stansiyaBugun, 17 dekabrda rossiyalik fazogir Anton Shkaplerov hamda yaponiyalik va amerikalik astronavtlar Norishige Kanai va Skott Tingl Boyqungir kosmodromidan Khalqaro koinot stansiyasi tomon “Soyuz MS-07” kemasida parvoz qiladi.

“Soyuz MS-07” kemasi orbitaga “Soyuz-FG” raketa tashuvchisi yordamida olib chiqiladi. Raketaga Toshkent vaqti bilan soat 12:21da start beriladi.

14 dekabrda KhKSdan uch fazogir: rossiyalik Sergey Ryazanskiy, NASA va EKA azolari Rendolf Breznik va Paolo Nespoli Erga qaytishgandi.

Hozirda stansiyada rossiyalik Aleksandr Misurkin va NASA astronavtlari Mark Vande Khay va Jozef Akaba qolgan. Ular keyingi ekspedisiya kelguncha stansiyada ishlashni davom ettirishadi.