Главная / Jahon / ChINGIZ AYTMATOV (1928-2008)

ChINGIZ AYTMATOV (1928-2008)

Chingiz Aytmatov qirgiz khalqining ulug yozuvchisidir. Uning nomi XX asrda khalqaro miqyosda tan olingan jahon adabiyotining buyuk vakillari bilan bir safda turadi.

Ayni vaqtda kupdan-kup taniqli adabiyotshunos olimlar uni L.N.Tolstoy, F.Dostoevskiy, Folkner kabi adiblar qatoriga quyadilar. Shu manoda u hayotlik chogidayoq mumtoz (klassik) adib degan yozuvchi uchun nihoyat- da sharafli etirofga munosib bulgan suz ustasidir.

chingiz-aymatovSobiq Sovet Ittifoqidan ajralib chiqqan jumkhuriyatlarda, Rossiyaning uzini kham qushib khisoblaganda,Chingiz Aytmatovday mashkhur yozuvchi kam topiladi.

Chingiz Aytmatov 1928 yil 12 dekabrda Qirgizistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tugilgan. 1953 yil Qirgiziston Qishloq khujaligi institutini tugatib, uch yil zootekhnik bulib ishladi. Zooveterinariya sohasi Aytmatov takdirida beiz ketmadi. Keyinchalik, uning deyarli khar bir asarida jonivorlar juda katta urin egallaydi. Hatto “Alvido, Gulsari”, “Qiyomat” singari romanlarda u inson bilan bab-barovar etakchi qahramon sifatida tasvirlanadi.

Chingiz Aytmatov qalbini sehrlagan, tafakkurini egallagan soha veterinariya emas, suz sanati bulib chikdi. U 1956-58 yillari Moskvadagi YOzuvchilar uyushmasi koshidagi Oliy adabiyotchilar kursida tahsil oladi.

Ilk hikoyalari 1950 yillardan bosilgan. Uning “Baydamtol sokhillarida” (1955), “Yuzma-yuz” (1957) asarlari utkir syujet, kuchli ichki ruhiy ziddiyatlar- ga boy. Adib nomini ilk bor khalqaro miqyosda mashhur qilgan asar 1958 yilda yozilgan “Jamila” qissasi buldi. Bu qissa 1959 Yili rus va fransuz tillari- da kitob holida elon qilingach, ikki yil ichida sobiq Ittifoq va khorijdagi uttizga yaqin tilga ugirildi. Shuro adabiyotida bunday hodisa bulgan emas. Asar- ni fransuz tiliga tarjima kilgan Lui Aragon uni “Mukhabbat haqida yozil­gan jakhondagi eng ajoyib qissa” deb baholadi. Shundan keyin yozuvchining “Sarvqomat dilbarim” (1961), “Butakuz”, “Birinchi muallim” (1962), “Somon yuli” (1963), “Alvido, ey Gulsari” (1966) kabi qissalari birin- ketin dunyo yuzini kurdi, ularda muhabbat mavzui katta ehtiros bilan tarannum etilgan. Aytmatovning “Tog va chul qissalari” turkumiga kirgan asarlari yuksak baholandi. Uning “Oq kema” (1970) qissasida insoniy guzallik, ezgulik va hayot ziddiyatlari, ekologiya muammolari teran tadqiq etiladi. “Oq kema” kinofilmi kham asar kabi shuhrat qozondi. “Dengiz yoqalab chopayotgan olapar” (1977) qissasida muhim mana- viy masalalar, shuro davridagi hayotning mashum manzaralari uz ifodasini topgan. Adibning “Asrga tatigulik kun” (1980), “Qiyomat” (1986), “Kassandra tamgasi” (1990) romanlarida zamonamizning umuminsoniy tomonlari, ona Sayyoramiz- ning takdiri, kuchli falsafiy, akhloqiy va ijtimoiy muammolar kutarilgan. Utmishini unutgan, khissiz, khamma narsaga loqayd, itoat-u, buyruqni baja- rishdan boshqa narsani bilmaydigan, tuygu, noziq hissiyotlari sungan manqurt obrazi tasviri Aytmatov ijodining muhim qirralaridan biri buldi. Aytmatovning «Chuqqida qolgan ovchining ohi zori» (M. Shokhonov bilan hamkorlikda) asari manaviyatga bagishlangan. Aytmatov prozasida ruhiyat takhdili ananaviy folklor, mifologiya, obrazlilik bilan uygunlashib ketadi

YOzuvchi badiiy ijodni muttasil va uzluksiz ravishda davlat va jamoat ish- lari bilan qushib olib borgan. U turli yillar davomida Qirgizistondagi etak- chi adabiy jurnal “Literaturniy Kirgizstan”ning bosh muharriri, “Pravda” gazetasining respublikadagi mukhbiri, “Inostrannaya literatura” (Moskva) jur- nali muharriri (1980-90), 1990 yildan sobiq SSSRning, sung Rossiya Federa- siyasining, 1991 yildan Qirgiziston Respublikasining Lyuksemburg, Belgiyada- gi elchisi vazifalarida faoliyat kursatgan. Aytmatov tashkil etgan “Issiqkul forumi” khalqaro tinchlik harakati va muhim ijtimoiy masalalarni hal etishda samarali tasir utkazgan tashkilot buldi. 1995-2008 yillarda Ch.Aytmatov Mar- kaziy Osiyo khalqlari madaniyati assambleyasi Prezidenta vazifasini bajardi. Aytmatovning asarlari jahonning 154 tiliga tarjima qilinib, 20 mln.dan ortiq nuskhada chop etilgan (1999). “Sarvqomat dilbarim” (“Dovon”), “Butakuz” (“Jazirama”), “Birinchi muallim”, “Jamila”, “Alvido, ey Gulsari” va boshqa asarlari ekranlashtirilgan, uzbek va chet el teatrlarida sahnalashtirilgan. Aytmatovning qariyb hamma asarlari uzbek tilida nashr etilgan. Aytmatov uzbek adabiyoti, umuman, uzbek madaniyati tarikhini yuksak baholab, “Qadim-qadim uzbek madaniyatining Urta Osiyoga kursatgan tasirini kuhna Vizan- tiyaning Qadim Rusga kursatgan tasiri bilan qiyoslash mumkin”, deb hisoblaydi. Qirgiziston Respublikasida Qirgiziston Khalq yozuvchisi, Qirgiziston Fanlar Aka- demiyasi akademigi Chingiz Aytmatov nomidagi Khalqaro «Oltin medal» mukofoti tasis etilgan (1999).

Яна маълумот

snaiperist

Polsha Belarus bilan chegarada snayperlarni joylashtirdi

Polsha Belarus bilan chegarada snayperlarni joylashtirdi, deb khabar berdi mamlakat Qurolli kuchlari bosh qumondonligi Twitterda. “Snayperlar razvedka, …