Главная / Texnologiyalar / Boshlanmagan “Khavfsiz shahar” loyihasi uchun tadbirkorlardan videokameraga pul undirilmoqda
<

Boshlanmagan “Khavfsiz shahar” loyihasi uchun tadbirkorlardan videokameraga pul undirilmoqda

9 NINE shirkati rahbari uz kompaniyasi mahsulotining tadbirkorlarga majburan sottirilaëtganini inkor qilishga urindi.
9 NINE shirkati rahbari uz kompaniyasi mahsulotining tadbirkorlarga majburan sottirilaëtganini inkor qilishga urindi.

Toshkent shahar Chilonzor tumanida faoliyat yuritaëtgan unlab khususiy tadbirkordan “Khavfsiz shahar” loyihasi doirasida kuchalarga urnatilishi lozim videokuzatuv uskunalari (videokameralar ) haqini tulash suralmoqda.

Uzbekiston buylab amalga oshirilishi kutilaëtgan “Khavfsiz shahar” loyihasi boshqaruvchisi esa¸ loyiha byudjetida mablagning qaerdan olinishi aniq kursatilgani va hali boshlanmagan bu loyiha uchun tadbirkordan pul undirish qonunga zid ekanini bildirdi.

Soliq va prokuratura khodimlari bu malumotni matbuotga bildirgani uchun uz biznesini yuq qilib yuborishidan chuchigan tadbirkor¸ videokameralar ishlab chiqarish va urnatish buyicha Toshkentdagi etakchi shirkatlardan biri – 9 NINE khodimlari dukonma-dukonma dukon yurib¸ “Khavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirish uchun 600-800 ming sumdan pul berishni talab qilaëtgani¸ bermaganlarga esa¸ “soliq inspeksiyasidan juda muloyim¸ ammo kesib oladigan tarzda ilmoqli” eslatma bulaëtganini bildirdi.

Ozodlik boglangan 9 NINE rahbari bu iddaoni inkor qilishga urindi va uz khodimlari khususiy tadbirkorlardan videokamera uchun pul talab qilmaëtgani¸ balki “bunday kameralarni sotib olishni tavsiya qilaëtganini” bildirdi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi mulozimi¸ bunday jaraënning¸ Toshkent shahar prokurorining urinbosari buyrugi bilan Chilonzor tumanida boshlangani va har 25 metr metrga khavfsizlik kamerasi urnatish vazifasi¸ asosan¸ 1-qavatda joylashgan dukonlarga yuklatilganini tasdiqladi.

Tadbirkor shikoyati

“Toshkent shahrida (anigi, Chilonzor tumani va bilishim buyicha, boshqa tumanlarda ham) tadbirkorlardan majburiy tarzda «kucha khavfsizligiga» degan iddao bilan kameralar urnatish uchun pul yigib olish tadbiri ketayotganini malum qilmoqchiman. Avval kameralarni urnatuvchi korkhona vakillari kirib gaplashmoqda, norozi bulganlarga soliq inspeksiyasi vakillari kirib, tahdidga yaqin muomalada bulib, bermaslik mumkinmasligini, aks holda prokuratura vakillari kelishi mumkinligi haqida aytib, salkam 100$ pul miqdori yuklanmokda. Asos keltirishni surasak, Vazirlar Mahkamasining «Khavfsiz shahar» proektini rukach qilishmoqda. Biroq bu farmonda kameralar byudjet hisobidan quyiladi¸ deb aytib utilgan. Shundoq ham bir yildan beri umumsavdoning keskin tushib ketishi ortidan ziyonda bulib turgan KUPGINA dukonlarga bu ogirlik qilayapti”¸ deyiladi Chilonzor tumanidagi ayrim tadbirkorlar nomidan Ozodlikka yuborilgan khabarda.

Bu khabar ortidan Ozodlik¸ Chilonzor tumanidagi katta kuchalardan birida joylashgan ayrim dukon egalari bilan boglandi.

Ular utgan haftadan boshlab videokamera urnatuvchi shirkat khodimlari dukonma-dukon yurib¸ pul suraëtganiga oid tafsilotlarni aytib berdi.

“Utgan hafta uzini “9 NINE degan shirkat khodimiman” degan yigit kelib¸ “har 25 metrga kuchaga qaratilgan videokamera urnatamiz¸ 25 metrda joylashgan dukonlarga bulsak¸ har bir dukonga 600-800 mingdan tugri kelayapti¸ shuni tulang” dedi. Qaysi asosda biz tulashimiz kerak¸ desak¸ tepasiga farmoyish¸ deb ëzilgan bitta qogozni birrovga kursatdi va darrov qaytarib oldi. Unda Vazirlar Mahkamasi¸ prokuratura¸ soliq degan suzlarga kuzim tushdi. Chilonzor tumanida 652 ta joyga quyilishi kerak videokamera haligacha urnatilmagan¸ shular tezda quyilsin¸ degan mazmunda ekan. Unda na imzo¸ na muhr bor. Makhsus¸ videokameralar puli tadbirkordan undirilsin¸ degan joyni qidirdim¸ lekin topolmadim. Aytilgan pulni tulang¸ bulmasa¸ uzingiz bilasiz¸ degan qabilda yumshoq gapirib¸ chiqib ketishdi. Ikki kuncha oldin soliq inspeksiyasidan telefon qilib¸ kamera uchun pulni tulab quyishni eslatishdi. Qupollik¸ oldingidaqa pupisa bulmadi¸ lekin gapning manosidan¸ “tulaysan¸ tulamaslikning iloji” yuq¸ degan mazmun kelib chiqadi”¸ dedi Ozodlik gaplashgan toshkentlik tadbirkorlardan biri.

Toshkentlik tadbirkorlar¸ pulning naqdda talab qilinaëtgani va buncha pul tulangani biror shaklda rasman aks etmaëtganini qushimcha qildi

9 NINE rahbari inkori

Bu malumotni urganish jaraënida Ozodlik khavfsizlik uskunalari ishlab chiqarish va urnatish bilan shugullanuvchi 9 NINE shirkatining bir necha khodimi va rahbari bilan gaplashdi.

Khususiy shirkat vakillarining qaysi qonuniy asosda boshqa bir khususiy tadbirkor-dukondor oldiga borib¸ kuchaga quyiladigan videokamera uchun 800 ming sumdan pul suraëtganiga oid savolga¸ shirkat khodimlaridan biri “Uzbektelekom” bilan shartnoma borligini¸ ikkinchisi esa¸ Toshkent shahar hokimligi utkazgan tenderda yutib chiqqanini tilga olish bilan javob berishga urindi.

Shirkat rahbari esa¸ bu malumotni “provokasiya va buhton” sifatida rad etishga urindi.

“Biza kamera quyamiz¸ khavfsizlikni taminlaymiz kuchalarda¸ ishimiz shu. Evaziga pul olamiz. Torgoviy agentlarim yuradi mahsulotni predlagat qilib¸ kharidor uz khohishi bilan biz bilan ishlaydi¸ khohlamasa¸ boshqasi bilan ishlaydi. Bizani qulimizdan kelmaydi majburlash. Agentlarim bunaqa demagan”¸ – dedi Ozodlikka duq-pupisa ohangida gapirgan 9 NINE rahbari.

“Agentlaringiz dukonma-dukon yurib¸ tadbirkordan videokamera uchun 600-800 ming sumdan beringlar deb yurganini inkor qilasizmi-yuqmi?”¸ degan savolga:

-Talab qilaëtganimizni inkor qilaman¸ tavsiya qilaëtganimizni inkor qilmayman¸ – degan shirkat rahbari bu “tavsiya”ning “Khavfsiz shahar” loyihasiga aloqasi yuqligini iddao qildi.

Soliq inpeksiyasi 9 NINE inkorini inkor qildi

23 noyabr kuni Ozodlik mukhbiri Chilonzor tumanidagi khususiy tadbirkorlarni videokamera uchun pul berish shartligidan ogohlantirgani aytilgan Davlat soliq qumitasining Toshkent shahri masullaridan biri bilan gaplashdi.

Bu malumotni tasdiqlagani faoliyatiga salbiy tasir kursatmasligi uchun shakhsi ochiqlanmaëtgan mulozim¸ chilonzorlik tadbirkorlar yuborgan malumotni tuligicha tasdiqladi.

“Ikki haftacha bup qoldi – Toshkent shahar prokurorining urinbosari shu masalada makhsus majlis utkazdi. Unda turtala sektor vakillari qatnashdi. Khavfsizlik kameralari urnatish jinoyatchilikni kamaytirishini¸ shuning uchun hamma joyga urnatilishini tezda taminlashni aytdi. Prokuror majlisga 9 NINE shirkati boshligini olib keldi va hammaga shu bola kechikaëtgan videokameralarni tez va arzon urnatib beradi¸ dedi. U bola chiqib (ismi Anvar shekilli)¸ bitta kamera 300 ming sum turadi¸ meniki Toshkentda eng arzon¸ degandaqa gap qildi. Prokuror hamma uz sektorida tezda videokamera urnatilishini taminlasin”¸ deb buyruq berdi. Sektorimizda shu ishni qilayapmiz hozir”¸ – dedi soliq inspeksiyasi mutasaddisi.

