidan serjant N.Yarmatovning mastlik holatini aniqlash buyicha tibbiy tekshiruv utkazilgan. Tekshiruv natijasiga kura N.Yarmatov hushyor holda ekanligi aniqlangan», – deyiladi respublika YHKhBB bildirishida.

Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan tekshiruv ishlari ketmoqda.

О нас

Яна маълумот

Koreyadan qaytgan fuqaro Samarqandda karantindan qochdi. U Denovda qamoqqa olindi

Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifokhonasiga 16 mart kuni 14 kunlik karantinga joylashtirilgan fuqaro A.A. 20 …