Главная / Madaniyat / Bemorni ziyorat qilishning fazilati

Bemorni ziyorat qilishning fazilati

masjidBu dunyoda insonlar hayoti kasalliklar bilan uzaro bogliqdir. Alloh taolo har kimga har hil dard berishi mumkin. Kimdir uzoq va surunkali kasalga uchrasa, yana kimdir engilroq kasal bulishi mumkin. Inson kasal bulgan paytda uzgalar yordamiga muhtoj bulib qoladi. Shunga kura, bemorning yaqinlari va dustlari uning holidan khabardor bulishi, qulidan kelgan kumak berishi lozim buladi. Zero, bu musulmon kishining boshqa musulmon birodari zimmasidagi haqqi bulib, shariatimizda shu haqlarni ado qilishga targib qilinadi. Hadisi sharifda bunday deyilgan:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُقَالَ ، قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ، قَالَ : حَقُّ الْمُسْلِمِ عَلَى الْمُسْلِمِ سِتٌّ ، قِيلَ : مَا هُنَّ يَا رَسُولَ اللَّهِ ؟ قَالَ : إِذَا لَقِيتَهُ فَسَلِّمْ عَلَيْهِ ، وَإِذَا دَعَاكَ فَأَجِبْهُ ، وَإِذَا اسْتَنْصَحَكَ فَانْصَحْ لَهُ ، وَإِذَا عَطَسَ فَحَمِدَ اللهَ فَشَمِّتْهُ ، وَإِذَا مَرِضَ فَعُدْهُ ، وَإِذَا مَاتَ فَاتَّبِعْهُ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ

Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U kishi aytdi:

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Musulmonning (boshqa) musulmon zimmasidagi haqqi oltitadir”, dedilar.

“Ey Rasululloh! Ular qaysilar?”  deyildi. U Zot: “Unga rubaro kelsang, unga salom ber, seni (biror narsaga) taklif etsa, uni qabul qil, sendan nasihat surasa, unga nasihat ber, agar aksirib, Allohga hamd aytsa, unga tashmit (yarhamukalloh, deb) ayt, kasal bulsa, uni ziyorat qil, vafot etsa, (janozasiga) ishtirok et”, dedilar (Muslim rivoyati).

Ushbu hadisda sanab utilgan haqlardan biri bemorni kurgani borishdir. Bemorni ziyorat qilish insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega bulib, bunda bemor va ziyoratchi uchun ham juda kup manfaatlar bordir.

Bemorni ziyorat qilish kasal kishiga ruhiy madad buladi, yani, u uz dustlari oldida qadri-qimmati borligidan khursand bulib, yashashga bulgan ishtiyoqi yanada kuchayadi. Bemorning kayfiyati kutarilishi esa, kasallikni engishga sabab buladi. Shuningdek, u yaqinlarining, dustlarining mehr-oqibatlari va duolariga sazovor buladi. Natijada, ular urtasida mehr-oqibat, muhabbat ziyoda buladi.

Bemorni ziyorat qilishda ziyoratchi uchun juda ham kuplab foydalar bor:

 عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ  ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ، قَالَ : عُودُوا مَرْضَاكُمْ وَاتَّبِعُوا الْجَنَائِزَ تُذَكِّرُكُمُ الآخِرَةَ. رَواهُ الْبَيْهَقِيُّ

Abu Saiyd Khudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi:

“Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Kasallaringizni kurgani boringlar va janozalarga ishtirok etinglar, sizlarga okhiratni eslatadi”,dedilar” (Bayhaqiy rivoyati).

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ: أنَّ رَسُولَ اللهِ – صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  قَالَ : « حَقُّ المُسْلِم عَلَى المُسْلِم خَمْسٌ : رَدُّ السَّلامِ ، وَعِيَادَةُ المَريض ، وَاتِّبَاعُ الجَنَائِزِ ، وَإجَابَةُ الدَّعْوَةِ ، وتَشْميتُ العَاطِسِ » . مُتَّفَقٌ عَلَيهِ .

Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi:

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Musulmonning (boshqa) musulmon zimmasidagi haqqi beshtadir: Salomga alik olish, bemorni kurgani borish, janozaga ergashish, chaqiriqni qabul qilish va aksiruvchiga tashmit aytish”, dedilar. Muttafaqun alayh.

عَنْ ثَوْبَانَ  رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ : عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ، قَالَ : « إنَّ المُسْلِمَ إِذَا عَادَ أخَاهُ المُسْلِمَ ، لَمْ يَزَلْ في خُرْفَةِ الْجَنَّةِ حَتَّى يَرْجِعَ » . قِيلَ : يَا رَسولَ الله ، وَمَا خُرْفَةُ الجَنَّةِ ؟ قَالَ : « جَنَاهَا » . رَواهُ مُسْلِمٌ

Savbon (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi:

“Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Musulmon kishi musulmon birodarini (kasal holida) kurgani borsa, to qaytgunicha jannat khurfasida buladi”, dedilar.

