Главная / Jamiyat / «Bu masala kuproq Rossiya tomoniga bogliq bulib turibdi» – Transport vazirligi vakili Rossiyaga aviareyslar qachon tiklanishi haqida
<

«Bu masala kuproq Rossiya tomoniga bogliq bulib turibdi» – Transport vazirligi vakili Rossiyaga aviareyslar qachon tiklanishi haqida

Khorijiy aviaqatnovlar buyicha hanuz savollar bisyor. Kupchilik muntazam reyslar tiklanishini intiq kutib turibdi. Transport vazirligi matbuot khizmati rahbari Navruz Ashurmatov bilan navbatdagi suhbatimizda sohadagi yangiliklar tugrisida fikr yuritdik.

– Aytingchi, khorijga parvozlarni tuliq tiklash masalasi ayni paytda qaysi bosqichda?

– Mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat kelib chiqqan holda Respublika makhsus komissiyasining qarori bilan joriy yil 15 avgustdan boshlab iqtisodiy va ijtimoiy sohalarning barqaror ishlashini taminlash, aholining yashash sharoitlarini yakhshilash maqsadida karantin cheklovlari yumshatilmoqda. Shu munosabat bilan ayrim faoliyat turlarini makhsus talablarga rioya etgan holda qayta tiklashga rukhsat etildi. Khususan, transport qatnovlari ham shular jumlasidandir. Hozirgi kunda yurtimiz buylab jamoat transporti, shaharlararo avtobuslar harakati tiklandi. Mahalliy yunalishlarda poezdlar va aviqatnovlarni tiklash jarayonlari esa davom etmoqda.

Shu bilan birga, bugungi kunda eng dolzarb va kupchilikni qiziqtirayotgan masala khalqaro qatnovlarni tiklash buyicha khorijiy mamlakatlarning tegishli vazirlik va idoralari bilan muzokaralar utkazilib, qatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash buyicha zarur choralar kurilmoqda. Jumladan, 2020 yil 24 avgust kuni Turkiya aviasiya mamuriyatlari bilan khalqaro muntazam yulovchi aviaqatnovlarini tiklash buyicha onlayn-muzokaralar utkazildi. Muzokaralar yakuniga kura, «Uzbekistan Airways» va «Turkish Airlines» aviakompaniyalariga 2020 yil sentyabr oyidan boshlab paritet tamoyili asosida Toshkent–Istanbul–Toshkent yunalishida muntazam parvozlarni qayta tiklash buyicha kelishuvga erishildi.

Birlashgan Arab Amirliklari aviasiya mamuriyatlari bilan khalqaro muntazam yulovchi aviaqatnovlarini tiklash buyicha utkazilgan muzokaralar natijasi ularoq «Uzbekistan Airways» va «FlyDubai» aviakompaniyalariga 2020 yil sentyabr oyidan boshlab paritet tamoyili asosida Toshkent–Dubay–Toshkent yunalishida muntazam parvozlarni bajarish buyicha kelishuvga erishildi.

Belarus aviasiya mamuriyati bilan olib borilgan muzokaralar yakuniga kura esa «Uzbekistan Airways» va «Belavia» aviakompaniyalariga sentyabr oyidan boshlab paritet tamoyili asosida Toshkent–Minsk–Toshkent yunalishida muntazam parvozlarni bajarish huquqi berildi.

– Tugri, malum davlatlarga aviareyslar tiklanyapti. Ammo malumki bu yunalishlar Uzbekiston uchun asosiy yunalishlar hisoblanmaydi. Kupchilik ayniqsa Rossiya buyicha yangilik kutmoqda.

– Qozogiston aviasiya mamuriyatlari olib borilgan muzokaralar yakuniga kura «Uzbekistan Airways» va «Air Astana» aviakompaniyalariga sentyabr oyidan boshlab paritet tamoyili asosida Toshkent–Olmaota–Toshkent yunalishida muntazam parvozlarni bajarishni boshlash buyicha kelishuvlarga erishildi.

Transport vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda olib borilgan muzokaralar natijalari kura, bugungi kunda Toshkent–Istanbul–Toshkent, Toshkent–Dubay–Toshkent, Toshkent–Minsk–Toshkent, Toshkent–Olmaota–Toshkent yunalishlarida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish jarayoni boshlandi. Ayni damda boshqa davlatlar bilan ham muntazam aviaqatnovlarni qayta yulga quyish masalasida muzokaralar olib borilmoqda.

Kupchilik Rossiyaga qachon aviareyslar tiklanishiga qiziqishi tabiiy. Chunki bu eng tigiz yunalish. Ammo bu erda muammoning echimi bizning khohishimiz yoki qarorlarimizga bogliq emas. Bu masala kuproq Rossiya tomoniga bogliq bulib turibdi. Lekin oldin aytganimizdek muzokaralar davom etmoqda va khayrli yakundan umid qilib turibmiz.

– Charter reyslar buyicha ham savollar bor. Repatrasion reyslar va turoperatorlar tashkillashtirayotgan reyslar urtasida qanday farqlar bor?

– Hali muntazam aviaqatnovlar tiklanmagan yunalishlarda khorijdagi mamlakatimiz fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida Respublika makhsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq charter repatriasiya reyslari tashkil etilmoqda.

Bu amaliyot birinchi navbatda murakkab vaziyatga tushib qolgan va Uzbekistonga qaytishga muhtoj fuqarolarimizni qaytarish maqsadida tasdiqlangan reja asosida amalga oshiriladi. Turoperatorlar tashkillashtiruvchi reyslar tijoriy reyslar bulib, unda uyushtirayotgan kompaniya amaldagi kharajatlaridan kelib chiqib narkh belgilaydi. Ammo bunday reyslarda ham chipta narkhi aniq kursatilishi lozim.

– Sunggi paytlarda ayrim guruhlar muntazam reyslar tiklanmasligidan manfaatdorligi haqidagi gaplar kupaydi. Buni qanday izohlaysiz?

– Tugri, sunggi vaqtlarda mavjud vaziyatdan bekhabar bulgan ayrim OAV tomonidan muntazam aviaqatnovlarning ayrim davlatlarga qayta yulga quyilgani, boshqa davlatlarga, khususan, Rossiya Federasiyasiga esa ataylab qayta tiklanmayotgani, buning ortida esa ayrim manfaatdor guruhlar turgani tugrisidagi asossiz khabarlar tarqatilmoqda. Bu esa uz navbatida ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bulyapti.

Bugungi kunda mamlkatimiz fuqarolari eng kup tuplanib qolgan Rossiya Federasiyasiga muntazam aviaqatnovlarni tiklash yuzasidan mamlakatning aviasiya mamuriyati va transport vazirligi bilan muzokaralar olib borilmoqda. Rossiya tomoniga muntazam yulovchi parvozlarini qayta tiklash buyicha yunalish marshrutlari va parvozlar soni tugrisidagi malumotlar rasmiy ravishda taqdim etilgan. Ikki davlat urtasida muntazam aviaqatnovlarni tiklash masalasi hozirda mamlakat Operativ shtabi tomonidan kurib chiqilmoqda.

Shu bilan birga, utkazilgan mazkur muzokaralar davomida Uzbekiston fuqarolarini imkon qadar tezroq vatanga qaytarish maqsadida Rossiya Federasiyaisga amalga oshirilayotgan charter repatriasiya reyslari sonini kupaytirish buyicha kelishuvga erishildi. 9 sentyabr kunidan etiboran Moskva–Toshkent yunalishida kuniga ikki marta, Sankt-Peterburg–Toshkent yunalishida esa kuniga bir martadan charter repatriasiya reyslari bajarilmoqda.

Shu bilan birga, bugungi kunda Respublika makhsus komissiyasining 2020 yil 7 iyuldagi 33-son bayoniga muvofiq, karantin davrini mehmonkhonalarda utkazish sharti bilan turoperatorlar yoki aviakompaniyalarning murojaatiga asosan Uzbekiston Respublikasi fuqarolari va Uzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bulgan fuqaroligi bulmagan shakhslarni olib kelish buyicha tijoriy charter qatnovlari ham amalga oshirilmoqda.

– Chiptalar narkhlari buyicha ham etirozlar talaygina. Umuman, eng asosiy yunalishlar buyicha chiptalarning baholari haqida malumot bera olasizmi?

– Sunggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda khorijdagi fuqarolarni Uzbekistonga olib kelish maqsadida tashkil etilayotgan charter repatriasiya reyslari chiptalari judda qimmat narkhlarda sotilayotgani yuzasidan turli khabarlar tarqalmoqda. Mazkur masala tahlil qilinganida esa bu kabi khabarlarni qoldirayotgan fuqarolar aslida aynan turoperatorlar tomonidan amalga oshirilayotgan tijoriy charter qatnovlarining chipta narkhlari khususida fikr bildirayotgani oydinlashmoqda.

Shu urinda Transport vazirligi turoperatorlar va avikompaniyalar tomonidan tashkil etilayotgan tijoriy charter qatnovlarining Respublika makhsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq tashkil etilayotgan charter repatriasiya reyslarga aloqasi yuq ekanligini yana bir bor eslatib utadi.

Respublika makhsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq «Uzbekistan airways» aviakompaniyasi tomonidan Rossiya Federasiyasi shaharlariga amalga oshirilayotgan charter repatriasiya reyslari chipta narkhlari Moskva–Toshkent 396 AQSh dollari, Ekaterinburg–Toshkent 373 AQSh dollari, Qozon–Toshkent 369 AQSh dollari, Novosibirsk–Toshkent 368 AQSh dollari, Rostov–Toshkent 368 AQSh dollari, Samara–Toshkent 381 AQSh dollari miqdorida bir tomonga realizasiya qilinmoqda. Mazkur charter repatriasiya reyslari Rossiya tomonining talablaridan kelib chiqqan holda bir tomonga (Rossiya Federasiyasiga) yulovchilarsiz bajarilmoqda.

Turoperatorlar tomonidan bajarilayotgan tijoriy charter qatnovlari chipta narkhlari haqiqatdan ham charter repatriasiya reyslariga nisbatan qimmat. Mazkur tijoriy charter qatnovlari chipta narkhlarining qimmatligi aynan qaysi omillar bilan bogliqligi yuzasidan bir necha bor malumot berilgan.

О нас

Яна маълумот

Uzbekiston bilan Yaponiya urtasida soliq sohasidagi konvensiya kuchga kirmoqda

Hozirda ikki davlat urtasidagi mazkur sohadagi munosabatlar SSSR hukumati va Yaponiya hukumati urtasida 1986 yil …