Главная / Madaniyat / Bekhuda qasam

Bekhuda qasam

 Clasped hands on troubled manBizning tilimizdagi “qasam” va “ont” suzlari urniga arab tilida “qasam”, “halif” va “yamin” suzlari ishlatiladi. “Yamin” suzi “ung tomon”, “ung qul” manolarini anglatadi. Arablarda qasamga “yamin” suzi ishlatilishining sababi, ularning odatlari buyicha, kishilar uzaro qasam ichishganida bir-birlarining ung qulidan tutib turib, qasam ichishganlaridir.
“Yamin” shariy istilohda quyidagicha tarif qilinadi: “Alloh taoloning ismi yoki u Zotning sifatlaridan birini zikr qilish ila ehtimoli bor bir ishni takidlashdir”. YOki boshqa bir tarifga kura “Khabarni Alloh taolo ismi bilan quvvatli qilishdir”.
Qasamning sababi: qasam ichuvchi eshituvchiga uzining rustguyligini bildirish.
Qasamning navi: Qasam ikki khil bulib, Alloh uchun ichilgan qasam va Allohdan boshqa nomga ichilgan qasam. Alloh nomiga ichishi: “Allohga qasamki, falon ishni qilaman yoki qilmayman”ga ukhshash qasamlar; Undan boshqasiga misol, “Hovliga kirsang, taloqsan, hursan”, kabi shartga boglangan ishlardir. Bu urfga kura qasamga aylanib ketgan. Endi Alloh taoloning nomidan boshqa bilan ichilgan qasam, masalan, ota-onam haqqi, non haqqi kabi qasamlar makruhdir. Ahmad va Termiziydan rivoyat qilingan hadisda: “Kim Allohdan boshqa bilan qasam ichsa, bathqiq shirk keltiribdi”, deya Paygambarimiz qattiq ogohlantiganlar.
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam Umarning bir guruh otliqlar ichida otasi ila qasam ichayotganini bilib qoldilar. Sungra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga: “Ogoh bulinglar! Alloh azza va jalla sizlarni otalaringiz ila qasam ichishdan qaytaradi! Kim qasam ichadigan bulsa, Alloh ila qasam ichsin, bulmasa, jim tursin“, deb nido qildilar. Umar: “Allohga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nahyilarini eshitganimdan buyon na uzim ushandoq qasam ichdim va na boshqaning ushandoq qasamini tilimga oldim”, dedilar”. (Beshovlari rivoyat qilishgan)
Hazrati Umar roziyallohu anhu Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bir ogiz suzlaridan keyin nafaqat umrbod uz ota-bobolarining nomi ila qasam ichmaganlar, balki, boshqa birovlar ota bobosi ila qasam ichib gapirgan gaplarini ham tillariga olmaganlar.
Qasam turlari: qasam kaforrot berish bermaslik, gunoh yoki savob bulish jihatidan 3 ga bulinadi:

