Главная / Jamiyat / Bustonliq tumanida yangi soliq rejimi joriy etilishi mumkin
<

Bustonliq tumanida yangi soliq rejimi joriy etilishi mumkin

2020 yil 1 yanvardan Bustonliq tumanida soliq solish va soliq mamuriyatchiligi buyicha noyob tajribani boshlash taklif etilmoqda. Tegishli loyiha muhokama uchun joylashtirilgan, deb yozmoqda Norma.

Gazalkent shahrida, «Dustlik», «Sijjak» va «Novobod» mahalla fuqarolar yiginlarida (tumanning aholi dam olishi nuqtai nazaridan eng talabgir bulgan qismlari) soliq tayanch punktlarini ochish muljallanmoqda. Ular dam olishni tashkil etish bilan band bulgan subektlarni qonuniylashtirish va ularning daromadlari hisobini yuritish uchun zarurdir.

0dagq_ftkdmimd2hxdykc3klyh5dyz0q

Soliq tayanch punktlariga murojaat qilgan jismoniy va yuridik shakhslarga 3 yilga guvohnoma beriladi. Guvohnoma uchun 1 BHM yigim undiriladi (maqola berilgan kundagi miqdori – 223 ming sum). Bunda ikhtiyoriy ravishda qonuniylashtirilganlar birinchi yil yigim tulamaydilar (guvohnoma uchun yillik tulov nazarda tutilgan deb khulosa chiqarish mumkin – loyihada bu aniq aytilmagan).

Guvohnoma egasiga dam olish bilan bogliq bir qator khizmatlarni kursatish huquqini beradi. Bunda soliq solishning quyidagi tartibini belgilash taklif etiladi:

• qatiy belgilangan soliq topchanlarni ijaraga berishdan olinadigan daromadlardan – 3 BHM, motorli suv transportini berishda – har bir urindiq uchun 3 BHM, motorsiz suv transportini berishda – 3 BHM (bir birlikdagi transport uchun), skuter va qorda yuradigan mashinalarni berishda – 5 BHM, kvadrosikllarni berishda – 5 BHM, paraplan berishda – 3 BHM, otlar berishda – 1 BHM, changi uchuvchilar va snoubordistlar uchun anjomlar berishda – 1 BHM;
• Bustonliq tumani hududida dam olish uylari va dala hovlilarni ijaraga berish, umumiy ovqatlanish va chakana savdo khizmatlarini kursatishdan olingan daromadlarga 4%lik stavkada YaST solinadi.

Guvohnomasiz khizmat kursatilganligi uchun «innovasion» sanksiya mekhanizmi qullaniladi. Birinchi galgi huquqbuzarlik uchun «sariq kartochka» va 1 mln sum miqdorida shartli jarima belgilanadi, jarima darhol undirilmaydi. Takror sodir etilgan huquqbuzarlik uchun «qizil kartochka» beriladi va 5 mln sum jarima undiriladi, unga birinchi galgi huquqbuzarlik uchun 1 mln sumlik jarima ham qushiladi. Jarimani tulagan subektga yigim undirilmagan holda guvohnoma beriladi.

Khizmatlar kursatishdan olingan daromadlar yashirilgan (kamaytirib kursatilgan) hollarda YaST hisobot davrida olingan daromad summasidan 12%lik stavka buyicha hisoblab chiqariladi. 10 mln sumdan yuqori miqdordagi soliq qarzdorligi tulanmaganligi uchun soliq tulovchi tomonidan khizmatlar kursatishda foydalaniladigan mol-mulk khatlanadi. Buning uchun soliq organi rahbari yoki uning urinbosarining qarori etarli buladi.

Shu bilan birga, 1 yanvardan Bustonliq tumanidagi tadbirkorlik subektlari uchun yuridik shakhslardan olinadigan foyda soligi, yuridik shakhslar uchun QQS va YaST buyicha taqdim etilgan imtiyozlarni bekor qilish muljallanmoqda. Faqat profilaktika va aholini davolash bilan shugullanadigan tashkilotlar, shuningdek bolalar soglomlashtirish oromgohlari uchun imtiyozlar saqlanib qoladi.

Loyiha uzgartirilishi, unga qushimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

О нас

Яна маълумот

Vqz88h_tXAvmjwi_ZSe6BV7A4APuteT9

Tadbirkor QQS tulashda qonunni buzsa, ruykhatga tushadi

Qushilgan qiymat soligi tulovchilarini davlat soliq khizmati organlarida ruykhatga olish endilikda qay tartibda amalga oshiriladi? …