Главная / Madaniyat / 12:40 33852 2 «Bu tizimni fuqarolarimizning oyogiga kishan qilganmiz» — Prezident propiskani isloh qilish buyicha topshiriq berdi
<

12:40 33852 2 «Bu tizimni fuqarolarimizning oyogiga kishan qilganmiz» — Prezident propiskani isloh qilish buyicha topshiriq berdi

Parlament va hukumat 2020 yil 1 aprelga qadar propiska tizimini isloh qilish buyicha aniq takliflar ishlab chiqadi.

Prezident parlamentga murojaatnomasida hukumatga propiska tizimini isloh qilish buyicha topshiriq berdi.

«Urbanizasiya jarayonlarini jadallashtirgan holda hududlarni komleks rivojlantirish va aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish zarur. Ana shu ishlar doirasida ettita yirik shahar – Andijon, Bukhoro, Samarqand, Qarshi, Fargona, Namangan va Nukus, Nukusga yuldosh bulgan 12ta shaharcha tanlab olinib, ularni rivojlantirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Shunga bogliq yana bir masala. Asosiy ishchi kuchi yashaydigan va ish urinlari yaratilayotgan hududlarimiz urtasida juda katta tafovut mavjud. Buning echimi ichki migrasiyani erkinlashtirishdir.

Shu bois, parlament va hukumat 2020 yil 1 apreliga qadar propiska tizimini isloh qilish buyicha khalqaro tajribani urganib chiqishi va aniq takliflarni ishlab chiqishi lozim», dedi prezident.

Prezident bu muammo shu vaqtga qadar fuqarolar oyogida kishan bulib kelayotganini qayd etdi.

«Bu masala qanday qiyinligini hammamiz bilamiz. 30 yil fuqarolarimizning oyogiga kishan qilib bu masalani hal qilmadik.

Fuqarolarimiz Uzbekiston Respublikasining khohlagan joyida propiskadan utib, khohlagan joyida ishlashining qonuniy asosini yaratmasak, quruq gap bilan ishlar amalga oshmaydi.

Yuragimdagi bir niyatimni aytaman. Bu erda utirganlarning aksari uz vaqtida uy va propiska masalasida qiynalgan.

Hozir shuni aytmoqchimanki, vatanimiz ichida har bir inson kichik vataniga ega bulsa, khalqimiz ham, yaratgan ham bizdan rozi buladi», dedi prezident.

О нас

Яна маълумот

lwH9HtBV7_JC-z9ZsaiJjMHJ-KozPKNu

«Birovning tashvishi evaziga topilgan pul hech kimga buyurmaydi!» — Prezident chayqovchilarni tanqid qildi

Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 18 mart kuni mahalla va oila masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishining …