Главная / Siyosat / Birgalikda Bukhoroga yordam beramiz — Kun.uz`da tabiiy ofat jabrlanuvchilari uchun khayriya aksiyasi
<

Birgalikda Bukhoroga yordam beramiz — Kun.uz`da tabiiy ofat jabrlanuvchilari uchun khayriya aksiyasi

Kun.uz tahririyati «Sardoba» suv omboridagi ofatdan jabrlanganlarga insonparvarlik yordami kursatish maqsadida «Sirdaryoga yordam» khayriya aksiyasini elon qilgan edi.

Aksiya doirasida kursatilgan bank kartalariga kelib tushgan 236 mln sumga yaqin mablag tahririyat khodimlari tomonidan Mirzaobod va Oqoltin tumanlaridagi talafotdan jabr kurgan 118ta oilaga 2 mln sumdan tarqatildi.

Hozirgi vaqtda hukumat tomonidan talafotdan jabr kurgan sirdaryoliklarga pul mablaglari tarqatilib, yangi uylar qurish va eskilarini tamirlash ishlari boshlab yuborilgan. Sirdaryoliklarga etarlicha etibor qaratilmoqda. Khuddi shunday aksiyani endi bukhorolik vatandoshlarimiz uchun ham tashkil etmoqchimiz.

27 aprel oqshomida Uzbekistonning qator hududlarida kuzatilgan kuchli shamol ayniqsa Bukhoro viloyatida katta talafotlarga sabab buldi.

Tabiiy ofat oqibatida bir kishi halok bulib, 40dan ortiq inson jarohat oldi. Elektr energiyasi, gaz taminoti va boshqa infratuzilma obektlariga zarar etdi.

Bukhoro viloyatidagi 5300ga yaqin binoning tomi tamirtalab ahvolga kelib qoldi, shundan 4800tasi – yakka tartibdagi aholi uy-joylaridir.

Viloyatning Turkmaniston bilan chegaradosh Olot, Qorakul va Romitan tumanlarida ayniqsa talafot katta bulgan. Shuningdek, Kogon va Shofirkon tumanlarida ham zarar kurganlar bor. Ushbu tumanlardan, uyini tamirlashga qurbi etmayotgan kuplab vatandoshlarimizdan tahririyatimizga murojaatlar kelib tushmoqda.

Shu sababli Kun.uz muborak Ramazon oyida talafotdan jabr kurgan bukhoroliklarga yordam qulini chuzish istagida bulganlar uchun khayriya aksiyasi tashkil etmoqda.

Savobtalab tadbirkorlar, barcha sohalar vakillari va khorijdagi fuqarolarimizni «Bukhoroga yordam» khayriya aksiyasida ishtirok etishga chorlab qolamiz.

Kelib tushgan pul mablaglari mukhbirlarimiz tomonidan kuchli shamoldan jabr kurgan bukhoroliklarga olib borib beriladi. Har bir vatandoshimiz bilan birma-bir gaplashib, yigilgan ehsonlarni ularning uz qullariga berishni niyat qildik.

YOrdam tariqasida utkazib bermoqchi bulgan mablagingizni tahririyatga tegishli quyidagi bank plastik kartalariga kuchirishingiz mumkin:

Uzcard: 8600 0417 3756 6308 (Mahsudjon Asqarov nomiga ochilgan)

HUMO: 9860 0301 0195 8517 (Mahsudjon Asqarov nomiga ochilgan)

Visa Card: 4231 2000 0029 0931 (Tolib Rahmatov nomiga ochilgan)

Sberbank: 4276 3801 5887 0969 (Tolibjon Rahmatov nomiga ochilgan)

Bank hisob raqamdan pul utkazmoqchi bulgan yuridik shakhslar uchun:

8600 0417 3756 6308 (Mahsudjon Asqarov nomiga ochilgan)

Filial nomi: “Agrobank” ATB Toshkent shahar filiali

STIR 201200124

MFO 00394

Tranzit raqami: 2312 0000 9000 0039 4001

Aziz yurtdoshlar, tabiiy ofatdan zarar kurgan vatandoshlarimizni yolgizlatib quymaylik. Qulimizdan kelgunicha, imkoniyatimiz etgan qadar Bukhoro ahliga dalda bulaylik.

Pandemiya tufayli aholining moddiy ahvoli ogirlashgan vaqtda sizning etibor va sakhovatingiz hamyurtlarimizga katta kumak va quvonch olib kelishi shubhasiz.

Muborak Ramazonning sunggi kunlaridagi ehsonlaringiz okhiratda nur bulib yulingizni yoritsin. Unutmaylikki, «yakhshilikning mukofoti faqat yakhshilikdir».

Bu sinovlarni birgalikda engamiz!

О нас

Яна маълумот

Samarqandda «yashil» bulgan tumanda nazorat kuchaytirildi

Samarqand viloyatining eng yirik tumani Urgut ham «qizil» toifaga kiritilishi mumkin. Samarqand viloyat IIB akhborot …