Главная / Siyosat / «Biz urush qonunlariga amal qilamiz». Trampning bayonoti kongress va Pentagonni tashvishga quydi
<

«Biz urush qonunlariga amal qilamiz». Trampning bayonoti kongress va Pentagonni tashvishga quydi

Pentagon rahbari Mark Esper AQSh prezidenti Donald Trampning suzlari yuzasidan etiroz bildirdi va amerikalik harbiylar Erondagi tarikhiy va madaniy obektlarga zarba berish niyatida emasligini malum qildi.

«Biz urush qonunlariga amal qilamiz», deya qayd etgan mudofaa vaziri. U Oq uy rahbarining bunday buyrugini bajarish harbiy jinoyat bulishini aytib utgan.

Amerika harbiylari rahbarining 6 yanvar kuni kechqurun Pentagonda utkazilgan brifingdagi kutilmagan bayonoti yana bir marta general Qosim Sulaymoniyning uldirilishi Vashingtonda navbatdagi siyosiy inqirozli holatni yuzaga keltirganini tasdiqladi.

5 yanvar kuni tongda Tramp tvitterdagi sahifasida Tehron amerikaliklarga yoki Qushma Shtatlar obektlariga hujum qilsa, Erondagi 52 ta obektga zarba berilishi haqida ogohlantirgandi.

«Bu ogohlantirish bulsin: agar Eron amerikaliklar yoki AQSh obektlariga zarba bersa, biz Eron tomonidan uzoq yillar avval garovga olingan 52 kishini ifodalovchi Erondagi 52 ta nishonni tanladik», degandi Tramp.

Eron TIV rahbari Muhammad Javod Zarif uning bu suzlariga javob qaytarib, AQSh prezidenti «qurqoqlarcha uyushtirilgan qotillik» bilan khalqaro huquq qoidalarini qupol ravishda buzgani, qizil chiziqlar deb ataladigan imperativ normalarni ham buzish bilan tahdid qilayotgani, Eronning tarikhiy va madaniy obektlariga beriladigan zarbalar harbiy jinoyatga teng ekanini bildirgandi.

Eron akhborot tekhnologiyalari vaziri Javod Ozariy Jahromiy bu suzlari uchun Trampni «kostyumdagi terrorchi» deb atadi, Eron qurolli kuchlari qumondoni Abdulrahim Musaviy esa AQShning bunday hujum uyushtirishga jasorati etishiga shubha bildirdi.

1954 yil qabul qilingan Haaga konvensiyasiga kura ham bunday hujumlar urush jinoyatlari deb baholangan.

Yakshanba kuni rojdestvo tatilidan Oq uyga qaytgan AQSh prezidenti Erondagi tarikhiy va madaniy obidalarga hujum qilish tugrisidagi suzlarini oqlashga urindi.

AQSh Fors kurfazi hududidagi harbiy qudratini oshirishga etibor qaratmoqda

«Ular bizning odamlarni uldirishi mumkin… Ularga biznikilarni qiynoqqa tutib, mayib qilishga rukhsat berilgan. Yul buyiga bomba quyib, odamlarni portlatishlariga rukhsat berilgan. Biz esa ularning madaniy obektlariga qul tekkiza olmaymizmi? Bunaqasi ketmaydi», – deya javob bergandi AQSh prezidenti Air Force One bortida turib jurnalistlarning savollaridan hayratlanib.

Trampning bunday tashabbusi Oq uy rahbarining eng sadoqatli tarafdorlari tomonidan ham tanqidga uchradi.

«Biz eronliklar va ularning madaniyati bilan urushmayapmiz. Bizda oyatulloh va uning atrofidagilarning goyasi bilan ziddiyat mavjud», degandi dushanba kuni nufuzli senator-respublikachi Lindsi Grem.

Shu kabi bayonotlar Kongressdagi boshqa respublikachilar tomonidan ham berildi.

Trampning mukholiflari nima demoqda?

Demokratlar eronlik generalni uldirish uchun prezident buyrugi bilan utkazilgan harbiy amaliyot buyicha javob tayyorladi.

Hafta boshida Demokratlar partiyasi vakillariga yullangan nomada Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi yaqin kunlar ichida prezidentning Eronga nisbatan harbiy harakatlar masalasidagi vakolatlarini cheklashga qaratilgan rezolyusiya buyicha ovoz berilishini vada qilgan.

Nensi Pelosining hisoblashicha, khorijdagi harbiy harakatlar masalasida Trampning vakolatini cheklash kerak

AQShda 1973 yilda qabul qilingan «Urush elon qilish huquqi haqida»gi qonunga kura, prezident mamuriyati Kongressni qurolli kuchlarni harbiy amaliyotga jalb qilish yoki kelgusi harakatlar haqida 48 soat ichida khabardor qilishi shart hisoblanadi.

General Sulaymoniyning ulimi haqidagi khabar esa qonunchilarga amaliyot utkazilgan kunning ertasiga etkazishgan. Trampning mukholiflari fikricha, bu orqali u qonunning bir qancha talablarini buzgan.

