Главная / Siyosat / Bosh prokuror Uzbekistonda sunggi ikki yilda necha nafar rektor jinoyat sodir etganini malum qildi
<

Bosh prokuror Uzbekistonda sunggi ikki yilda necha nafar rektor jinoyat sodir etganini malum qildi

18 yanvar kuni Bosh prokuraturada bosh prokuror Nigmatilla Yuldoshev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish buyicha Respublika Idoralararo komissiyasining kengaytirilgan yigilishi bulib utdi.

Videoselektor tarzida utkazilgan yigilishda oliy talim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish ahvoli va qonuniylikni taminlashga doir masalalar muhokama qilindi. Bosh prokuror Nigmatilla Yuldoshev kun tartibidagi masala yuzasidan maruza qildi.

Bosh prokuror uz maruzasida oliy talim sohasida korrupsiya tarqalgan yunalishlarni sanab utdi.

Jumladan, korrupsiya holatlari, asosan, talabalik safiga qabul qilish, uqish jarayonida topshiriladigan turli sinovlar, talabalarning bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertasiyasini tayyorlash va himoya qilish, magistraturaga qabul, shuningdek, talabalarning uqish joyini kuchirish, uqish yunalishini uzgartirish hamda uqishga qayta tiklashda korrupsiya holatlari kuzatilayotganligi kursatildi.

Yigilishda sunggi ikki yilda tizimdagi 326 nafar khodim talim jarayoni bilan bogliq jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilganligi, ularning 220 nafari kollej va liseylarga, 106 nafari oliy uquv yurtlariga tugri kelishi tanqid ostiga olindi.

Institut va universitetlarning jinoyat sodir etgan khodimlaridan 3 nafarini rektorlar, 5 nafarini prorektorlar, 15 nafarini dekan va dekan urinbosarlari, 62 nafarini uqituvchilar tashkil etadi.

Kollej va liseylarda esa, 34 nafar direktor, 31 nafar direktor urinbosari, 94 nafar uqituvchi jinoyatga qul urgan.

Takidlab utish joizki, Korrupsiyaga qarshi kurashish buyicha Respublika Idoralararo komissiyasining navbatdagi kengaytirilgan yigilishiga, sogliqni saqlash sohasi buyicha yigilishdan farqli ularoq, ommaviy akhborot vositalari khodimlari, khususan, internet nashrlar vakillari chaqirilmadi.

О нас

Яна маълумот

Uzbekistondagi koronavirus bemorlari haqida yangi malumotlar berildi

Sogliqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan bemorlar buyicha qushimcha malumot berdi. Sogliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan …