Главная / Madaniyat / Bo’yida bo’lish va homilaning rivojlanishi

Bo’yida bo’lish va homilaning rivojlanishi

Tabiatning jinsiy yaqinlikdan kuzda tutgan maqsadi yangi hayotning dunyoga kelishini taʼminlashdir. Qanday qilib insondan inson paydo buladi? Yorug’ dunyoni ko’rgunicha u qanday yashaydi?

Homilaning paydo bo’lishiga sabab – urug’lanishdir. U jinsiy yaqinlik natijasida ayol tuxum hujayrasining erkak pusht hujayrasi – spermatozoid bilan qushilib ketishi (singaliya) oqibatida yuzaga keladi. Qinga tushgan spermatozoidlar bachadon buyni orqali bachadon bo’shlig’iga, so’ngra tuxum yuliga utib, shu erda jinsiy yaqinlikdan 1,5-2 soat o’tgach, tuxum hujayra bilan to’qnash keladi.

273074

Tuxum hujayraning po’sti hisoblanadigan yupqa pardani teshib, faqat bitta spermatozoid (eng kuchlisi) ichkariga utib oladi; spermatozoid yadrosi va tuxum hujayra bir-biriga 9 – Xotin-qizlar entsiklopediyasi ko’shilib ketadi (bu vaktda tuxum hujayrada shunday murakkab o’zgarishlar yuz beradiki, natijada, boshqa millionlab spermatozoid o’tolmay halok bo’ladi) va urug’lanish (singaliya) sodir bo’ladi.

Dastlab urug’langan tuxum hujayra (zigota) faqat mikroskoplardagina ko’rinadigan juda kichik tomchi holida bo’ladi. Bachadon nayining tulqinsimon kisqarishi tufayli urug’langan tuxum bachadon bushlig’i tomon surilib boradi. Ayni vaqtda urug’langan tuxumda bo’linish jarayoni boshlanadi: avval ikki nimtaga
ajraladi, ularning har biri o’z navbatida yana bo’linaveradi. Shunday qilib, bitta tuxum hujayrasidan shaklan diametri 1,5 mm li tut mevasiga o’xshab ketadigan sharsimon tanani hosil qiluvchi behisob hujayralar paydo buladi. Mana shu bir talay hujayralardan asta-sekin juda murakkab yo’l bilan tabiatning eng ajoyib tuhfasi – homila, odam pushti (homila tuxumi) hosil bo’ladi. U embrion ichida  rivojlanib boradi. Aytish kerakki, homilaning eng murakkab, eng sirli davri ham aynan ana shu davr. Hech bir ayol o’z ichida kechayotgan bu murakkab jarayonlarni his qilmaydi, qachon homilador bulganini ham aytib bera olmaydi.

Bachadon bushlig’iga tushgan homila tuxumi 6-8 kunda bachadon shilliq pardasiga payvandlanib o’rnashib oladi va homiladorlik (bo’yida bo’lish) vujudga keladi. Homiladorlik 9 oy-40 hafta yoki 280 kun davom etadi va bolaning tug’ilnshi bilan yakunlanadi.