Videokameralar pulini kim tulaydi?

Bu savolga soliq mulozimi¸ ochiq-oydin qilib¸ “davlat emas¸ balki aholi va tadbirkorning uzi”¸ deya javob qildi.

“Butun mamlakat buyicha urnatiladi kameralar¸ davlatning bunga puli bormi? Videokamera bulsa¸ odamlarning¸ tadbirkorning uziga yakhshiku! Shunga prokuror¸ domlarning hamma tomoniga urnatiladigan kameralar pulini domda yashovchilardan¸ yul buyidagi dukonlar oldiga quyiladiganlarni¸ dukonchilardan undirishni buyurdi. Ularga hech kim pupisa qilmayapti. Yakhshilik bilan tushuntirayapmiz”¸ – dedi soliq mulozimi.

Ayni paytda bu rasmiy¸ “khususiy tadbirkorda bu talabga yuq deb javob berish imkoni yuqligini” etirof etdi.

Ozodlik bilan suhbatda mulozim¸ prokuror talab qilaëtgan videokameralar urnatish jaraënining “Khavfsiz shahar” loyihasiga aloqasi bormi¸ degan savolga tasdiq javobini berdi:

“Bu kameralar joylardagi milisiya tayanch punktlariga ulanadi¸ ularni IIB khodimlari distansionniy kuzatib turadi. Bu “Khavfsiz shahar” loyihasi doirasida tuziladigan markazlashgan khavfsizlik tizimiga ulanadigan videokuzatish uskunalari buladi”.

“Khavfsiz shahar” loyihasi mutasaddisi izohi

Uzbekiston prezidenti 2017 yil 29 avgust kuni imzolagan “Akhborot-kommunikasiya tekhnologiyalari sohasida loyihalarni boshqarish tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari tugrisida”gi qarorga asosan Akhborot tekhnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziriligi “Khavfsiz shahar” kompleksini yaratish buyicha loyiha ustida ish boshladi.

Kuchalarga IIV tizimiga ulangan markazlashgan videokuzatish uskunalari urnatish¸ ana shu loyihaning bir qismidir.

23 noyabr kuni Ozodlik gaplashgan mazkur loyihasi mutasaddilari¸ “Khavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirish Toshkent shahar Shayhontohur tumanida joriy hafta sinov tariqasida boshlangani va bu jaraënda videokameralarni aynan qaysi shirkat urnatishi buyicha tender hali utkazilmaganini bildirdi.

Shayhontohur tuman buyicha pilot loyihani kuni-kecha boshladik. Bu loyiha byudjeti himoyasida qatnashganman¸ prezidentimizning qarori asosida 35-40 milliard sum qilib belgilangan¸ istochnigi aniq. Akhborot tekhnologiyalarini rivojlantirish jamgarmasidan olinadi¸ deb belgilangan va bu keyingi yil loyihasiga kiritilgan. Tuppa-tusatdan tadbirkorning oldiga borib¸ mana buncha pul berasan¸ degan gapni sizdan eshitib¸ hayron bup turibman.

Hali tekhnik topshiriq ishlab chiqilmagan – qaerga nimani quyib chiqish hali aniqlanmagan. U tayër bulganidan keyin¸ tegishli vazirlik-idoralar bilan kelishib¸ tasdiqlab¸ ana undan keyin konkurs-tender elon qilamiz. Hali u prosessga etib bormadik”¸ degan “Khavfsiz shahar” loyihasi mutasaddisi¸ qaysidir davlat tizimi hali boshlanmagan loyiha iddaosi bilan vaqtidan oldin videokameralar urnataëtgan bulsa¸ buning muammoli jihati borligini takidlaydi.

“Bu erda intergrasiya masalasi bor. “Khavfsiz shahar” butun respublikani uz ichiga oladigan bitta tizim buladi va quyiladigan kuzatuv uskunalari ana shu tizim bilan birlashib¸ ishlashi kerak. Bu quyilgan kameralar ertaga malumot uzatish¸ akhborot almashinuvida tizim bir-biriga tugri kelmasa¸ bu faqat qushimcha kharajat buladi“.

О нас

Яна маълумот

05-2

Apple pulsni ulchovchi va tez yordam chaqiruvchi “aqlli” adyolga patent oldi

Apple insonning yurak urishi, tana harorati va nafas olishi tezligini tahlil qiluvchi “aqlli” adyolga patent …