Главная / Siyosat / Bosh prokuratura piyoz mojarosi buyicha javobgarlikka tortilgan bozorqumlar ishini izohladi
<

Bosh prokuratura piyoz mojarosi buyicha javobgarlikka tortilgan bozorqumlar ishini izohladi

Yunusobod dehqon bozori” rahbarlari O.Mustaev va B.Yusupov tomonidan – takhminan 800 mln. sum, shuningdek, “Toshkent oziq-ovqat zakhira” davlat unitar korkhonasi direktori R.Rasulov tomonidan – 3,9 mlrd. sum miqdorida etkazilgan zarar miqdori qoplangani inobatga olinib, ularga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bogliq bulmagan ehtiyot chorasi qullanildi. Ish buyicha tergov davom etyapti.

piyozBosh prokuratura tomonidan Toshkent shahridagi Savdo, khizmat kursatish sohasi va khalq istemol mollari ishlab chiqarish departamenti va «Bek tupi savdo kompleksi», «Chorsu buyum savdo kompleksi», «Chilonzor buyum savdo majmuasi», «Urikzor savdo kompleksi» bozorlari, «Eski Juva dehqon bozori», «Yunusobod dehqon bozori» dehqon bozorlari va «Sergeli avtotransport va ehtiyot qismlari bozori» mansabdor shakhslariga nisbatan jinoiy ish tergov qilinmoqda.

Bosh prokuratura matbuot khizmatiga kura, iqtisodiyot asoslariga qarshi qator jinoyatlar sodir etgan 7ta bozor rahbarlariga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Khususan:

– sifatsiz tovarlarni sotib olish va ularni yuq qilishga yul quyish bilan davlatga 27,7 mlrd. sum miqdorida zarar etkazilishi;

– bozorlar hududida pullik khizmatlar kursatilishidan tushgan 3 mlrd. sumdan ortiq mablagni inkassasiya qilmaslik yuli bilan uzlashtirish;

– qayd etilmagan va noqonuniy qurilmalar (omborlar va engil konstruksiyalar) faoliyatidan tushgan 2 mlrd. sumdan ziyod mablagni uzlashtirish;

– savdo nuqtalari faoliyatidan olingan ijara tulovlarini topshirmaslik yuli bilan 1 mlrd. sumdan ortiq davlat mablaglarini ugirlash;

– savdo nuqtalarini realizasiya qilishda tadbirkorlardan 2 mingdan 5 ming AQSh dollarigacha miqdorda noqonuniy pul mukofotlarini olish.

Ushbu holatlar buyicha Savdo va bozorlar departamentining mansabdor shakhslariga Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan (Uzlashtirish yoki rastrata yuli bilan talon-toroj qilish: a) juda kup miqdorda; b) uta khavfli residivist tomonidan; v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini kuzlab; g) kompyuter tekhnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan bulsa, — eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha akhloq tuzatish ishlari yokhud besh yildan un yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) ayblov quyildi va ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qullanildi.

О нас

Яна маълумот

w4QIgR6aJi8RNqe3HweFLpunTd6lPfeI

«Toshkentda 5 bolali oila 2,5 mln sum oylikka yashay oladi» – KhDP lideri istemol savatchasi haqida

Siyosiy partiyalar rahbarlari urtasidagi «Demokratik debat» tok-shousida istemol savatchasi mavzusi ham kutarildi. Bu haqda Kun.uz …