“Ey, Allohning Rasuli! Jannatning khurfasi nima?”-deyildi.

U zot: “Jannatning mevalari”, dedilar” (Muslim rivoyat).

 Ushbu hadisda “jannat khurfasi”da, yani, jannat mevalarida ichida buladi”, deyilishidan, ziyoratchining kuplab savobga ega bulishi iroda qilinmoqda.

عَنْ عَلِيٍّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قالَ : سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ : « مَا مِنْ مُسْلِمٍ يَعُودُ مُسْلِماً غُدْوَةً إِلا صَلَّى عَلَيْهِ سَبْعُونَ ألْفَ مَلَكٍ حَتَّى يُمْسِي ، وَإنْ عَادَهُ عَشِيَّةً إِلا صَلَّى عَلَيْهِ سَبْعُونَ ألْفَ مَلَكٍ حَتَّى يُصْبحَ ، وَكَانَ لَهُ خَرِيفٌ في الْجَنَّةِ » . رَواهُ التِّرْمِذِيُّ

Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U kishi aytdilar:

“Men Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning: “Musulmon kishi bir musulmonni erta tongda kurgani borsa, oqshom tushgunicha etmish ming farishta unga salavot aytadi. Agar uni oqshomda kurgani borsa, tong otgunicha etmish ming farishta unga salavot aytadi” deganlarini eshitganman”, dedilar (Termiziy rivoyati).

Arab tilida “salavot” suzi “salot”, suzining jami bulib, duo qilish manosini bildiradi. Quroni Karim va hadislarda “salavot” suzi Alloh taologa, farishtalarga va Paygambarimiz (alayhissalom)ga nisbatan ham ishlatilgan. Ulamolar, Alloh taologa nisbat berilgan salavotdan, Allohning rahmati, farishtalarga nisbat berilgan salavotdan, ularning bandalar uchun, duo va istigfor aytishlari, Paygambarimizga nisbatan ishlatilgan salavot esa, musulmonlarning u zotni uluglashlari va duo qilishlaridir, deyishgan.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُقَالَ ، قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ، قَالَ : « مَنْ عَادَ مَرِيضاً أَوْ زَارَ أخاً لَهُ في الله ، نَادَاهُ مُنَادٍ : بِأنْ طِبْتَ ، وَطَابَ مَمْشَاكَ ، وَتَبَوَّأتَ مِنَ الجَنَّةِ مَنْزِلا » . رَواهُ التِّرْمِذِيُّ

Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U kishi aytdi:

“Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Kim kasalni kurgani borsa yoki Alloh yulidagi dustini ziyorat qilsa, nido qiluvchi unga: “Sen khushhol bulding, yurishing ham khushhol buldi va jannatda bir manzilni egallading”, deb nido qiladi”, dedilar” (Termiziy rivoyati).

عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُقَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ « مَنْ تَوَضَّأَ فَأَحْسَنَ الْوُضُوءَ وَعَادَ أَخَاهُ الْمُسْلِمَ مُحْتَسِبًا بُوعِدَ مِنْ جَهَنَّمَ مَسِيرَةَ سَبْعِينَ خَرِيفًا ». رَوَاهُ أَبُودَاوُدَ.

Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U kishi aytdi:

“Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Kim chiroyli tahorat qilib, musulmon birodarini savob umidida kurgani borsa, jahannamdan etmish kuzlik (yillik) yul uzoqlashtiriladi”, dedilar”.

عَنْ جابِرٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: ” مَنْ عَادَ مَرِيْضًا لَمْ يَزَلْ يَخُوضُ الرَّحْمَةَ حَتَّى يَجْلِسَ فَإِذَا جَلَسَ اغْتَمَسَ فِيْهَا ” . رَوَاهُ مَالِكٌ وَأَحْمَدُ.

Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U kishi aytdi:

“Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Kim kasalni kurgani borsa, to utirgunicha, rahmatga kirib boradi. Agar(kasal oldida)utirsa, rahmatga garq buladi”, dedilar” (Molik va Ahmad rivoyati).

Khulosa urnida shuni aytamizki, kasalni ziyorat qilish orqali inson juda ham kuplab savoblarga ega bulardi. Shuningdek, bu amal bilan insonlar urtasida mehr-oqibat, dustlik rivoj topadi. Bunday imkoniyat hammamizda bor. Shunday ekan, tezroq bu imkoniyatdan foydalanaylik! Bemorlarni ziyorat qilib ulkan savoblarga ega bulaylik!

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …