Главная / Madaniyat / “Biz kimmiz? Kimning avlodlarimiz?”

“Biz kimmiz? Kimning avlodlarimiz?”

haykalInsoniyat doimo borliqni urganishga, uni tadqiq etishga, tafakkur olamiga mavhum bulgan barcha sirlarni bilishga, jumboqlarni echishga, bir suz bilan aytganda ilm-fan ummonidan haqiqatlarni oshkor etishga urinib kelgan. Uz navbatida bunday olamshumul va buyuk hodisalarga sabab bulgan shakhslar necha asarlar utsa-da, hurmat va etibor bilan tilga olinadi.
Garbda Sokrat, Pluton, Aristotel, Gippokrat, Leonardo Da Vinchi, Isaak Nyuton, Galileo Galiley, Alfred Nobel, Gyote, Alberd Eynshteyn, Sharqda Ahmad Fargoniy, Muso Khorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Imom Bukhoriy, Jaloliddin Rumiy, Mahmud Zamahshariy, Firdavsiy, Ulugbek, Navoiy va boshqa kuplab allomalar dunyo-ilm fani rivojiga mislsiz khissa qushganlar.
Aytish joizki, azal-azaldan dunyo tamadduni sharq va garbning turli sohalardagi uzaro aloqalari, hamkorligi tasirida rivojlanib kelgan. Bir mintaqada porlagan quyosh shulasi ikkinchi mintaqaga tasir etmay qolmagan. Taraqqiyotning goh u, goh bu tomonga utishning sababi ham shunda!
Kuhna Sharq azaldan uz jozibasi, madaniyati va marifati bilan butun jahonni lol qilib kelgan, dunyoviy taraqqiyot va yangilanishlarga omil bulgan. Sharqning bitmas-tuganmas manaviy va ilmiy khazinasidan taralgan yogdu uz davrida Garb sivilizasiyasining yuksalishiga, u erda “Uygonish” davrlari vujudga kelishiga turtki bulgan. Evropa allomalaridan biri “Nur Sharqdadir” , deya lutf qilgani bejiz emas.
Uzbekiston zamini esa nafaqat Sharq, balki umumjahon tamaddunining beshiklaridan biri. Ushbu qadim va tabarruk zamindan buyuk allomalar, fozillar, olimlar etishib chiqqan. Ular matematika, geometriya, astronomiya, fizika, geografiya, falsafa, tarikh va boshqa kuplab fanlarni ulkan kashfiyotlari bilan boyitdilar, ilmiy va adabiy asarlari bilan jahon manaviyati va marifati ummoniga yangi ummon bulib qushildilar. Keling fikrimizni aniq dalillar asosida izohlasak. Al-Fargoniyning asosiy astronomik asari «Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi» XII asrda Ovrupo universitetlarida astronomiyadan asosiy darslik vazifasini utagan. Shuningdek, Ahmad Fargoniyning “Astronomiya asoslari haqida”gi kitobi 12 asrda lotin tiliga tarjima qilinadi va Evropada keng urganiladi. Buyuk ajdodimizning Erning ulchami va sharsimon ekani haqidagi ilmiy khulosalari Khiristofor Kolumb, Fernan Magellan va boshqa kuplab sayyohatchi-olimlarning geografik kashfiyotlariga turtki berdi.
Muhammad Muso al-Khorazmiyning ilmiy kashfiyotlarini ham iftikhor bilan tilga olish joiz. Muhammad al-Khorazmiy algebra fanining asoschisi. U arifmetikaga oid risolasida unlik sanoq sistemasiga “0” raqamini taklif etib, fanda katta burilish yasadi. Bugungi kunda Khorazmiyning ilmiy merosi jamiyat taraqqiyotining eng muhim omillaridan biriga aylandi, yani raqamli akhborotni qayta ishlash aynan shunga asoslanadi.
Abu Nasr Farobiyning ham dunyo ilm fani rivoji yulidagi khizmatini alohida etirof etish joiz. Manbalarga qaraganda, Farobiy 70 ortiq tilni uzlashtirgan, 160 ortiq asar yozgan. Takidlash lozimki, buyuk ajdodimiz urta asrlarda mukammal hisoblangan ilmlar tasnifini yaratdi va bu bilan urta asrlar ilm fanining keskin rivojlanishiga sabab buldi. Keyinchalik esa Farobiyning ushbu tasnifi barcha olimlar uchun qulanma vazifasini utadi.
Abu Rayhon Beruniy. Buyuk qomusiy olimning astranomiya, matematika, fizika, geografiya, geodeziya, mineralogiya, kartogarfiya, dorishunoslik, falsafa, tarikh, adabiyot va kuplab sohalariga oid 160 ga yaqin asarlari dunyo ilm-fani khazinasini boyitdi. Uz ilmiy khulosalari asosida birinchi bulib, Erning sharsimon globusini yasadi. Ayniqsa, buyuk geografik kashfiyotlardan ancha ilgari Tinch va Atlantika okeani ortida quruqlik mavjudligi, yani hozirgi Amerika qitasi haqidagi farazlari olimning salohiyati naqadar baland bulganidan dalolat beradi.
Etiborli jihati, Abu Rayhon Beruniy Erning kattaligini ulchashda yangi usul qullab, bir gradus meridian yoyning uzunligigini hisoblab chiqargan va Er kurrasi radiusining uzunligi (6315, 886 kilometr ekanligi)ni aniqlagan. Beruniy qayd etgan hisob kitob hozirgi vaqtda yuqori tekhnologiyalar asosida aniqlangan raqamlardan juda kam farq qilishi bilan muhim ahamiyatga ega.
Abu Ali Ibn Sino. Olimning tabobat olamidagi ilmiy merosi hanuzgacha olimlar tomonidan yuksak etirof etilmoqda. Boisi, alloma anatomiya, psikhologiya, terapiya, khirurgiya, diagnostika, gigiena, farmakologiya, patalogiya kabi tibbiyotning turli yunalishlariga yangi kashfiyotlar kiritib, yangi bosqichga kutardi. Ayniqsa, usimlik, hayvon va madanlardan olinadigan qariyb 800 dan ortiq dori-darmon tarifi va davo khususiyatlari bayon qilingan asari olimlar tomonidan mukammal majmua sifatida baholanadi. Ibn Sino simob, uning birikmalarini dori qilib ishlatishni birinchi bulib tavsiya etadi. Shunisi ahamiyatliki, Ibn Sinoning asarlarida hatto soch va tirnoqlarning kasalliklari va davolash usullari ham etibordan chetda qolmaydi.
Takidlash lozimki, buyuk bobomizning «Tib qonunlari» kitobi usha davrda Evropa shifokorlari uchun asosiy qullanma hisoblangan. Universitetlarda tibbiyot fani shu asar buyicha uqitilgan. Ibn Sinoning ilmiy merosi jahon madaniyati taraqqiyotida muhim rol uynaydi. “Uygonish davri” minatyura va suratlarida Ibn Sino Aristotel, Galen, Gippokrat, Ptolemey, Evklid bilan bir qatorda tasvirlangani ham shundan dalolatdir.
Mirzo Ulugbek bobomizning boy ilmiy merosi ham yuksak etirofga loyiq. Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulugbek mamlakatga 40 yil hukmronlik qildi. Uning astronomiya, matematika va tarikh ilmidagi khizmatlari esa butun dunyoda yuksak hurmat bilan tilga olinadi. Ulugbek Samarqand yaqinida observatoriya barpo etdi va uz shogirdlari bilan kuplab astronomik tadqiqotlar olib bordi. “Ziji Kuragoniy” nomli asar yozib, 1018 yulduzning samoviy jadvalini tuzdi va bu asar dunyo astranomiya ilmi rivojiga ulkan ulush qushdi.
Yurtimizdan dunyo adabiy khazinasini durdona asarlarga tuldirgan buyuk shoiru adiblar etishib chiqqan. Ana shunday shakhslardan biri buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiydir! Olimlar hisob-kitoblariga kura, Pushkin uz asarlarida 21197 ta betakror suz ishlatgan, Shekspir salkam 20 mingta, Servantes 10 mingtaga yaqin. 15- asr jahon manaviyatining buyuk siymosi Alisher Navoiy esa 1 million 378 ming 660 ta betakror suz ishlatgan. Boisi, buyuk bobomiz faqat turkiy emas, forsiy, arabiy, urdu, khitoy, mugul va boshqa tillardagi suzlardan ham mahorat bilan foydalangan. Navoiy ijodi umuminsoniy goyalar bilan sugorilgani bois, asarlarini uqigan har qanday inson uziga tanish tushunchalar bilan tuqnash keladi. Har satridan olam-olam manolar uqadi. Shoir uz asarlarida adolat, ezgulik, oqibat, tinchlik, ilm va boshqa umuminsoniy tushunchalarni tarannum etganki, mana necha zamonlar utsa-da, bu goyalar muhimligini yuqotgani yuq.
Uzbekiston 1991 yilda mustaqillikka erishgach, Prezident Islom Karimov rahbarligida khalqning azaliy qadriyatlariga, buyuk ajdodlar siymosiga, ular qoldirgan olamshumul merosga munosabat va etibor tubdan uzgardi. Kup asrlik ulkan va bebaho tarikhiy, ilmiy, madaniy khazinani tiklash, urganish, targib va tashviq etish, saqlash va sayqallash – davlat siyosati darajasiga kutarildi.

Khurshid Daliev

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …