Главная / Jamiyat / Bu kunlar ortda qolgach, qalbimiz, vijdonimiz ochilishi kerak – Rahmatulloh Sayfuddinov
<

Bu kunlar ortda qolgach, qalbimiz, vijdonimiz ochilishi kerak – Rahmatulloh Sayfuddinov

Bu kunlar ham tarikhga aylanadi, in shaa Alloh, biroq bundan saboq olishimiz kerak. Yullar ochilsa, bogchalar, maktablar, talim dargohlari, masjid-u madrasalar ochilsa-yu, qalbimiz, vijdonimiz ochilmasa, uzimiz vabo bulib qolmaymizmi? «Mirzo Yusuf» jome-masjidi imom-khatibi Rahmatulloh Sayfuddinov Kun.uz mukhbiri bilan suhbatda istigfor qilish zarurligini bildirar ekan, shunday fikrlarni ham bayon qildi.

«Utgan juma gayrioddiy juma buldi. Juma kuni juma namozi yuq, masjidlar bor, namozkhoni yuq. Azon aytildi, ammo iqomat aytilmadi. Minbarlar bor-u, khatiblar maruza qilmagan kun buldi. Lekin, shu juma kunida ham onlayn maruzalar qildik. Musulmon kishining shunday kunlarda bajarishi zarur bulgan amallar haqida malumotlar bermoqdamiz, har khil duolarni berib bormoqdamiz. Quroni Karimda hazrati Nuh alayhissalomning qavmidan Alloh taologa shikoyat qilgan oyatlari kelgan.

Hazrati Nuh aytayaptilar: «Men qavmimga aytdim: Robbingizga istigfor ayting. Robbingiz gunohlarni kechirguvchidir. Robbingiz, istigfor aytsangiz, yordam beradi, farzandlar beradi, yomgir yogdiradi, boylik beradi, ocharchilikni kutaradi», degan oyatlar kelgan. Nuh alayhissalom qavmida befarzandlik kupaydi, qurgoqchilik kuchaydi, ocharchilik va hakazo vaqtda, najot nimada, degan savolga javob tariqasida istigforga buyurdilar.

Vatandoshimiz Imom Nasafiy rohmatullohi alayhning tafsirlari bor, “Madorikul Tanzil” degan. Nasafiy hazratlari mazkur oyatlar tafsirida aytadilarki, Hasan al-Basriy roziyallohu anhuning huzurlariga odamlar shikoyat qilib keldilar: bizda farzand tugilmayapti, deganlarida, istigfor aytinglar, dedilar. Yana bir jamoa kelib, yomgir yogmayotganidan, qurgoqchilikdan shikoyat qilganlarida, istigfor aytishni buyurdilar, uchinchi jamoa turli kasalliklar tarqaganini aytishganida, istigforni amr qildilar, boshqa bir jamoa boglar qurib qolayotgani, ocharchilik bulayotganini bildirishganida, istigfor aytinglar, dedilar.

Shunda shogirdlari, turli shikoyat bilan kelganlarga bir khil narsani tavsiya qilganlarida, Hasan al-Basriy roziyallohu anhu mana shu oyatni uqiganlar.

Balo kutariladi, in shaa Alloh, masjidlarimiz ochiladi, bogcha, maktab institutlar ochiladi, samolyotlar ucha boshlaydi, Makka-Madina ochiladi. Bu holatlar tarikh bulib qoladi.

Ammo, shuncha narsa bulishi barobarida bizning kuzimiz ham ochilishi kerak. Agar hamma narsa ochilsa-yu, kuzimiz ochilmasa, qalbimiz, vijdonimiz ochilmasa, bu er uchun bizning uzimizdan yomonroq vaboning uzi qolmaydi. Biz uzimiz vabo bulib qolamiz», – deydi Rahmatulloh qori Sayfuddinov.

О нас

Яна маълумот

UM90Er-7vqwzNPNvUZG85qWM_KoupSHs

Qozogistonda 15 kishi alkogoldan zaharlanib uldi

Polisiyaning malumot berishicha, vafot etganlar besh litrli plastik idishlarda bulgan alkogol mahsulotidan zaharlangan. Foto: Vladislav …