Главная / Jamiyat / «Buston» sanatoriysida karantinda bulgan fuqarolarga javob berildi
<

«Buston» sanatoriysida karantinda bulgan fuqarolarga javob berildi

Karantin muddati (14 kun) tugagani munosabati bilan karantin holatida saqlangan fuqarolarning 294 nafari uz uyiga kuzatildi, yaqin vaqtlar ichida karantindagi boshqa fuqarolarga ham javob beriladi.

Bugun, 18 fevral kuni Toshkent viloyatidagi «Buston» sanatoriysida joylashtirilgan 294 nafar fuqaroni karantin muddati yakuniga etishi munosabati bilan uyiga kuzatish marosimi bulib utdi.


Foto: Sogliqni saqlash vazirligi

«Jahon sogliqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga asosan, koronavirus inkubasiyasi davrini hisobga olgan holda, Khitoydan olib kelingan fuqarolarimiz 14 kun davomida khalqaro sanitariya-epedimiologiya talablari asosida qatiy karantin holatida saqlandi. Shu davr yakuniga qadar tibbiy kuzatuv va makhsus laboratoriya tekshiruvlari tuliq, khalqaro standartlar buyicha olib borildi. Karantinda bulgan fuqarolar birinchi kun va inkubasiya davrining tugashi bilan, yani ikki marta koronavirus infeksiyasi bor yuqligini aniqlash buyicha virusologik laboratoriya tekshiruvlaridan utkazildi. Tahlil natijalari biror fuqaroda ham koronavirus infeksiyasi yuqligini aniqlab berdi», deyiladi Sogliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bulimi khabarida.


Foto: Sogliqni saqlash vazirligi

«Buston» sanatoriysi tuliq karantin talablari asosida jihozlandi. Kuzatuv olib borish uchun tegishli tibbiy jihozlar va zarur dori vositalari bilan taminlandi. Khususan, koronavirus diagnostikasi vositalarining zarur zakhiralari yaratilib, kerakli dori hamda dezinfeksiya vositalari, uskunalar, sarflash materiallari, shuningdek, shakhsiy himoya vositalari bilan taminlandi. Sohaning etuk mutakhassislari tomonidan Ukhan shahri va Khitoyning boshqa hududlaridan olib kelingan fuqarolar alohida nazorat ostida bulib, muntazam tibbiy tekshiruvlardan utkazildi. Shuningdek, mazkur tibbiyot muassasalarida barcha kerakli maishiy vositalar va zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan taminlandi. Oshkhonalarda 14 kunlik taomnoma tuzilib, kuniga uch marta sifatli ovqatlanish tashkil etildi», – deydi Sogliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitaniya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov.


Foto: Sogliqni saqlash vazirligi

Barcha muassasalarda yuqumli kasalliklar buyicha malakali virusolog, epidemiolog va boshqa etakchi shifokor-mutakhassislar ish olib borishgan. Ular karantin muassasasida belgilangan muddat yakuniga etgunga qadar faoliyat yuritishdi. Shuningdek, fuqarolarning khavfsizligini taminlash va jamoat tartibini saqlash maqsadida ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya khodimlari jalb etilib, ular alohida binolarga joylashtirilgan.


Foto: Sogliqni saqlash vazirligi

«Khitoyda khavotirli epidemik vaziyatdan ancha tushkun ahvolga tushib qolgan edik. Ana shunday qiyin vaziyatda davlatimiz tomonidan kursatilgan gamkhurlik bizni judayam quvontirdi. Yurtimiz tuprogiga qadam quyishimiz bilan kunglimiz ancha khotirjam buldi. Biz joylashgan sanatoriyda barcha sharoitlar yaratilgan ekan. Alo kayfiyatda dam oldik, bir-birimiz bilan dustlashdik. Ochigi, bu joydan ketgimiz ham kelmayapti», – deydi bukalik Sevara Miralieva.


Foto: Sogliqni saqlash vazirligi

Karantin obektlarida saqlanayotgan fuqarolarning oila azolari va yaqin qarindoshlari bilan muloqot qilishlari uchun telefon apparatlari urnatildi. Bundan tashqari, Toshkent shahridagi Stomatologiya institutida karantindagi fuqarolar bilan ularning ota-onalari va yaqin qarindoshlari muloqoti uchun videokonferensaloqa vositalari va telefon apparatlari urnatilgan Call center faoliyat yuritdi.


Foto: Sogliqni saqlash vazirligi

Foto: Sogliqni saqlash vazirligi

Foto: Sogliqni saqlash vazirligi

 «Bu erda bizga 14 kun davomida juda yakhshi qarashdi. Shifokorlar juda khushmuomalalik bilan kayfiyatimizni kutarishga harakat qilishdi. Har kuni bizni ikki martadan tekshiruvdan utkazib turishdi. Bush vaqtimizni unumli utkazish uchun ham barcha sharoitlarni qilib berishdi. Bu erga kelib barcha khavotirlarimiz tumandek tarqab, qalbimizni fakhr-iftikhor hissi egalladi. Mana shunday yurtning farzandi ekanligimizdan gururlandik.

Negaki, kupgina mamlakatlar Khitoydagi fuqarolarini yurtiga qaytarib, bu darajada etibor va kumak kursata olmayotganining guvohi bulib turibmiz. Shunday ekan, hamisha vatan himoyasida bulgan bakhtiyor insonlarmiz, deb bemalol ayta olamiz. Fursatdan foydalanib, bizga gamkhurlik qilgan barchaga chuqur minnatdorlik bildiramiz», – deydi bukhorolik Ilhom Qurbonov.


Foto: Sogliqni saqlash vazirligi

Yaqin vaqtlar ichida karantin muddati yakuniga etishi munosabati bilan boshqa tibbiyot muassasalaridagi Khitoydan olib kelingan fuqarolar ham uz uylariga kuzatiladi.


Foto: Sogliqni saqlash vazirligi

Eslatib utamiz 4-6 fevral kunlarida Khitoydan Uzbekistonning 584 nafar fuqarosi uchta charter reys orqali mamlakatga olib kelingan edi.

Har bir reysga Sogliqni saqlash vazirligining malakali infeksionist va epidemiolog mutakhassislari jalb etilib, parvoz oldi va parvoz davomida olib kelinayotgan fuqarolarning salomatligi tibbiy kuzatuv ostiga olindi. Parvoz davomida yulovchilar orasida tana harorati kutarilgan va sogligida uzgarishlar bulgan fuqarolar aniqlanmagandi.

Reyslar Toshkent khalqaro aeroportiga uchib kelganida yana bir bor tegishli mutakhassislar tomonidan samolyot bortiga chiqib, yulovchilarning tana harorati portativ teplovizor va elektron termometrlar yordamida ulchandi, ularning orasida tana harorati meyoridan yuqori bulgan fuqarolar aniqlanmadi. Shuningdek, yulovchilar samolyot trapidan tushishlari bilan, shu erning uzida mutakhassislar tomonidan ularning egnidagi kiyimlari hamda ularning qul yuklari tegishli tartibda zararsizlantirildi.

Sungra barcha yulovchilar koronavirusning Uzbekistonga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, khavfsiz sanitariya-epidemiologik holatni taminlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida makhsus tayyorlangan tibbiyot muassasalariga joylashtirilgandi.

О нас

Яна маълумот

regnum_picture_15863670751960318_big

Turkmanistonda bankomatlar bush va dukonlar bank kartalarini qabul qilmaydi

Turkmanistonda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yomonlashishda davom etmoqda – poytakht va mintaqalarda bankomatlarda naqd pul yuq, kuplab …