Главная / Jamiyat / Bukhoroda koronavirusdan ilk ulim qayd etildi. Uzbekistonda koronavirus qurbonlari soni 23taga etdi
<

Bukhoroda koronavirusdan ilk ulim qayd etildi. Uzbekistonda koronavirus qurbonlari soni 23taga etdi

Shofirkon tumanida yashagan, 21 iyun kuni koronavirusdan zararlanish tashkhisi bilan Bukhoroda shifokhonaga yotqizilgan ayol olamdan utdi. Bu ushbu viloyatda koronavirusdan ilk ulim holati, Uzbekistonda esa 23-ulim buldi.

Sogliqni saqlash vazirligi Bukhoroda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor utkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etgani tugrisida khabar berdi.

«Bukhoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi, 1962 yilda tugilgan M.S. koronavirus infeksiyasida gumonlanib, joriy yil 21 iyun kuni tuman tibbiyot birlashmasidan viloyat yuqumli kasalliklar shifokhonasiga olib kelingan.

U «Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kasalligi, semizlik 3-darajasi, upka arteriyasi tromboemboliyasi. Nafas etishmovchiligi 3-daraja» tashkhisi bilan reanimasiya bulimiga yotqizilgan.

Bemor (ayol) bundan avval, sunggi 8 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, arterial gipertoniya, yurak etishmovchiligi tashkhisi bilan davolanib yurgan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli Bukhoro viloyatidagi shifokorlarimiz bilan bir qatorda mamlakatimizdagi shu sohaga ikhtisoslashgan tibbiyot muassasalarining mutakhassislarining ham nazoratida bulib, ular ishtirokida konsiliumlar utkazib kelingan.

Biroq mutakhassislarimizning standartlar asosida utkazgan reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor utkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi», deyiladi Sogliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bulimi khabarida.

28 iyun kuni Toshkentda ikki kishi koronavirus tufayli vafot etgani, ulardan biri shifokor bulib, khizmat vaqtida virusga chalingani khabar qilingandi.

Shu vaqtgacha Toshkentda 13, Namanganda 4, Samarqandda va Surkhondaryoda 2tadan, Fargonada bitta ulim ruy bergandi.

О нас

Яна маълумот

dLLhg50oON4cg96alIOAFc_PvUhNwvQg

Qashqadaryoda taksi faoliyati ham taqiqlanishi mumkin, Kitobdagi post tuliq yopiladi — Zoyir Mirzaev viloyat ahliga murojaat qildi

Bugun, 9 iyul kuni Koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash …