boburTarikhiy manbalarda qayd etilishicha, Boburiylar davrida podshoh buyruqlari makhsus farmonlarda qayd etilib, “Farmoni oliy” deb atalgan. Farmonlarlarga quyiladigan muhrlar 5 khil bulib, turli maqsadlarda foydalanilar edi. Ulardan birinchisi amir va beklarga hamda arkoni davlatga unvonlar berish, lavozimlarga tayinlash, mukofotlash haqidagi hujjatlarga quyilgan. Ikkinchisi esa khorijiy davlatlar rahbarlariga yozilgan khatlar va boshqa diplomatik hujjatlarga quyilgan. Uchinchi muhr adliya ishlari borasidagi hujjatlarga bosilgan bulsa, turtinchisi saroy mamuriyati bulimlariga tegishli hujjatlarga va okhirgisi unchalik muhim bulmagan hujjatlarga quyilgan ekan.

Shu urinda aytish kerak-ki, yana bir uta makhfiy sanalgan muhr ham bulib, u uzuk muhr deyilgan. U eng ishonchli shakhslarda saqlangan. Ayrim shohlarning bu muhri ularning suyukli malikasida bulgan. Uta muhim farmonlar matnining okhirida mana shu muhr bosilgan ekan.

Manbalarda zikr etilishicha, Boburiylar davrida har hafta juma namozidan sung (ayrim manbalarda esa chorshanba kuni deyilgan) podshoh adliya ishlari bilan shugullanib, khalq bilan muloqot qilar, yani shikoyat va arzlarni eshitgan ekan. Bu marosimda jabrlanuvchilar saroy dorugasi hamrohligida podshoh oldida uz arzini bayon qilish imkoniyatiga ega bular, ularning shikoyatini podshoh kurib chiqib, odilona hukm chiqarar ekan.

Mashhur Hind tarikhnavisi Shri Ram Sharmaning yozishicha, “Boburiylar Hindistonga fotih sifatida kelgan bulsalar ham, ular qul ostidagi mahalliy hindlarning hurmatini qozona olganlar va ularga maqul bulgan anana va udumlarni yulga quydilar. Har kuni ertalab podshohning  “Jarohai darshon” marosimida fuqaro oldida kurinish berishi (salomga chiqishi), arzdorlarning podshoh qabuliga shikoyat bilan kira olish imkoniyatiga ega bulishi, mamuriy idoralar rahbarlari bajarishi lozim bulgan vazifalarning aniq va ravshan belgilab berilishi, mansabdor shakhsning uz vazifasini qay darajada halol bajarayotganini ommaviy tarzda nazorat qilib turilishi, hokimi mutlaq bulmish podshohning mamlakatni boshqarishdagi adolatli ishlaridir, deb qarash kerak”.