Главная / Madaniyat / «Birovning tashvishi evaziga topilgan pul hech kimga buyurmaydi!» — Prezident chayqovchilarni tanqid qildi
<

«Birovning tashvishi evaziga topilgan pul hech kimga buyurmaydi!» — Prezident chayqovchilarni tanqid qildi

Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 18 mart kuni mahalla va oila masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishining boshida koronavirus tufayli yuzaga kelgan holat haqida gapirdi.

Davlat rahbari oziq-ovqat khavfsizligi, kasallikning tarqalishi oldini olish borasidagi vaziyat nazorat ostida ekanligini malum qildi.

«Prokurorlar yursin bozorlarda. Odamlar sezsin davlat nazorati borligini.

Bu nima degan gap, boshimizga kulfat tushgan vaqtda narkhni kutarish? Bugungi ogir kunlarda insofsizlarcha bozorlarda narkh-navoni kutarib yuborayotganlarga qarata aytmoqchiman: buyurmaydi! Birovning tashvishi evaziga topilgan pul hech kimga buyurmaydi», dedi prezident.

Davlat rahbari bu vaziyat hammani jipslashtirishi kerakligi, vahima kutarish emas, holatni tugri va sodda tilda tushuntirish maqsadga muvofiq ekanligi aytib utdi.

Yigilishda koronavirus tufayli Uzbekiston fuqarolari khorijda ishlash imkoniyatlarini ham yuqotganiga etibor qaratilgan.

«Dunyo davlatlari yopildi. Ochigini aytish kerak, shu paytgacha khorijga ish izlab chiqib ketayotgan fuqarolarimizni endi birov qabul qilmaydi. Vaziyatdan kelib chiqib, ularning bandligini taminlashimiz shart. Shu maqsadda aprel, may oylarida haq tulanadigan jamoat ishlariga ajratiladigan mablaglarni ikki barobarga oshirishni rejalashtiryapmiz», degan prezident.

О нас

Яна маълумот

LUTD0pUznvBSkUAIEyOwNPGqJB_f497Z

Qotilga aylanmang. Karantinga ketsangiz kartoshkalaringiz ham kerak bulmaydi

Birgina mavzu butun dunyodagi eng muhim jarayonlarni ham, muammolarni ham chetga surdi – koronavirus. Butun …