Главная / Jamiyat / «Bu erda minglab uzbek shifokorlari bor» – Yamanda khususiy klinika ochgan uzbekistonlik jarroh bilan suhbat
<

«Bu erda minglab uzbek shifokorlari bor» – Yamanda khususiy klinika ochgan uzbekistonlik jarroh bilan suhbat

Uzbekistonlik shifokorlar dunyoning turli nuqtalarida faoliyat yuritadilar. Kimdir malaka oshirish ilinjida, kimdir khorijni kashf qilish uchun, yana kimdir uz yurtida qadr topmaganidan uksib olisga yul olgani hech kimga sir emas.

Illyustrativ foto / REUTERS

Kun.uz sayti mushtariylari uchun turli davlatlarda ishlayotgan uzbekistonlik shifokorlar bilan turkum suhbatlar uyushtirishni maqsad qildik.

Dastlabki suhbatdoshimiz – samarqandlik shifokor, ayni paytda Yaman davlatida ish olib borayotgan jarroh-urolog Ulugbek Turaev.

– Assalomu alaykum, Ulugbek aka. Dastlab uzingiz haqingizda ozgina malumot bersangiz.


Ulugbek Turaev

– Vaalaykum assalom. Men 1990-1996 yillar oraligida Samarqand davlat tibbiyot institutida uqiganman, 1998 yilgacha klinik ordinatura utab, jarroh-urolog mutakhassisligini olganman. Ammo Uzbekistonda soham buyicha kup ishlash nasib qilmadi. Uzimning fikrimcha, diplomim va qobiliyatim yirik klinikalarga mos bulsa-da, ishga kirish uchun suralgan pulni topib bera olmaganim uchun olishmagan.

Bu har qanday yosh mutakhassisga juda ogir botadi. Ota-onamiz 6-8 yil uqitib diplomli qilganlaridan keyin ham ularga yana qandaydir kharajatni yuklash nihoyatda qiyin. Uzi biz uqigan yillar iqtisodiy jihatdan murakkab davrlar edi.

Ruzgor tebratish uchun tumanlarda ishladim, boshqa ishlar bilan shugullandim va okhir-oqibat khorijga junashga qaror qildim.

– Nega aynan Yaman davlatini tanlagansiz va qancha vaqtdan buyon u erda faoliyat yuritasiz?

– Tugrisini aytganda, usha paytda menda u qadar katta tanlov ham bulmagan. 2012 yilga kelib hayotda nimanidir keskin uzgartirish kerakligini anglab etganman. Tumanda ishlab yurardim, olgan maoshim, topganim ruzgorimga arang etardi. Turmush urtogim akusher-ginekolog, uzim jarrohman. Lekin usib kelayotgan farzandlar kelajagini uylasam, hadikka tushardim.

Uzi uzbekistonlik, umuman sobiq ittifoqlik shifokorlarning Yamanga borib ishlashlari uzoq yillik tarikhga ega. 2000-yillarda bu tendensiya keskin kuchayib ketdi va minglab shifokorlar yoppasiga junay boshladilar. Bu borada aniq statistika yuritilmasa kerak, lekin turli malumotlarga kura, bu davlatda 10-15 ming uzbekistonlik shifokor bor. Umuman, Yaman tibbiyoti asosini sobiq ittifoq davlatlari mutakhassislari tashkil qiladi, desam adashmayman.

Khullas, tanish-bilishlarning tavsiyalariga kura 2012 yilda turmush urtogim bilan shu davlatga etib keldik va ish boshladik. Ayolim 2 yilda ortga qaytdi, men hamon shu erda ishlayapman.

– Uzbekiston va Yaman tibbiyoti urtasidagi tafovutlar yoki ukhshash jihatlar qanday?

– Yaman juda qashshoq, muttasil urushlardan tinkasi qurigan va tibbiyoti rivojlanmagan davlat. Shunga qaramay shifokorning hurmati joyida. Mana shu urinda galati paradoksga etibor bering – shuncha khorijlik mutakhassislar uzluksiz qiyinchiliklarga qaramay bu davlatni tashlab ketishmaydi. Chunki mehnatining samarasini kuradi.

Yuqorida aytganimday, bu davlat tibbiyoti asosan khorijiy mutakhassislarga suyanib qolgan. 30 mln aholi yashaydigan yirik davlatda tibbiyot yunalishida sanoqli OTMlar bor va ulardagi qisqa muddatli talimda terapevtik mutakhassislar tayyorlanadi. Barcha etakchi va tor mutakhassislar – khorijliklar.

Uzbekiston tibbiyotiga men baho bermaganim maqul, lekin sunggi yillardagi ijobiy uzgarishlar bir kun kelib samarasini berishiga umid qilaman. Sababi, uzimning ham farzandlarim shu sohani tanlashgan va ularning kelajagi meni qattiq uylantiradi.

– Sir bulmasa, oyiga qancha daromad qilasiz va uning qanchasi kharajatlarga ketadi?

– Buning hech qanday sir joyi yuq, qancha daromad qilsam, halol mehnatim orqasidan qilaman. Hammasi mutakhassisligingiz va ishdagi kursatkichlaringizga bogliq. Dastlab kelgan, yollanib ishlagan paytlarimda oyiga 2 ming AQSh dollari atrofida daromad qilganman. Keyinchalik vaziyatga moslasha borish natijasida alohida klinika ochish fikri tugilgan va juda qiyinchilik bilan maqsadimizga erishdik.

Yamanning Al-Dala viloyati Damt shahrida yurtimiz timsoli ularoq «Samarqand» nomli khususiy klinika ochdik va bu klinikamiz bu davlatga kirib kelgan juda oz sonli khorijiy investisiya mahsuli sifatida Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Yani shu davlatda ishlaganlarimni yana shu erning uziga sarflab uz ishimni yulga quydim.

Hozir oylik daromadim 4-5 ming dollar atrofida. Bu mablagning ham asosiy qismini klinika rivoji uchun sarflayapman. Shakhsiy kharajatlarim katta emas – oyiga 300 dollar bemalol etadi.

– Uzbekistonga qaytishdan sizni nima tusib turibdi?

– Korrupsiya va mehnatga yarasha haq tulanmaslik khavfi. Masalan, mendan 0,5 stavkaga ishga kirishim uchun ancha katta pora surashgan. Hozir bu muammolar ancha jilovlandi.

Oddiy hisob kitoblarga qarang – shifokor 2 mln sum maosh oladi, farzandining kontrakti esa 12 mln sum. Khush, u nima qilishi kerak?

Mening ikki qizim kontrakt asosida uqishyapti, ularni turmushga chiqarishim kerak, uglim ulgaymoqda. Olgan maoshimga tirikchilik qilib, farzandlarimni taminlay olamanmi?

Khususiy tibbiyot masalasini ham uylab kurganman – Yamandagi klinikamiz darajasidagi uskunalar bilan jihozlash Uzbekistonda kamida ikki karra qimmatga tushadi, samaradorlik esa ikki barobar past. Akhir bu narsalarni hisobga olmaslik mumkin emas-ku.

Lekin yuqorida aytganimday, prezidentning sohaga etiboridan men ham umid qilyapman. Uzim bu davlatda ishlayversam ham, farzandlarim Uzbekistonda uz urinlarini topishlarini istayman. Akhir hech narsa vatanga, yaqinlaring bilan yashashga etmaydi.

– Koronavirus sharoitida Yaman tibbiyoti qanday ishlamoqda? Siz uzingiz bu kasallikka qarshi kurashga jalb qilindingizmi yoki qaytish fikri tugilmadimi?

– Bu kasallikka qarshi kurashishga davlat shifokhonalari jalb etilgan. Bizning klinika asosan jarrohlik yunalishida ishlaydi. Hatto hududga koronavirus kirib kelsa, klinikani vaqtincha yopish haqida vazirlikka ogohlantirish khati berdim. Davlat tibbiyoti bu kasallik bilan kurashda qator qiyinchilikka uchrayotganini aytishim mumkin.

Koronavirus pandemiyasi tufayli uzbekistonlik shifokorlar uyga qaytmoqchi bulganliklariga kelsak, Yamanda Uzbekiston elchikhonasi yuq, zarur holatlarda Saudiya Arabistonidagi elchikhonaga murojaat qilish mumkin. Lekin kupchilik Moskvadagi elchikhona orqali ishga kelishadi.

Ayni paytda oz sonli qaytmoqchi bulganlar elchikhonalarga murojaat qilayotganlaridan khabarim bor. Ammo hozir qaytib ketish juda qiyin buladi, chunki pandemiyaga qadar ham Yamanga kirib chiqishlar oson bulmagan. Shunga qaramay, juda kupchilik, jumladan men ham qolib ishlashni davom ettirish niyatidamiz.

– Mumkin bulsa, bu davlatdagi faoliyatingizga doir va Uzbekiston uchun noodatiy bulgan biror qiziq voqeani suzlab bersangiz.

– Bu erdagi faoliyatim Uzbekiston uchun butunlay noodatiy desam ishonavering. Yamanda davlat qonunlari Uzbekistondagiday ishlamaydi, asosiy masalalar qabilalar oqsoqollari, shaykhlar, badavlat insonlar tomonidan hal qilinadi. Qabilalar urtasida turli ziddiyatlar muntazam sodir buladi va ushanday kunlari sutkalab operasiyalar qilgan paytlarimiz bulgan.

Shunga qaramay, shifokorlarga nafaqat tegishmaydi, balki katta-yu kichik hammasi hurmat qilishadi. Bu yurtning odamlari uchun elkasiga avtomat osib yurish mutlaqo oddiy holga aylangan. Ana shunday jihatlari solishtirilsa, Uzbekistondagi tinchlik qanday ulug nemat ekani anglanadi.

О нас

Яна маълумот

uH1YB77CSVKXNoocvl81EUWqU6ggplOb

Uyda davolanayotgan bemorlar uchun makhsus mobil guruhlarning vazifalari belgilandi

2 iyul kuni «Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash va kasallik tarqalishini oldini olish borasida …