Главная / Jahon / Bu kurashda golib bulmaydi. AQSh–Khitoy ziddiyati – II Sovuq urush ibtidosimi?
<

Bu kurashda golib bulmaydi. AQSh–Khitoy ziddiyati – II Sovuq urush ibtidosimi?

Vashingtonda anchadan beri aksilkhitoy kayfiyati qora bulut singari izgib yuribdi. 21-asrning bu ikki yirik derjavasi urtasidagi darz ketgan munosabatlarni pandemiya yana ham sovuqlashtirdi, deb yozadi The Washington Post.

Foto: Reuters

Tramp ungchilardan bulgan Fox Business telekanaliga bergan intervyusida AQSh pandemiyadan sung Khitoy bilan aloqalarni «butkul uzishi» mumkinligini takidladi. Oq uy rahbari bu ikki davlatning uzaro savdo masalasida bir tukhtamga kela olmayotgani bilan bogliqligiga ishora qilgan.

«Pandemiya negizidagi iqtisodiy talafot AQSh uchun Khitoy orqali utuvchi global taminot zanjiridan ajralib chiqish zaruratini kursatdi», degan Qushma Shtatlar prezidenti.

Bu borada Tramp yolgiz emas – uning ittifoqdoshlari aksilkhitoy masalasida yanada qatiy pozisiya kursatishmoqda. Respublikachi senatorlar pandemiyani ilk bosqichlarida yashirgani uchun Khitoyni jazolashni kuzda tutuvchi qonun qabul qilish va sanksiyalar qullashni taklif etyapti.

Khorijlik jurnalistlar akkreditasiyasini diplomatik uyinlarning bir qismiga aylantirgan Pekinga javob sifatida AQSh Davlat departamenti ham shtatlarda faoliyat kursatayotgan chinlik jurnalistlarning vizalariga cheklovlar kiritdi.

Oq uyning anonim amaldorlari AQShning Khitoy oldidagi qarz majburiyatlari haqida ogiz ochmaslik uchun OAV vakillariga tahdid qilishgacha borgani aytilmoqda. Ekspertlar bunday harakatlar AQShning khalqaro maydondagi obrusiga putur etkazadi, deya baholashmoqda.

Aksilkhitoy kayfiyati har doimgidan ham kuchaygan

«Katta yigirmalik»ning 14-sammiti. Osaka, Yaponiya
Foto: CNBC

2005 yildan beri aksilkhitoy kayfiyatni urganib keluvchi Pew Research Center’ning aprel oyida utkazgan tadqiqotiga kura, amerikaliklar hozirda Khitoyga nisbatan har doimgidan ham kuproq salbiy munosabat bildirmoqda.

Vashingtondagi norozilik kayfiyatida prezidentlik saylovi yilidagi uzgarishlarning ham ulushi bor – Tramp va respublikachilar koronainqirozni boshqara olmayotgan administrasiyadan diqqatni chalgitish uchun harakat qilayotgani kurinib turibdi.

Ammo kuplab demokratlar, khususan, prezidentlikka nomzod, sobiq vise-prezident Jo Bayden ham aksilkhitoy kayfiyatining yuqoriligicha qolishi tarafdori kurinadi.

Boshqa davlatlar, jumladan, Osiyodagi derjavalar ham Khitoyga ochiqdan-ochiq qarshi turish yulini tanlashmoqda. Bu esa Khitoyda tarikhan chet davlatlarning sovuq munosabati natijasida shakllangan milliy ruhni yanada kuchaytiryapti kholos.

Vashington va Pekin rasmiylari Sovuq urush boshlanishiga qarshi ekanliklarini qayta-qayta takrorlashsa-da, geosiyosiy shamollar aynan Sovuq urush tomonga qarab esmoqda.

«Sovuq urush bu – AQShga khos mentalitet, deya tanqid qiluvchi Khitoy hukumati vakillari aslida ikki mamlakat urtasidagi raqobat va mafkuraviy kurashni tukhtatishni istashmaydi, balki Amerikaning Pekin rejalariga khalal bermasligi kerakligini nazarda tutishadi», deb yozadi Axios jurnalisti Betani Allen-Ebrakhimyan.

Khitoy razvetkasi hisoboti

Reuters’ning yozishicha, Khitoy davlat khavfsizligi vazirligi oliy hukumatga taqdim etgan hisobotda Pekinga qarshi shakllanayotgan – qisman AQShning ham hissasi bulgan global salbiy munosabat haqida bayon qilingan.

Hisobotda Khitoyga nisbatan munosabat 1989 yilgi Tyananmen voqealaridan beri eng yomon darajaga chiqqani haqida ogohlantirilgan.

Tyananmen voqealari – 1989 yil Pekinning Tyananmen maydonida asosan talabalar ishtirokida utkazilgan norozilik aksiyalari va ularning shafqatsiz bostirilishi. Namoyishni bostirish uchun harbiylar ishga solingan, bir necha ming nafargacha qurbonlar bulgani takhmin qilinadi.

Hisobot mazmunidan khabardor bulganlardan birining aytishicha, uning khulosa qismida AQSh Khitoydagi kommunistik partiyani qulatish niyatida ekani, Amerika Chin davlatini iqtisodiy va khavfsizlikka tahdid sifatida kurishi takidlangan.

Reuters manbasiga kura, Khitoy razvedkasining ayrim vakillari ushbu hisobotni «Novikov telegrammasi»ning khitoycha versiyasi sifatida baholamoqda.

SSSRning 1946 yilda AQShga yuborilgan elchisi Nikolay Novikov Amerika iqtisodiy jihatdan khavfliligi, uning ikkinchi jahon urushidan keyingi harbiy ishtiyoqi haqida uz mamlakatiga yozib yuborgan edi.

Novikov telegrammasi va amerikalik diplomat Jorj Kennanning Moskvadan Vashingtonga yuborgan «Uzun telegramma»si (unda diplomat AQSh hukumatini SSSR bilan hamkorlik qilib bulmasligidan ogohlantirgan) — 20-asr okhirigacha AQSh-SSSR raqobatining yunalishini belgilab bergan ikki muhim hujjatdir.

Ekspertlar hozir AQSh-Khitoy munosabatlarida ham shunga ukhshash, balki ayni shunday holat ruy berayotganini takidlashmoqda.

Bu urushda golib bulmaydi

Foto: Financial Times

«Bunday atamaning qullanilishi odamlar uchun yoqimsiz bulishi mumkin, lekin tan olishimiz kerak – bu yangi Sovuq urushning boshlanishi. Ehtiyot bulmasak, hammasi yanada yomonlashishi mumkin», dedi Oq uyning sobiq savdo vakili Klit Villems CNBC’ga.

«Mohiyatan, biz Sovuq urush arafasida turibmiz. Khitoy bilan munosabatlar tobora ziddiyatli tus olib bormoqda», deydi Nyu-Yorkdagi Osiyo jamiyati qoshidagi Khitoy-AQSh munosabatlarini urganish markazi direktori Orvill Shell.

Vashingtonda bir guruh siyosatchilar AQShning Khitoyga nisbatan harbiy ustunligi susayib (balki mutlaqo yuqolib) borayotganidan khavotirda.

Pekinda esa Tayvanni tiklash uchun harbiy hujum boshlash ehtimoli haqida avvalgiga qaraganda ochiqroq gapirila boshlandi.

Harbiy nizolar kuzatilmayotgan bulsa-da, ammo bu ziddiyat ikki mamlakatning bir-biriga uzviy bogliq bulgan iqtisodiyotlari uchun qimmatga tushishi tayin.

Khitoy 20 yilcha avval Jahon savdo tashkilotiga qushilish orqali eksportga asoslangan qudratli iqtisodiy derjavaga aylangan va bu globallashuvning ulkan muvaffaqiyati sifatida baholangan edi. Ammo endilikda Tramp va uning ittifoqchilari Khitoyning JSTga qabul qilinishi katta khato bulganini qayd etib, bu khatoni «tuzatishga» harakat qilishmoqda – JSTning ahamiyatini tushirishga astoydil urinishmoqda.

«Bu burondan sung yomonlashayotgan munosabatlarni qayta tiklash qiyin kechadi. Strategik raqobat doimo ustuvor paradigma bulib qolgan. Hamma gap bu raqobatning doimiy va mutlaq dushmanlik shakliga utish-utmasligida», deydi Berlindagi Merkator Khitoy tadqiqotlari instituti ijrochi direktori Mikko Khuotari.

Bunday tarang uyin kayfiyatida ikki tomon ham galaba qozona olmaydi.

«Vashington va Pekinda kechayotgan goyaviy urushlarga qaramay, AQSh ham, Khitoy ham bu inqirozdan zaif holatda chiqadi. Bu achchiq haqiqat», deya fikr bildirgan Avstraliya sobiq bosh vaziri Kevin Radd.

О нас

Яна маълумот

safrovnov

Safronovning advokatlari tergov sirini oshkor etmaslik tugrisida tilkhat imzolashdan bosh tortdi

«Roskosmos» rahbarining davlatga khiyonatda ayblanayotgan maslahatchisi, jurnalist Ivan Safronovning himoyachilari tergov sirini oshkor etmaslik tugrisidagi …