Главная / Siyosat / «Bir qopda 15 kg.gacha hosil olish mumkin» — qopda kartoshka etishtirayotgan andijonlik yosh tadbirkor
<

«Bir qopda 15 kg.gacha hosil olish mumkin» — qopda kartoshka etishtirayotgan andijonlik yosh tadbirkor

Andijon viloyati Qurgontepa tumani Sultonobod shaharchasida yashovchi yosh tadbirkor Rahmonberdi Rahimberdievning uch sotikh tomorqasi bor. Tomorqasining har qarichi esa hisobda. Unga turli ekinlar ekilib va qulbola issiqkhona ham qurilgan.

Rahmonberdi devor yonidagi ozgina bush joyda qop ichida kartoshka ham etishtirmoqda.

Tadbirkorlikka qiziqishini aytgan 18 yoshli Rahmonberdi asosan kuchatchilik bilan shugullanadi. Erta bahorga pomidor, bodring va karam kuchatlarini chiqarib, 1,5 million sum foyda kuribdi.

«Issiqkhonani ham uzim tol yogochlaridan yasaganman. Ichiga pomidor va bodring ekib, ertaki hosil etishtirdim. Natijada kuchatlar va tepasiga yopilgan plyonka kharajatlaridan tashqari, 1,5 mln sumdan ortiq foyda oldim.

Tomorqada bush joyning uzi yuq. Devor tagida ozgina er bor edi. Usha joyni tekislab, qopda 100 qop ichida kartoshka etishtirishga urindim. Bu uslub juda oz joyni egallar ekan. Kartoshka ekilgan qop ichiga tuproq, mahalliy ugit va yogoch qipigi solingan. Chumichlab suv quyib, parvarishlayapman.

Shu uslubda kartoshka etishtirgan dehqonlarning aytishicha, bitta qopda 15 kilogrammgacha kartoshka hosilini etishtirish mumkin. Agar men 100 qopning har biridan 8 kilogrammdan kartoshka olsam, khudo khohlasa, 800 kilogramm hosil buladi. Bozorda bir kg kartoshka narkhi 5 ming sum, bu esa qushimcha 4 million sum daromaddir», deydi 18 yoshli tadbirkor yigit.

Bizni yosh Rahmonberdining shijoati, yangilikka bulgan intilishi quvontirdi. Kelgusida etuk tadbirkor bulib, el-yurtga kup foydasi tegishini tilab qolamiz.

О нас

Яна маълумот

Uzbekiston yana karantinga qaytmoqda

Uzbekistonda epidemiologik vaziyat keskinlashgani sababli respublika buyicha karantin choralari kuchaytiriladi. Respublika makhsus komissiyasi qaroriga kura, …