Homiladorlik vujudga kelib, homila shakllana boshlagan paytdan ayol organizmida ham tegishlicha uzgarishlar jarayoni kechadi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, homila ona qonidan kislorod va oziq moddalarini (oqsil, yog’, uglevod, suv, vitaminlar, gormonlar, mineral tuzlar) oladi. Homiladorlikning 4-oyi boshida platsenta, yaʼni yuldoshning tarkibiy qismi – bola urni hosil bo’ladi. Homila uzun  chilvir ipga o’xshash (taxminan 50 sm) kindik orqali platsenta bilan tutashadi.
Kindikdan qon tomirlari o’tadi, platsenta esa bachadon devoriga urnashgan bo’ladi. Ona organizmi bilan homilaning platsenta orqali bog’lanishi bola tug’ilgunga qadar davom etadi. Mubolag’a qilmasdan aytish mumkinki, tug’ilajak bolaning rivojlanishi va salomatligi platsentaning to’g’ri tuzilishi, shakllanishi (kattaligi, kalinligi, to’liqligi) va faoliyatiga bog’liq. Platsenta murakkab kimyo laboratoriyasi vazifasini bajaradi, unda ona qonidan keladigan oziq modda bir sidra «qayta ishlanib», bolaga utadi. Platsenta ayni vaqtda homilani har turli noxush tashqi taʼsirlardan saqlab turadigan o’ziga xos to’siq vazifasini ham bajaradi.
Homilador ayollar turli dori-darmonlarni faqat shifokorning ruxsati bilan va  uning nazorati ostida qabul qilishlari va har xil infektsiyalardan saqlanishlari lozimligini homila boshlanishidanoq ularga tushuntirib boriladi. Sababi platsentaning tanlov qobiliyati ancha past. U ona organizmiga tasodifan tushib kolgan begona moddalarni ham onadan homilaga o’tkazib yuborib, unga ziyon etkazishi mumkin. Platsenta deyarli barcha kimyoviy va dorivor moddalarni, ko’p virus va mikroblarni o’tkazib yuboradi. Bola tug’ilgandan keyin platsenta bachadon devoridan ajraladi va kindik, homila pardalari bilan birgalikda tug’uruk yo’llari orkali tashkariga chiqadi.

Homila kun, hafta, oy sayin o’sadi va rivojlanadi. 18-kundayoq mo’ʼjizaviy tomchining shakli o’zgara boshlaydi, u torayib chuziladi. Unda asab, qon ishlab beruvchi yurak-tomir, hazm qilish, chiqarish va boshqa aʼzolarning kurtaklari hosil bula boshlaydi va yurakka o’xshash narsa vujudga keladi. Bu mittigina «tana»da tomir ura boshlaydi. Yana 8 kun o’tgach, tomchi ikki baravar uzayadi, uning yuzasida juda kichkina bo’rtmachalar bilinib turadi, keyinchalik ular quloq, iyak, umurtqalarga aylanadi.

Homilaning ikki oylikkacha bo’lgan rivojlanish davri embrional davri deyiladi. 2 oylikda homilaning bo’yi 3 sm, massasi 11 g bo’lib, sut emizuvchilardan farq qilmaydi – kuzlari yirik, bosh suyagi katta, ko’rinishi balikni eslatadi. Homila sekin-asta odam qiyofasini ola boshlaydi. 11 haftadan sung uvoqqina odam organizmi shakllanadi. Homilaning azo va sistemalari hamda platsenta etilib boradi va mukammallashadi.

Ona homilaning harakatini birinchi homiladorlikda 20-haftadan seza boshlaydi. Homila qisqa-qisqa turtkilar yoki muskullarni qo’zg’atib yuboradigan darajada o’zini rostlash, kerishishga uxshash qattiq harakatlar qiladi. Shuningdek, homilaning yurak urishini ham eshitish mumkin; u onaning yurak urishidan deyarli ikki baravar tezroq uradi. Lozim bo’lsa, 5-6 haftalik homilaning yurak urishi  maxsus apparatlarda aniqlanadi. 5 oylik homilaning quloqlari yaxshi eshita boshlaydi, u faqat onaning yurak urishinigina emas, balki hali o’zi kurmagan, bilmagan sirli tashqi dunyodan eshitilayotgan qattiq ovozlarni ham ajrata olish qobiliyatiga ega. Uning ham o’ziga yarasha tashvishlari bor: onasi harakat qilayotgan vaqtda behosdan nozik tanasi kisilib shikastlanmasligi uchun mahkam o’rnashib olishga ulgurishi kerak; ona dam olayotgan paytda erkin bulishi, qo’l-oyoqlarini bemalol yozib olishi mumkin.

Homiladorlikning oxirida homilaning buyi 50 sm va undan ortiq, og’irligi 3200-3500 g (baʼzida undan ham ortiq) buladi. Shuni ham taʼkidlash lozimki, to’ng’ich boladan ko’ra, keyingilarida homilaning vazni og’irroq bo’ladi, 5-6-boladan so’ng yana kichiklashadi. Tug’ilajak bolaning o’zi yorug’ dunyo yuzini ko’rishga astoydil tirishadi, kuniga 200 dan ortiq harakatlar qiladi, endi qo’l-oyoqlarini qimirlatish bilan chegaralanib qolmay, ag’darilib ham turadi. Ichaklar, buyrak, meʼda ishlab turadi, terisining rangi uzgarib, burishganlari tekislanadi. Go’yo hamma harakatlari bilan «Qani nimam meni odamga o’xshamaydi», deyayotganday. O’xshashligini isbotlash maʼnosida barmog’ini so’radi, hiqichoq tutadi. Bu homila uchun eng masʼul davr hisoblanadi.

Homilaning bachadonda qanday joylashuvi hammani qiziqtiradi. Bachadonda homila har tomondan o’ziga xos qobiq bilan o’ralgan bo’ladi.

Uni o’rab turadigan «qog’onoq suvlari» deb ataladigan sarg’ish rangdagi suyuqlik tashqaridan bexosdan bo’ladigan zarblarga to’siq bulib, homilaning vaziyatini o’zgartirib turishga imkon beradi, qindan infektsiya kelib tushishdan saqlaydi. Qog’onoq suvi oqsil, tuzlar, mikroelementlar, yog’lar, qand, gormonlar, fermentlardan iborat. Bunday tuzilma homilaning o’sishi uchun qulay sharoit yaratadi,  tashqi g’ayriixtiyoriy shikastlardan saqlaydi, unga harakatlar qilishga imkon beradi. Taxminan homiladorlikning 30 32-haftasiga qadar homila bachadonda uz holatini osonlik bilan uzgartira oladi, keyinchalik esa harakatlar sustlashadi.
Homiladorlikning oxiriga kelib homila ona tanasiga nisbatan bo’ylamasiga holatda joylashgan bo’lib, uning bo’ylama markazi bachadon bilan ona tanasining markaziga muvofiq keladi. Homiladorlikning oxirida 99,5% homila boshi pastga qaragan tik holatda bo’ylama holatini oladi va bu normal holat hisoblanadi.
Homiladorlikning 36-haftasida qorindagi bola shu qadar katta bo’lib qoladiki,  bachadon bo’shlig’ida bor gavdasi bilan harakatlana olmaydi, shuning uchun u uzgarmas vaziyatni egallaydi. Ko’pincha bolaning boshi pastga qaragan, dumbasi tepada, qullari tirsaklaridan bukilib, ko’ksiga qovushtirilgan, oyoqlari chanoq-son bug’imi hamda tizzalaridan bukilib, tanasiga taqalib, engagi kukragiga tegib turadi, natijada, bachadon bo’shlig’iga bemalol joylashib olgan tuxumsimon tuzilma vujudga keladi.

Bachadonda bolaning boshi yuqoriga, dumbalari esa pastga qaragan holatda yotishi kamdan-kam uchraydigan hodisa. Shunday bo’lgan takdirda tug’uruq vaqtida homilani to’g’ri holatga o’nglash uchun shifokorning yordami kerak bo’ladi. Homilaning holati, qaysi tomoni bilan yotganini mutaxassis shifokor ko’rib biladi,  noaniq hollarda esa ultratovush yoki rentgenografiya tekshiruvida aniqlanadi hamda zarur choralar ko’riladi.

Яна маълумот

e-relationship-png-image_11534498

Homiladorlik belgilari

Homiladorlik ayol uchun tabiiy holatdir. Bu davrda bachadonda yangi inson hayoti rivojlanadi. Shuning uchun bu …