 Gomus qasam

 Munaqid qasam

 Lagv qasam

      Endi bu qasam turlari bilan tanishsak. Gomus lugatda “chumilish”, “kumilish” manosida bulib, gomus qasam egasini gunohkor qilib, jahannam oloviga kumilishiga sababchi buladi. Gomus qasam-utgan narsani qilgani yoki tark qilganiga qasddan, bila turib yolgon qasam ichish. Masalan, “Allohga qasamki, kecha bozorga kirmadim”, deydi, lekin kecha bozorga kirgan bulib, atay qasam bilan yolgon gapiradi. Khullas, Alloh nomi ila qilgan ishini qasddan qilmadim deyish yoki qilmagan ishini qasddan qildim deyish gomus qasamdir. Bu qasam uchun kafforat tulanilmaydi. Lekin qattiq gunohkor buladi. Amr ibn Os raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sallollohu alayhi vasallam aytdilar: “Gunohi kabiralar: “Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bulish, jonni uldirish va gomus qasam”. (Ibni Hibbon rivoyati)
Gomus qasam insonlar orasida avj olgan bulib, ayniqsa tijorat va foyda urinlarida savdogarlar, kharidorlar, mutasaddilar uta ehtiyot bulishlari zarur. Chunki, Abu Umoma raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh salollohu alayhi vasallam: “Kim bir musulmon kishining molini kesib olish uchun qasam ichsa va qasamida fojir bulsa, Alloh unga jannatni harom qiladi va duzakhga kiritadi”, dedilar. Kurinib turibdiki, birovning moliga nohaqlik bilan qasam ichib, ega chiqilsa, Alloh taolo usha bandani sharmanda qiladi.
Lagv qasam-nomidan ham malumki, bekorchi qasam. Bir ishda uzini haq ekanini gumon qilsayu, ish aksincha chiqib qolsa, qasam behuda buladi. “Behuda qasam”, deb, uylamay-netmay, til urganib qolganidan ichiladigan qasamga aytiladi. Ayniqsa, arablarda qasam lafzi oson chiqadi. Suz orasida ham, vallohi, billahi, tallohi, deb yuborishaveradi. Bunda qasam ichish niyati umuman bulmasa ham til urganib qolgan buladi. Turkiy khalqlarda har narsaga, khudo ursin, deyaverish ham shunga ukhshaydi.
Bir kuni Paygambarimiz salollohu alayhi vasallam sahobalardan birlarini bilan yulda yurib borar edilar. Ov qilishayotgan kishilar oldidan utib qolishdi. Shunda: “Allohga qasamki, urdim”. “Alolhga qasmki, khato qildim”, degan ovozlar eshitildi. Paygambar salollohu alayhi vasallam bilan ketayotgan kishi “Qasamkhur bulishdimi?” deb suradi. Paygambar alayhissalom: “Yuq, ovchilarning qasami behuda buladi. Kafforat ham, uqubat ham yuq”, dedilar. Demak, behuda qasam kechirilgandir, uning uchun hech qanday gunoh ham, jazo ham yuq. Lekin musulmonlik odobi kup qasam ichmaslikni taqozo etadi. Boshqa bir oyati karimada kup qasam ichish kofirlarning ishi ekanligi takidlangan.
Munaqid qasam-kelajak ishga qasam ichish bulib, bir ishni qilish yoki qilmasligini qasam bilan takidlashidir. Agar aytgan qasami ustidan khoh unutib, khoh majburlanib chiqmasa ham, gunohkor buladi va kafforot utaydi. Unga tavba va istigfor lozim buladi. Masalan, “Allohga qasamki, ertaga darsga boraman” desayu bormasa, “Allohga qasamki, bu ishni qayta qilmayman” desayu qilsa, qasamkhur buladi va kafforot utaydi.
Baqara surasi 255 oyatga kura, Alloh taolo bekorchi qasamlar uchun tutmasligi, aksincha, qalblar kasb qilgan narsalar uchun tutishi bayon qilingan.
Qasam kafforoti: bir qul ozod qilish yoki 10 ta miskinni tuydirish yoki bir sidra 10 ta miskin badanini tusadigan kiyim berish yoki uch kun ruza tutishdir. Ruza tutish avvalgi uch ishdan birini ado qilishga imkoni bulmagandadir. Kafforotning shariatda joriy qilinganligining hikmati bisyor. Kishi har bir gapiga etibor berib, uylab, mulohaza qilib gapiradigan buladi. Kafforot berganini boshqalar ham kurib, ibrat oladilar.
Alloh taolo bazi qasamlarni bushatishni, yani buzishni shariatga kiritdi. Chunki inson goho yakhshi, savobli, khayrli ishlarni qilmaslikka, halol narsani uziga man qilib qasam ichish holatlari uchrab turadi. Hadisi shariflarda takidlanganidek, kim bir ishga qasam ichsa va qasamidan boshqa yakhshi narsani topadigan bulsa, qasamini yazshi ishga uzgartirishi, usha buzgan qasami uchun esa kafforot berishi lozim buladi.
Alloh barchamizni behuda qasam ichishdan saqlasin. Aytilgan gaplarimizda sobit qilsin!

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …