Главная / Jamiyat / COVID-19 sharoitida mehnat munosabatlari: khodim va ish beruvchilarga eslatma
<

COVID-19 sharoitida mehnat munosabatlari: khodim va ish beruvchilarga eslatma

Adliya vazirligi va «CENTIL» yuridik firmasi uzaro hamkorlikda COVID-19 koronavirusi pandemiyasi munosabati bilan mehnat munosabatlariga oid eslatmani tayyorladi.

Foto: AFP

1. Ish beruvchi karantin va masofadan ishlash paytida ish haqi va nafaqa tulashi kerakmi?

Ha, kerak. Uzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 285-moddasiga binoan, karantin davrida ish beruvchi vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tulashi kerak.

Masofadan ishlashda esa, (agar ish hajmi oldingidek qolsa) tuliq ish haqini tulashi lozim. Agar ish hajmi kamaysa, u holda khodim masofadan ishlashga utkazilishidan oldin belgilangan tarif stavkasidan kelib chiqib, khodimning ish haqi soatbay ish haqi miqdoriga muvofiq tulanadi.

Khodimlar uchun karantin tufayli vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi khodimning davlat ijtimoiy sugurta badallarini tulash muddatiga (umumiy ish stajiga), qaramogidagi bolalar soniga va boshqa holatlarga qarab ish haqining 60-100 foizi miqdorida tulanadi.

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik buyicha nafaqalarning eng kam miqdori qonunda belgilangan eng kam ish haqining 35,2 foizidan kam bulmasligi kerak va nafaqa hisoblanadigan ish haqidan ortib ketmasligi lozim.

Shu urinda, Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy tasirini yumshatish buyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar tugrisida»gi Farmonining 16-bandiga binoan, koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan ota-onalar (ular urnini bosuvchi shakhslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha bulgan bolasini parvarish qilayotgan shakhslarga urtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi tulanadi.

2. Agar khodim karantin paytida ishga borishda davom etayotgan bulsa, u oshirilgan oylik maoshga olishi mumkinmi?

Hammasi ish sohasiga bogliq. Tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa khodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qushimcha tulovlar joriy etilgan.

Bundan tashqari, Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 martdagi PQ-4652-sonli «Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya khizmati khodimlarini qullab-quvvatlashga oid qushimcha chora-tadbirlar tugrisida»gi qaroriga binoan, koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan obektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya khizmati va boshqa khodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri (shu jumladan, mart oyi) uchun quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) makhsus qushimcha ragbatlantirish tulovi (makhsus tulov) belgilangan: vrach khodimlarga, vrach-laborantlarga – 25 million sum; urta tibbiyot khodimlariga, hamshira-laborantlarga – 15 million sum; kichik tibbiyot khodimlariga – 10 million sum; boshqa khodimlarga – 5 million sum (ruykhat Inqirozga qarshi kurashish komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi).

Shuningdek, koronavirus infeksiyasini yuqtirgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya khizmati va boshqa khodimlarning sogligiga shikast etkazilgani uchun – 100 million sum yoki ularning ogir ahvolga tushishi va sogligi tiklanmagani munosabati bilan bir yula beriladigan – 250 million sum miqdoridagi qushimcha tulovlar joriy etildi.

Shu bilan birga, ushbu tulovlar qonun hujjatlari, shuningdek, jamoa shartnomalari va boshqa lokal hujjatlar hamda mehnat shartnomasiga muvofiq khodimning sogligiga shikast etkazilgani yoki boshqa oqibatlar yuzaga kelishi munosabati bilan tulanadigan tulovlarni saqlab qolgan holda qushimcha ravishda amalga oshiriladi.

Uzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 153-moddasining ikkinchi qismiga binoan, mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlar, qushimcha tulovlar, ustamalar, ragbatlantirish tarzidagi tulovlar jamoa shartnomalarida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qumitasi yoki khodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi.

3. Khodimning roziligisiz ish haqi saqlanmagan holda tatil berilishi mumkinmi?

Uzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 150-moddasining birinchi qismiga binoan, khodimning arizasiga kura unga ish haqi saqlanmagan holda tatil berilishi mumkin, uning davomiyligi khodim va ish beruvchi urtasidagi kelishuvga kura belgilanadi, lekin u un ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bulmasligi kerak.

Shu bois, khodimning roziligi majburiy talab bulib, khodimning roziligisiz ish beruvchi unga bunday tatil berishi mumkin emas.

Shuningdek, respublika makhsus komissiyasining qarori bilan 2020 yil 23 martdan boshlab Toshkent shahridagi barcha tashkilotlar, mulkchilik shaklidan qati nazar va ularning faoliyatiga zarar etkazmagan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda khodimlarga tatil berilishini taminlash choralarini kurishlari kerakligi belgilangan.

4. Ish beruvchi karantin paytida khodimlarga tuliqsiz ish vaqti belgilashi mumkinmi?

Ha, mumkin, lekin faqat khodimning roziligi bilan. Karantin tadbirlari davrida ish beruvchilar khodimlarni, ayniqsa homilador ayollarni, keksalarni, nogironlarni va surunkali kasalliklarga chalingan shahslarni uz roziligi bilan ishning masofaviy usuliga, moslashuvchan ish grafigiga yoki uyda ishlashga utkazishlari mumkin. Shuningdek, ish beruvchi khodimning ushbu rejimda ishlashi kerak bulgan davrni belgilashi kerak.

Tuliqsiz ish vaqti yillik tatilning davomiyligi, ish staji va boshqa mehnat huquqlari buyicha cheklovlarni keltirib chiqarmaydi va ishlagan vaqtiga yoki ish natijasiga qarab tulanadi.

5. Ish beruvchi masofaviy ish tartibiga utganlar uchun ish haqini kamaytirishi mumkinmi?

Yuq, agar khodimning ish hajmi uzgarmasa ish haqi kamaytirilmaydi.

Ish haqi ish joyiga bogliq emas, aslida u amalda ishlagan vaqt yoki bajarilgan ish uchun tulanadi.

6. Masofadan ishlay olmaydigan khodimlar bilan nima buladi?

Yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda ish beruvchi ish tukhtab qolgani munosabati bilan khodimni mehnat tatiliga yoki vaqtincha boshqa ishga utkazish lozim. Ish beruvchi faqat khodimning roziligi bilan unga ish haqi saqlanmaydigan tatil berishi mumkin.

Shu bilan birga, khodim sogligiga tugri kelmaydigan ishga utkazilishi mumkin emas.

Vaqtinchalik boshqa ishga utkazilgan davrda khodimga bajarilgan ishlar uchun ish haqi tulanadi, lekin uning miqdori avvalgi urtacha ish haqidan kam bulmasligi kerak.

Boshqa ishga utkazish muddati, aniq ish haqi, shuningdek ishlab chiqarish zarurati holatlari jamoa shartnomasida belgilanadi, agar u tuzilmagan bulsa – ular ish beruvchi tomonidan khodimlarning vakillik organi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

7. Ish beruvchi karantin paytida khodimni ishdan bushatishi mumkinmi?

Katta ehtimol bilan bushata olmaydi. Agar mehnat shartnomasi cheklanmagan muddatga tuzilgan bulsa, ish beruvchi khodimning roziligisiz u bilan mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin emas.

Mehnat shartnomasi istalgan vaqtda faqat tomonlarning kelishuviga binoan bekor qilinishi mumkin.

Ammo, agar mehnat shartnomasi muayyan muddatga tuzilgan bulsa (yani muddatli mehnat shartnomasi) va shu muddat karantin davriga tugri kelsa, bu holatda ish beruvchi karantin davrida mehnat munosabatlarini bekor qilishga haqlidir.

Takidlash joizki, khodimning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrida, khodim tatilda bulganda va khodim koronavirus infeksiyasini yuqtirgan yoki karantinda bulgan bolaning, shuningdek 14 yoshga tulmagan bolaning ota-onasi (ular urnini bosuvchi shakhs, vasiy, homiy) bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi.

8. Khodimning jismoniy ishtirokisiz masofadan turib ishga qabul qilish mumkinmi?

Ha, mumkin. Mehnat qonunchiligada masofaviy ishga yollashga doir alohida talablar va cheklovlar kuzda tutilmagan. Shu bilan birga, khodim ishga qabul qilish uchun zarur bulgan hujjatlarni taqdim etishi kerak.

9. Men kasbim buyicha shifokorman, lekin hozir ishlamayman. Davlat meni majburiy ishlashga chaqirishi mumkinmi?

Yuq, mumkin emas. Muayyan ish beruvchi bilan mehnat munosabatlari bulmagani sababli buning imkoni yuq. Majburiy mehnat, yani biron bir jazo (shu jumladan, mehnat intizomini saqlash maqsadida) qullash bilan tahdid qilish orqali ishlarni bajarishga majburlash taqiqlanadi.

Shifokorlar harbiy khizmatga majbur fuqaro sifatida faqat muayyan holatlarda, masalan, mamlakatda harbiy holat elon qilinishi tufayli, ishga chaqirilishi mumkin.

10. Karantin elon qilingani uchun safarga yuborilgan khodimlar uchun biron bir kafolatlar bormi?

Ha, bor. Uzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 165- va 167-moddalariga kura, khodim davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida ish beruvchi uni ish joyini (lavozimini) saqlagan holda ishdan ozod qilishi shart. Ana shu vazifalarni bajarish vaqtida khodimning urtacha ish haqi saqlanadi. Kafolatlangan tulovlarni berish tartibi jamoa shartnomasi tomonidan belgilanadi, lekin bu miqdor khodimning urtacha ish haqidan past bulishi mumkin emas.

Davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotganda khodimlarning urtacha daromadlarini saqlash, shuningdek jamiyat manfaatlari yulida harakatlarni bajarish bilan bogliq kharajatlar, jumladan byudjetdan taminlanadigan muassasa va tashkilotlarda byudjetdan qoplanadi.

11. Agar khodim uzining khaq tulanadigan mekhnat tatilidan foydalanib bulgan bulsa yoki tasdiqlangan tatillar jadvalidan tashqari uni olishni istamasa-chi?

Bu holda, ish beruvchi, khodimning roziligi bilan, uni vaqtinchalik masofaviy ish tartibiga, moslashuvchan ish vaqti yoki uyda ishlash tartibiga utkazishi yoki ish haqi saqlanmagan holda tatil berishi mumkin.

Ish beruvchi ish vaqti uzgarishi munosabati bilan qushimcha shartnoma tuzishi lozim.

Bundan tashqari, ish beruvchi, khodimning arizasi olingan kuni yangi rejimning boshlanish va tugash sanalarini kursatib, ish rejimini uzgartirish tugrisida buyruq chiqarishi kerak.

12. Khodim khorijiy tatildan qaytib, uyda uzini izolyasiya qilishda/karantinda qoldi. U masofadan turib ishlashdan ham bosh tortyapti. Ish beruvchi uni ishdan bushatishi mumkinmi?

Yuq, ishdan bushata olmaydi. Chunki karantin tartibining buzilishi ogir oqibatlarga olib kelgan taqdirda khodim ham, ish beruvchi ham Uzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi «Sanitariya qonunchiligini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish»ga asosan javobgarlikka tortilishi mumkin.

Khodimni majburiy ishlashga jalb qilish ham mumkin emas. Bu holda, ish beruvchi uzini izolyasiya qilish bilan bogliq vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik tugrisida varaqasini rasmiylashtirishi lozim.

Karantin vaqtidagi vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqasi odatdagisi bilan bir khil.

13. Maktablar va bolalar bogchalari karantin uchun yopildi va bolalarga uyda qaraydigan hech kim yuq. Khodim ishga bormasligi mumkinmi?

Ha, mumkin. Nizomga asosan karantin davrida bolalar bogchalari va maktablar faoliyatini tukhtatib turish davrida maktablarning 1-4-sinf uquvchilari va bogcha tarbiyalanuvchilarining ota-onalariga (ularning urnini bosuvchi shakhslarga, vasiylariga) mehnat tatili beriladi.

Shu bilan birga, tatil, tatil jadvalidan qati nazar, khodimning iltimosiga binoan beriladi (birinchi yil uchun 6 oy davomida ishlash shart emas).

Bunday holda, khodim yashash joyidagi poliklinikaga borib, karantin davrida bolani parvarish qilish uchun vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqasini (kasallik varaqasini) ochishi kerak. Ushbu vaqtinchalik ishga layoqatsizlik varaqasiga muvofiq, khodim 14 kun davomida ish haqi tulangan holda bola tarbiyasi uchun tatilga chiqishga haqli.

Nizomga asosan agar khodim karantin davrida maktabgacha talim tashkilotlari va umumtalim muassasalarning faoliyati tukhtatilishidan oldin mehnat tatilini olgan bulsa yoki karantin davrida mehnat tatilini olishni khohlamasa ish beruvchi khodimning khohishiga kura, quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:

• khodimni masofaviy ish usuli, moslashuvchan ish grafigi yoki uyda ishlashga vaqtincha utkazishi;

• khodimga ish haqi saqlanmagan holda tatil berishi.

Talim muassasalarida karantinning davom etishi sababli tatil tugagan kuni ishga borishning iloji bulmasa, khodim ish beruvchiga quyidagi arizani yuboradi:

• ish haqi saqlanmagan holda tatil olish tugrisida – tatilning sanasa va boshlanishi kursatilgan holda;

• masofaviy ish usuli, moslanuvchan ish grafigi yoki uyda ishlashga vaqtincha utkazishi tugrisida.

14. Fuqarolik – huquqiy shartnoma nima (FHSh)?

Ushbu shartnomaga kura, tomonlarning barcha majburiyatlari ijrochi buyurtmachiga muayyan khizmatni taqdim etishi yoki fuqarolik qonunchiligiga muvofiq muayyan ishlarni bajarishi uchun yunaltiriladi. Bunday holda buyurtmachiga ijrochi oldida Mehnat kodeksida nazarda tutilgan hech qanday majburiyat yuklatilmaydi, khususan, kasallik va tatillar uchun haq tulamaydi, mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda muammolarni hal qilmaydi va boshqalar. FHSh tuzishda ishga qabul qilish haqida ariza, buyruqni ruykhatdan utkazish yoki mehnat daftarchasiga yozuv kiritilishi talab qilinmaydi.

Shartnoma quyidagi shartlarni uz ichiga olishi kerak:

• ijrochiga quyiladigan aniq talablar;

• kursatilgan khizmatlar uchun buyurtmachi ijrochiga tulashi lozim bulgan pul miqdori;

• bajarilgan ishlarni qabul qilish va berish shartlari;

• tomonlarning shartnoma majburiyatlarini bajarish muddatlari;

• shartnomani muddatidan oldin bekor qilish shartlari va oqibatlari.

Shuni takidlash lozimki, FHShni imzolashda mehnat shartnomasi belgilarining yuqligini nazorat qilish kerak. Chunki yuqorida kursatilgan uziga khos khususiyatlariga ega bulgan khizmat kursatish shartnomasini mehnat shartnomasi sifatida tan olish ehtimoli mavjud.

Karantin sharoitida mehnat munosabatlarini tartibga solishga tasir etuvchi meyoriy hujjatlar ruykhati:

• Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi 5969-son «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy tasirini yumshatish buyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar tugrisida»gi Farmoni.

• Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 176-sonli «Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qushimcha chora-tadbirlar tugrisida»gi Qarori.

• Karantinga oid choralar amal qilishi davrida maktabgacha talim tashkilotlari va umumtalim muassasalarining faoliyati tukhtatilganda maktabgacha talim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumtalim muassasalari boshlangich sinf uquvchilarining ota-onalariga yillik mehnat tatili berishning vaqtinchalik tartibi tugrisidagi Nizom (2020 yil 28 martda ruykhatdan utkazildi, ruykhat raqami 3227).

• Karantinga oid choralar amal qilishi davrida khodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga utkazishning vaqtinchalik tartibi tugrisidagi Nizom (2020 yil 28 martda ruykhatdan utkazildi, ruykhat raqami 3228).

Ushbu eslatma COVID-19 inqirozi tufayli keyingi harakatlar haqida umumiy tushuncha berish maqsadida tayyorlangan. Ushbu material huquqiy konsalting mahsuloti sifatida talqin qilinmasligi kerak. Har bir aniq kholat mutakhassislarni jalb qilgan holda alohida urganib chiqilishi kerak.

О нас

Яна маълумот

jV-jWyKWhY3R86LxSr9qbcB1_zRh8T5

Uzbekistonda tibbiy niqoblar ishlab chiqarish kuniga 10,8 mln donagacha etkazildi

Foto: KUN.UZ Uzbekistonda 18 may holatiga himoya niqoblari ishlab chiqarish kuniga 10,8 mln donagacha etkazildi. …