Главная / Jamiyat / Bolaning ilk qadamlari: qachon va qanday yordam zarur?
<

Bolaning ilk qadamlari: qachon va qanday yordam zarur?

Bir yarim yosh — kech degani emas. Sabr qiling.

 4xto-iv2cymv8m900j1cxh3xp5r1kdim

Bola qachon yurishi kerak?

Statistikaga kura odatda bolalar ilk qadamini 12 oyligida quyadi. Bu erda ahamiyat qaratish kerak bulgan suz — statistikada. Sizning yagonangiz esa boshqa davrda yurish huquqiga (pediatr va fiziologlar tomonidan tasdiqlangan) tuliq egadir.

Bu holatda meyor chegarasi bir muncha keng shakllangan — 8 oydan boshlab 1 yarim yilgacha.

Kuplab ota-onalar farzandlari boshqalarga nisbatan erta qadam tashlaganidan fakhrlanishadi. Buni khuddi bolalarining usishidan dalolat beryapti deb uylashadi. Ammo bu shunchaki ota-onalar izzattalabligini ovuntirish uchun uylab topilgan vaj kholos.

Bolaning ilk qadamlari va uning usishi, jismoniy yoki aqliy imkoniyatlari bilan bogliqligini khuddi uning burni shakli yoki soch rangi bilan aloqa kabi izohlash mumkin. Yani bunday bogliqlik yuq. Kimdir malla, kimningdir kuzlari yashil, kimdir esa 8 oyda mustaqil yurib ketadi.

Biroq birinchi qadamlar kechikkanda ogoh bulish kerakligiga oid aniq vaziyatlar ham bor.

Qachon khavotirlanishni boshlash kerak?

Birinchidan, soglom bola nima bulganda ham 20 oylikkacha ilk mustaqil qadamni quyishi kerak. Bu davrgacha bolalar etarlicha kuchga tulishadi va qadam tashlash ularda alohida qiyinchiliklar tugdirmaydi. Agar bola yurishni rad etayotgan yoki buni faqat boshqalarning yordami bilan bajarayotgan bulsa, uni pediatr kurigiga olib borish shart. Boshqa tor yunalishdagi mutakhassislarning qushimcha nazoratidan utish ehtimoli ham bulishi mumkin, masalan, ortoped yoki nevropatolog.

Ikkinchidan, umumiy holat ahamiyatli. Gap shundaki, agar bola yurmasa, ammo uning tayanch-harakat funksiyalari aniq rivojlanayotgan bulsa: bemalol agdariladi, utiradi, uyinchoqlarga tayana oladi, emaklaydi, yotoq devoriga turishga yoki divanga chiqishga harakat qiladi, qulidan ushlab turilgan holatda gayrat bilan sakraydi — bu bir masala. Uning harakat faolligi sizga yuqoridagi kabi etarli darajada kurinmasa, boshqa masala. Bu ham shifokor bilan qushimcha maslahatlashib olish uchun jiddiy sababdir.

Agar ushbu holatlardan hech biri sizga va sizning bolangizga aloqador bulmasa, biroz tinchlaning. Bola albatta bunga tayyor bulganini sezishi bilanoq yurib ketadi.

Bola qachon yurishi nimalarga bogliq?

Bu khuddi lotereyaga ukhshaydi. Hatto bolani tugilgan onidan boshlab kuzatgan va oilaviy anamnezini bilganida ham, hech qaysi pediatr aniq davrni oldindan aytib berolmaydi. Ammo takhmin qilishimizga imkon beradigan bazi qonuniyatlar mavjud.

Irsiyat
Agar ota yoki ona uz davrida erta qadam tashlab boshlagan bulsa, bola ham ushbu uziga khos khususiyatni davom ettirishi ehtimoli bor. Va shuning aksi. Agar, masalan, ota bir yarim yoshgacha emaklab harakatlangan bulsa, uning ugli aynan shu taktikani takrorlashi mumkin.

Vazn va tana tuzilishi
Nisbatan dumboq va ogir bolalar uchun oyoqda turish va muvozanatni ushlash ozgin va muskullari chiniqqan tengdoshlariga qaraganda qiyinchilik tugdiradi.

Bazi shakhsiy khususiyatlar
Oyoqda tik turish va ilk qadamni tayanmasdan bosish etarlicha tahlikali tadbir. Bazi bolalar «hovuzga bosh bilan» tamoyiliga binoan harakatlanadilar: ular divan yoki devorga tayanib turgan qullarini shunchaki bush quyishadi va nomalum tomonga qadam bosishadi. Albatta, yiqilishadi, bu bazida ogriq beradi, ammo yana harakat qilishadi. Ehtimol, khavfli khatti-harakatlarga moyillik ulardagi kharakterning bir qismi bulib, keyinchalik ham saqlanib qoladi.

Boshqa bolalar, aksincha, ehtiyotkorlik bilan harakat qilishadi — ular yurishadi, faqat avvaldan bu qiyinchilikni engib utishga ishonch hosil qilib olishadi.

Homiladorlik davomiyligi
Muddatidan avvval tugilgan chaqaloqlar qoidaga kura bir necha tengdoshlaridan sung yurishni boshlashadi.

Bola birinchi qadamini tashlashiga va ishonch bilan yurishni boshlashiga qanday kumak berish mumkin?

Bolani aniq bir muddatda yurishga majburlashning iloji yuq. Yurish oson kuringani bilan juda mushkul va quvvat sarflovchi jarayon: bir oyoqda butun muvozanatni ushlab turgan vaqtda ikkinchisi qadam tashlashi kerak. Bola organizmi bu bosqich uchun etilgan bulishi kerak. Ammo siz ham yordamlashishingiz mumkin. Tugri, birinchi qadamdan ancha oldin boshlashingiz kerak.

2 oylikda nima qilish kerak?
Takhminan shu davrda chaqaloqlar birinchi marta agdarilishni sinab kuradilar. Siz ushbu harakatni ragbatlantiring. Bolangizni tez-tez yorqin uyinchoqlar bilan uralgan khavfsiz yumshoq uringa yotqizing — ularga qarash va ushlab kurishga ishtiyoq paydo bulsin.

Bolangiz kuproq vaqtini yuztuban holatda utkazishiga etibor qarating. Boshni kutarish va atrofga qarashga urinishlar qadam tashlash vaqtida muvozanatga kumaklashuvchi muhim bulgan umurtqa va buyin mushaklarini mustahkamlaydi.

4-6 oylikda nima qilish kerak?
Bola utirishni va ehtimol, emaklashni urganadigan davr. Bolangiz dunyoni kashf etishi uchun joy hozirlang: bola kup vaqtini beshikda yoki manejda emas, polda utkazishiga imkon bering — bir necha yopinchiqlarni yoyib, uyinchoqlarni yotqizing. Narsalarni olishga harakat qilish kichik muskullar uchun ajoyib mashqdir.

6-8 oylikda nima qilish kerak?
Bola allaqachon ishonch bilan utirmoqda yoki emaklamoqda. Unga dinamikaga oid topshiriqlar bering: masalan, yorqin rangli sharni ushlab olish uchun er yuzasida dumalating. Bu kabi tup ovi vestibulyar apparat va koordinasiyani mashq qildiradi.

Khuddi shu maqsadga yunaltirilgan yana bir mashq kurinishi: bolani uzingizga teskari utirgizib, muloyimlik bilan tebrating.

8 oylikda nima qilish kerak?
Bola kuchga va qiziquvchanlikka tulib borishi bilan oddiy er yuzadan ajralishga moyilligi ortadi. Masalan, divanda yotgan uyinchoqqa intiladi, ota yoki onasining etagiga yopishadi.
Ushbu harakatlarni ragbatlantiring. Sevimli ayiqchalarni atayin kurinadigan joylarga quying. Bola utirganda khuddi uni chaqirganday buy balandligida qulingizni chuzing, uzingiz egilmasangiz u sizga intiladi.

Bola turishga tayyorligini sezishingiz bilan unga yordam bering. Sungra erga ehtiyotkorlik bilan qayta utirish uchun tizzalarni qanday bukish kerakligini kursating.

Bu davrda faqat oyoqda turib uynash mumkin bulgan mustahkam uyin maydonchasini sotib olish maqsadga muvofiqdir. Bu bolalar kup vaqtini tik turib utkazishiga turtki buladi.

9-10 oylikda nima qilish kerak?
Bolaga tayanmasdan turishni urgating. Hech bulmaganda bir-ikki soniya. Buning uchun u biror narsani ushlab turgan vaqtda yangi yoki sevimli uyinchogini ushlashni taklif qiling. Bu uni quli bilan tayanib turgan joyidan ajralishga majbur qiladi.

Bir nechta tadrijiy mashqlar: bolaga oyogida turishga yordam bering, keyin esa quliga tayanch sifatida plastmassa tayoqcha bering. Tayoqchani u joydan bu joyga quzgating — bola unga tomon harakat qilishni boshlaydi. Tayoqcha urnini kolyaska ham bosa oladi: sayr vaqtida uning bir chetidan ushlab, ehtiyotkorlik bilan yurishiga imkon bering.

Ogirlikka chidamli gildirakli uyinchoqlar ham yurishni urgatuvchi yakhshi mashq qilish apparati bula oladi (uyinchoq maysa qirqqichlar, aravachalar): ularning ortidan itara turib bolalar qadamba-qadam yurishni urganadilar.

10 oylikda va undan sung nima qilish kerak?
Bu davrda kuplab bolalar allaqachon yurib ketishadi. Ammo atrof olam ularni chuchitadi. Bolada «devor buylab» harakatlanish imkoni borligiga etibor qarating — yani kupi bilan har ikki qadam orasida tayanch nuqta bulsin. Bu bekhavotirlik hissini beradi.

Bolani ochiq olamga chiqishga majburlash uchun oddiy gimnastika halqasidan (obruch) foydalanish mumkin. Qul bilan suyanish imkonini qoldirgan holda uni bolaga kiydiring va halqani khona urtasiga torting. Bola chetlaridan ushlagan holda unga ergashadi.

Mutakhassislar mashhur «khodunok»lardan voz kechishni tavsiya qilishmoqda.

Birinchidan, bu kabi narsalar bolaning yurishga bulgan ishtiyoqini kamaytiradi: haqiqatan ham yurish nimaga kerak, akhir ushbu qulay bulmachada joyini uzgartirishni yakhshi biladiku?

Ikkinchidan, «khodunok»lar shunchaki khavfsiz emas. Ular kumagida bolalar bir necha soniya ichida ular uchun taqiqlangan joylarda paydo bulishadi. Misol uchun, pastga yunalgan zina oldida yoki ustida qaynoq ichimlik turgan stol atrofida. Kattalar buni nazoratda ushlashga doim ham vaqt topa olmaydilar.

Farzandingiz yurishga harakat qilayotganini anglaganingiz zahoti, tizza va kaftlaringiz bilan turing va atrofga uning kuz bilan boqing. Utkir qirralar, rozetka, anchadan beri tugrilashni niyat qilganingiz dasturkhon plyonkasi chetlari, tekislash takhtasidagi dazmol va shunga ukhshash narsalar — barchasi zararsizlantirilishi kerak.

О нас

Яна маълумот

Vqz88h_tXAvmjwi_ZSe6BV7A4APuteT9

Tadbirkor QQS tulashda qonunni buzsa, ruykhatga tushadi

Qushilgan qiymat soligi tulovchilarini davlat soliq khizmati organlarida ruykhatga olish endilikda qay tartibda amalga oshiriladi? …