Главная / Siyosat / Biznes va boshqaruv oliy maktabi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga utkaziladi
<

Biznes va boshqaruv oliy maktabi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga utkaziladi

Korporativ boshqaruv sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilinadi.

Muhokama uchun elon qilingan prezident qarori loyihasiga kura, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va urta makhsus talim vazirligi va prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga utkazish hamda uni Biznes va korporativ boshqaruv oliy maktabi sifatida qayta nomlash tugrisidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Quyidagilar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Biznes va korporativ boshqaruv oliy maktabining asosiy vazifalari va faoliyat yunalishlari etib belgilanadi:

korporativ boshqaruv, loyiha boshqaruvi, menejment, khususiylashtirish, baholash faoliyati, davlat-khususiy sheriklik, komplaens va audit sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash;

khujalik yurituvchi subektlarning boshqaruv organlari azolari, khususan davlat ishtirokidagi korkhonalar, korporativ boshqaruv sohasidagi khujalik yurituvchi subektlar, fond bozori, moliyaviy hisobotning khalqaro standartlari, ichki nazorat, moliyaviy-iqtisodiy faoliyat tahlili sohalarida qisqa muddatli uquv kurslarini tashkil qilishni amalga oshirish;

aholining keng qatlami uchun ularning korporativ boshqaruv, minoritar aksionerlar huquqlarini himoya qilish, fond bozori sohalarida huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan imtiyozli shartlarda qisqa muddatli trening kurslarni tashkil etish;

kuzatuv kengashlarining mustaqil azolari va korporativ boshqaruv buyicha mutakhassislarning reestrini yuritish va ushbu sohada maqsadli kurslarni tashkil etish;

korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etishda uslubiy taminlash, shuningdek, ushbu sohada rahbar kadrlarni khalqaro talablar va standartlarga muvofiq ravishda tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilgor mamlakatlar, shu jumladan Janubiy Koreya, Singapur, Germaniya tajribasini joriy etish;

Oliy maktabni khalqaro miqyosda tan olingan 200 ta jahonning eng nufuzli biznes maktablari reytingiga kiritish choralarini kurish;

biznes va korporativ boshqaruv sohasidagi biznes maktablarining khalqaro reytinglarini olish uchun etakchi khorijiy talim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish;

davlat-khususiy sheriklik asosida “ikki diplom” (double degree) qushma dasturlarini amalga oshirish va IELTS, TOEIC, TOEFL va GMAT talablarini hisobga olgan holda ularga nomzodlarni saralashni yuqori darajada tashkil qilish.

Oliy maktabga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishgan holda:

magistrlarni tayyorlashning Davlat talim standartlari talablariga muvofiq professional boshqaruv kadrlari (menejerlari) uchun khalqaro miqyosda tan olingan biznes-talim dasturlari asosida uquv rejalari, dasturlari va magistratura mutakhassisliklarining malaka talablarini tasdiqlash;

jahondagi talim faoliyatiga doir eng namunali amaliyot va mehnat bozorining real talablarini hisobga olgan holda normativ va qisqartirilgan muddatlarda, ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda magistraturada uqishni tashkil etish, shuningdek, Oliy maktab dasturlari buyicha uqish uchun nomzodlarni tanlab olish mezonlarini belgilash;

Oliy maktab professor-uqituvchilari faoliyatining turlari buyicha vaqt meyorlarini, shuningdek, ular uchun cheklangan uquv yuklamasini belgilash;

Oliy maktab va uning filiallari tuzilmasi, shtatlar jadvali, khodimlari va jalb etiladigan konsultantlar (ekspertlar) mehnatiga, shu jumladan, soatbay haq tulash miqdori va tizimini belgilash huquqi beriladi.

Oliy maktabga:

a) pulli asosda:

zamonaviy standartlar va korporativ boshqaruv usullarini joriy etish, shuningdek seminar, trening va forumlarni, shu jumladan khalqaro miqyosda tashkil etishni uz ichiga olgan konsalting khizmatlarini;

khalqaro ilgor tajribalarni umumlashtirish asosida tegishli tavsiyalar berish bilan tashkilotlarda korporativ boshqaruv va menejment tizimlari diagnostika qilish buyicha khizmatlarini;

menejment tizimini takomillashtirish maqsadida qullanmalar va ichki korporativ hujjatlar namunalarini ishlab chiqishga;

b) Oliy maktab professor-uqituvchilari tarkibiga khorijiy etakchi oliy uquv yurtlarining yuqori malakali uqituvchilarini jalb qilishga rukhsat beriladi.

О нас

Яна маълумот

Uzbekistondagi koronavirus bemorlari haqida yangi malumotlar berildi

Sogliqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan bemorlar buyicha qushimcha malumot berdi. Sogliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan …