Главная / Iqtisodiyot / Chegarada tovarlarni uchta idora tekshirishi tanqid qilindi, yuklarni utkazish vaqtini qisqartirish buyicha topshiriq berildi
<

Chegarada tovarlarni uchta idora tekshirishi tanqid qilindi, yuklarni utkazish vaqtini qisqartirish buyicha topshiriq berildi

Prezident rahbarligida Moliya vazirligi, Davlat bojkhona qumitasi va Davlat soliq qumitasi rahbarlari ishtirokida utkazilgan yigilishda tashqi savdo jarayonidagi muammolar tahlil qilinib, dolzarb vazifalar belgilandi.

Foto: Prezident matbuot khizmati

Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 5 fevral kuni tashqi iqtisodiy faoliyat tizimini isloh qilish buyicha ustuvor vazifalarga bagishlangan yigilish utkazdi.

«Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga Murojaatnomasida tashqi savdo bilan bogliq nazorat tizimi va infratuzilmani yakhshilash, jumladan, khorijiy tajribadan kelib chiqib, bojkhona postlarida nazoratni amalga oshiradigan bojkhona, sanitariya, karantin, veterinariya va boshqa idoralar faoliyatini isloh qilish lozimligini takidlagan edi.

Bu sohada uzoq yillardan buyon samarali ishlar olib borilmagani tashqi savdo amaliyotlarida muayyan qiyinchliklar tugdirmoqda. Jahon bankining «Biznes yuritish» reytingida «Khalqaro savdo» yunalishi buyicha mamlakatimiz 190ta davlat orasida 152-urinda qayd etilgani ham shundan dalolat beradi.

Yigilishda mazkur reytingda mamlakatimiz pozisiyasini yakhshilash, jahon tajribasi asosida nazorat idoralarining ishini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi», deyiladi prezident matbuot khizmati khabarida.

Malumki, kuplab davlatlarda yuklar chegaraga etib kelmasidan oldin ular haqida akhborot berilib, yukning tez chiqib ketishi taminlanadi. Uzbekistonda esa utgan yili 416 mingta deklarasiyadan atigi 344tasi yuk chegaraga kelguncha rasmiylashtirilgan. Yuk tugrisida oldindan malumot berish avtomobil transportida 98 foizni tashkil etsa, temir yulda umuman yulga quyilmagan.

Shu bois nazoratni chegarada emas, balki yuklar kirib kelishidan oldin yoki mamlakat ichkarisida erkin muomalaga chiqarilgandan keyin amalga oshirish tizimini yulga quyish buyicha topshiriq berildi.

Bugungi kunda 1 ming 836ta turdagi tovar bir vaqtda uchta idora tomonidan tekshirilishi, oqibatda import-eksport hujjatlarini rasmiylashtirish haftalab chuzilayotgani tanqid qilindi.

Bojkhona, veterinariya, karantin, sanitariya, standart, ekologiya idoralari ish uslubini uzgartirishi, ularning asosiy vazifasi mahsulotlar eksportini qullab-quvvatlashdan iborat bulishi zarurligi kursatib utildi.

Tovarlarning bojkhona qiymatini tezkor aniqlash imkoniyati bulmaganda, tadbirkor tulov qilib usha zahoti mahsulotini olib ketadigan, bunga aniqlik kiritilganidan keyin farqni tulaydigan tizim joriy etish muhimligi takidlandi.

Moliya vazirligi, Davlat bojkhona qumitasiga khalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda yangi Bojkhona kodeksini ishlab chiqish, bojkhona organlari tashkiliy tuzilmasi va mamurchiligini takomillashtirish vazifasi quyildi.

Usimliklar karantini davlat inspeksiyasi khodimlari ekin maydonlariga chiqib, khorijiy mamlakatlarning kimyoviy va biologik vositalarni qullash buyicha talablarini dehqonlarga tushuntiradigan, amaliy kumak beradigan tuzilmaga aylanishi kerakligi qayd etildi.

Prezident raqamli tekhnologiyalarni joriy qilib, inson omilini maksimal qisqartirish orqali korrupsiya va noqonuniy tovar aylanmasiga barham berish zarurligini takidladi.

Import mahsulotlarining chegaradan to yakuniy istemolchigacha bulgan harakati bojkhona va soliq idoralari tomonidan yagona elektron tizim orqali nazorat qilinishi kerak. Misol uchun, bojkhona deklarasiyasini elektron hisob-faktura va onlayn nazorat kassasiga boglash orqali bu masalani hal etish mumkin.

Shundan kelib chiqib, mutasaddilarga rukhsatnoma va laboratoriya tekshiruvlari hujjatlarini tuliq raqamlashtirish, avtomatlashtirilgan «risk-analiz» tizimini joriy etish buyicha topshiriqlar berildi.

Yigilishda yuklarni chegara punktlaridan utkazish vaqtini qisqartirish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

«Tahlillarga nazar tashlasak, sunggi 3 yilda qushni davlatlar bilan chegara orqali utgan insonlar soni 2 baravarga, transport vositalari soni qariyb 3 baravarga oshgan. Lekin hozirgi infratuzilma bunday talabga tula javob bermaydi.

Masalan, ayrim veterinariya va karantin punktlarida zarur jihozlar yuq. Chegaradagi sanitariya va epidemiologiya khizmati ham tashqi khavflarga tayyor emas.

Yuklar oqimini taqsimlash ishlari oqilona tashkil etilmagan. Bojkhona khizmatida postlarni masofadan nazorat qilish tizimi – Situasion markaz yuqligi oqibatida postlarda tirbandliklar paydo bulmoqda. Bu tadbirkorlar uchun ham, davlat byudjeti uchun ham ortiqcha kharajat keltirib chiqarmoqda», deyiladi khabarda.

Shu bois mutasaddilarga chegara postlarini zamonaviy tekhnologiyalar bilan jihozlash, joriy yil 1 oktyabrga qadar Situasion markazni ishga tushirish buyicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, chegaradosh davlatlar bilan yuklarni «bir bekatda tekshirish» tizimini yulga quyish lozimligi qayd etildi.

Tashqi savdo nazorati idoralari chet ellardagi hamkasblari bilan yaqindan ishlab, tajriba almashishi, ularning tekshiruv-sinov laboratoriyalarini yurtimizda tashkil etib, tovarlarni khorijiy talablarga mos rukhsatnomalar bilan junatishni yulga quyishi kerakligi takidlandi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonlarini soddalashtirish uchun milliy qonunchilikni bojkhona, sanitariya-epidemiologiya, transport, standart, veterinariya, karantin yunalishidagi khalqaro kelishuvlarga uygunlashtirish zarurligi kursatib utildi.

Yigilishda kadrlar masalasiga ham alohida etibor qaratildi. Bojkhona institutida uqitish jarayoni zamon talabiga javob bermasligi qayd etilib, uning faoliyatini tubdan takomillashtirish, shuningdek, veterinariya va karantin khodimlarini khalqaro andozalar asosida qayta tayyorlash muhimligi qayd etildi. Khalqaro bojkhona tashkiloti bilan erishilgan kelishuvga muvofiq kadrlar salohiyatini oshirish borasidagi ishlarga tukhtalib utildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddilar akhborot berdi.

О нас

Яна маълумот

5mi8CciwAxbgWh-_hLH11-C0iUlOiKZv

Karantin tatili paytida kontrakt va stipendiya tulash tartibi malum qilindi

Kontrakt tulash muddati haqida karantin tatili tugaganidan keyin khabar beriladi. Stipendiya esa avvalgi tartibda, faqat …