Главная / Jahon / «Barselona» Valverdeni istefoga chiqarib, yangi bosh murabbiyni elon qildi
<

«Barselona» Valverdeni istefoga chiqarib, yangi bosh murabbiyni elon qildi

Foto: AFP/Getty Images

«Barselona» klubi 55 yoshli ispaniyalik mutakhassis Ernesto Valverde istefoga chiqarilganligini elon qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti khabar bermoqda.

«Klub Ernesto Valverdega jamoadagi faoliyati davomida kursatgan professionalligi, uz ishiga sidqidildan yondashgani uchun minnatdorchilik bildiradi. Murabbiyning faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz» – deyiladi rasmiy khabarda.

Valverde «Barselona»da 2017 yilda ish boshlagandi.Uning qul ostida klub ikki marta Ispaniya chempioni, kubogi va Superkubogi sohibiga aylandi. Chempionlar ligasida esa kataloniyaliklar 1/4 va 1/2 finalgacha etib borib, «Roma» (4:1, 0:3) va «Liverpul»ga maglub bulishdi.

«Barselona» Valverdening qul ostida 163 uyindan 108tasida galabaga erishib, 35ta durang, 20 marta maglubiyatni tan oldi.

Istefoga chiqarilgan Ernesto Valverde urniga yangi bosh murabbiy sifatida 61 yoshli ispaniyalik mutakhassis Kike Seten elon qilindi.


Kike Seten

Yangi murabbiy bilan shartnoma 2022 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Tanishtiruv marosimi bugun, 14 yanvar kuni utkaziladi.

Setenning sunggi ish joyi «Betis» klubi bulgandi. Kike ushbu klub bilan 2017/2018 yilgi mavsumda La Ligada 6-urinni egallagan, 2018/2019 yilgi mavsumda esa Ispaniya kubogi yarim finaligacha etib kelgandi. Ispan murabbiyi «Rasing», «Poli Ekhido», Ekvatorial Gvineya, «Logrones», «Lugo» va «Las-Palmas» singari jamoalarda ham faoliyat olib borgan.

Malumot uchun, «Barselona» Ispaniya Superkubogi doirasida «Atletiko»ga maglub bulgach, klub jamoa sobiq futbolchisi Khavi bilan ham muzokara olib bordi, ammo Qatarda faoliyat olib borayotgan Khavi taklifni rad etdi.

Klub direktorlar kengashi dushanba kuni yigilish utkazgach, Kike Setenning nomzodi maqullangan.

О нас

Яна маълумот

Koreyadan qaytgan fuqaro Samarqandda karantindan qochdi. U Denovda qamoqqa olindi

Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifokhonasiga 16 mart kuni 14 kunlik karantinga joylashtirilgan fuqaro A.A. 20 …