Главная / Jahon / «Biz aysbergning uchini kurib turibmiz». JSST rahbari koronavirus buyicha bayonot bilan chiqdi
<

«Biz aysbergning uchini kurib turibmiz». JSST rahbari koronavirus buyicha bayonot bilan chiqdi

JSST bosh direktori kelajakda koronavirusning Khitoydan tashqarida tarqalishi tezlashishi mumkinligini istisno etmadi va barcha mamlakatlar rahbarlarini uz hududlarida infeksiya paydo bulishiga tayyorgarlik kurishga chaqirdi

Foto: Aly Song/Reuters

Yangi 2019-nCoV koronavirusining tarqalishi bilan bogliq vaziyat mutakhassislar hozirgi kunda takhmin qilayotganidan jiddiyroq bulishi mumkin. Bu haqda Jahon sogliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus Twitter’dagi sahifasida yozdi.

JSST rahbarining takidlashicha, Khitoyda bulmagan kishilar tomonidan virusning yangi turini yuqtirish holatlari qayd etilgan. Uning fikricha, bu holatlar yuqumli kasallik boshqa mamlakatlarda ham keng tarqalishi mumkinligidan dalolat beradi. «Qisqacha aytganda, biz aysbergning uchini kurib turibmiz», – deydi Gebreyesus.


Tedros Adanom Gebreyesus
Foto: Salvatore Di Nolfi/AP/TT

Khitoydan tashqarida virusning tarqalish surati hozircha past darajada, ammo keyinchalik u tezlashishi mumkin, deya ogohlantirdi JSST rahbari. Gebreyesus barcha davlatlarni infeksiyaning kirib borishiga tayyorgarlik kurish uchun «imkoniyatlar darchasidan» foydalanishga chaqirdi. «Bu kasallikni laboratoriyada tezda tashkhislash imkoni, aloqalarni kuzatib borish va sogliqni saqlash arsenalida boshqa vositalarni uz ichiga olishni anglatadi», – deya qayd etdi Gebreyesus.

Hozirgi kunda koronavirus infeksiyasini samarali davolay oladigan preparat mavjud emas, deya ogohlantirgan JSST vakillari. Shu bilan birga, tashkilotda qayd etishlaricha, uz vaqtida yordam berish, shu jumladan, nafas olish va tugri parvarishlashda kumak kursatish bemorlarga asqotishi mumkin.

Ilgari nomalum bulgan koronavirus utgan yilning dekabr oyida Khitoyning Ukhan shahrida tarqalishni boshlagan edi. JSST sunggi malumotlariga kura, kasallanganlar soni 37 mingdan oshdi, ularning aksariyati Khitoyning materik qismida. Mamlakatdan tashqarida 307ta tasdiqlangan kasallanish holati qayd etildi. Virus tufayli kelib chiqqan pnevmoniya (zotiljam)dan 910 kishi, shu jumladan ikki kishi KhKhRdan tashqarida – Filippin va Honkongda vafot etdi.

Londondagi Gigiena va tropik kasalliklarni tadqiq qilish maktabi olimlari khulosasiga kura, dekabr oyi okhirida qayd etilgan koronavirusning tarqalishi fevral oyi ikkinchi yarmida eng yuqori darajaga etishi mumkin. Mutakhassislarning hisob-kitoblariga kura, qariyb 500 ming kishi kasallanadi.

Khitoy ayni vaqtga kelib yangi turdagi koronavirus tarqalishi oldini olish uchun 10,3 mlrd dollar mablag ajratdi.

О нас

Яна маълумот

f7bfQyknIvtl2VF4MhgVtaZ-kmVmHDFv

Berni Sanders AQSh prezidenti saylovida ishtirok etmaydi

Vermont shtati senatori, Demokratlar partiyasidan nomzod Berni Sanders AQSh prezidenti saylovida ishtirok etmaydigan buldi. Berni …