«Mutlaqo makhfiy» belgisi quyilgan prezident maktubida, demokratlarning tasdiqlashicha, bu amaliyotni utkazish uchun biror yuridik asos keltirilmagan.

Nensi Pelosi uz nomasida Bagdod aeroportidagi hujumni provokasion va nomutanosib deb atagan. Uning fikricha, Tramp qullayotgan choralar mintaqadagi AQSh harbiylarining khavfsizlik darajasiga salbiy tasir kursatadi.

Demokratlar tomonidan taklif etilayotgan rezolyusiyada agar Vakillar palatasi urush elon qilish masalasida boshqa qaror qabul qilsa, prezident mamuriyati Eron bilan munosabatlardagi dushmanona harakatlarini 30 kunga tukhtatib turishini nazarda tutadi.

Shuningdek, rezolyusiya demokrat Tim Keyn tomonidan Senatga muhokama uchun kiritilgan.

Ekspertlarning hisoblashicha, demokratlarning tashabbusi ikki palata tomonidan ham tasdiqlanishi dargumon. AQSh prezidenti mukholiflarining talablarini asossiz deb atagan va ularga tvitterdagi khabarlarini kuzatib borishni tavsiya qilgan.

«Bu tvit-khabarlar Qushma Shtatlar kongressi uchun malumot manbai bulib khizmat qiladi. Agar Eron AQSh fuqarosi yoki obektiga zarba berishni boshlasa, Qushma Shtatlar zudlik bilan bu hujumga qarshi javob qaytaradi. Bu mutanosib bulmagan tarzda ham bulishi mumkin», dedi Tramp.

Eron Trampning tahdidlariga qanday javob qaytarishi mumkin?

Qushma Shtatlarda Yaqin Sharqda keng kulamli urush boshlanishi tahdidini jiddiy kurib chiqishmoqda. Utgan dam olish kunlarida AQShning 80ga yaqin shahrida, jumladan, Vashington, Filadelfiya, Mayami, Chikago va San-Fransiskoda urushga qarshi namoyishlar bulib utdi.

Ekspertlar esa harbiy bayonotlarga qaramasdan, ikki tomon ham bugungi kunda harbiy harakatlar boshlashga tayyor emasligini aytishmoqda.

Sulaymoniyning ulimidan keyin Eronda Amerikaga qarshi kayfiyat sezilarli darajada kuchaygan

«Eron generali jahonning birinchi raqamli terrorchisi bulganini aytgan Tramp uchun bu impichment tufayli pasaygan reytingini kutarish uchun qilingan siyosiy yurish buldi. Mamlakatda bu yil yangi saylovlar bulib utadi, shu tufayli saylovchilarning etiborini qozonish kerak edi.

Eronda esa bugungi kunda Qushma Shtatlar bilan harbiy tuqnashuvga kirishish uchun na harbiy qudrat va na iqtisodiy imkoniyatlar bor», deydi Stoni Bruk universiteti professori Jonatan Sanders.

Pentagon rahbarining sobiq yordamchisi, hozirda Pensilvaniyadagi Bayden nomidagi universitetdagi markaz direktori Maykl Karpenter ham uning fikriga qushilgan.

«Yaqin Sharq, Evropa va AQShning uzida ham Amerika manfaatlariga qarshi kiberhujumlar, gibrid urush va terrorchilik aktlari sodir etilishini kutish mumkin, deb hisoblayman», deydi u.

Mutakhassislar Tehron geografik sabablarga kura AQShga qarshi tugridan-tugri hujum uyushtirishi imkonsiz deb hisoblashayotgan bulsada, eronlik harbiylar uchun mintaqada kuplab nishonlar mavjud.

Jumladan, Yaqin Sharqdagi Amerika bazalari va ulardagi amerikalik harbiylar. Rasmiy malumotlarga kura, bugungi kunda Yaqin Sharq mamlakatlari – Qatar, Saudiya Arabistoni, Iordaniya va Kuvayt hududida qariyb 68 ming nafar amerikalik harbiy joylashtirilgan.

Eron tasiri kuchli bulgan Suriya va Iroqda esa AQSh Qurolli kuchlarining 6 800 nafar harbiysi bor.

Amerikalik ekspertlar Tehron qatiy qadamlar tashlashini istisno qilgan holda, uz tasiri ostida bulgan jangari guruhlar vositasida Amerika obektlariga hujumlar uyushtirilishi mumkinligini takhmin qilishmoqda.

«Tugridan-tugri hujum uyushtirilishi AQShning keskin javob qaytarishiga olib keladi, Eron hukumati esa sunggi yillarda bunday choralardan qochishga harakat qilib kelmoqda. Shuning uchun, agar Tehron qandaydir javob qaytarmoqchi bulsa, bu javob AQSh bilan qariyb tenglik kuzatilishi mumkin bulgan kiberkenglik maydonida buladi», deydi harbiy tahlilchi Deniel Koyst.

О нас

Яна маълумот

jpaizdnqyNtax98OcVOyFqce-dO4xwY2

Jamshid Quchqorov Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga rasman tasdiqlandi

Jamshid Anvarovich Quchqorov Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambagallikni qisqartirish masalalari buyicha urinbosari – Iqtisodiyot va …