Главная / Jamiyat / Bakht haqida har kim turlicha fikr bildiradi
<

Bakht haqida har kim turlicha fikr bildiradi

«Hamma kuchni Qurondan olamiz» – Quroni Karimni jami 1440 marta khatm qilgan, 61 yildan buyon birgalikda turmush kechirib kelayotgan bustonliqlik bobo va buvi

Bakht… Bakht haqida har kim turlicha fikr bildiradi. Uni turlicha tushunadi va his qiladi.

Etiboringizga havola qilmoqchi bulgan qahramonlarimiz 61 yildan beri birga bakhtli yashashmoqda. Hayotning ogir va engil sinovlarini birgalikda engib kelishmoqda.

Turt farzandning jondan aziz ota-onasi, 16 nevara va 10 nafar evaraning mehribon bobo va buvisi – 84 yoshli Tursunboy ota Ashurov va ularning turmush urtogi 78 yoshli Tursunoy ona Ashurova bilan turmush qiyinchiliklari, farzand tarbiyasi, qiyinchiliklarni birgalikda engish, orzu-armonlari va bakhtli yashash sirlari haqida suhbatlashdik.

Malumot urnida: Tursunboy ota Alloh taoloning muqaddas kalomi Quroni Karimni shu kungacha jami 1440 marta khatm qilgan. Bir yilda 94 marta khatm qilib, uziga khos rekord ham urnatgan. Hozirgi kungacha otakhon va onakhon Quron khatm qilish buyicha bir-birlari bilan musobaqa qilishadi.

Tursunboy ota:

– Turt nafar farzandim, un oltita nevaram, unta evaram bor. Shu kampirim bilan 61 yildan buyon yashayman. Har doim yakhshi gap, yakhshi fikr bilan, urishmasdan, sukishmasdan hayot kechirilsa, umr ham uzoq bular ekan. Kampirim bilan umuman urishmaganman, hattoki bir shapaloq ham urmaganman.

Tursunoy ona:

– Meni chertmagan ham, urmagan ham. Nima khohish-istagi bulsa bajo keltiraman, hozirgacha. Mana, katta uglimiz 60 yoshga, kenja qizimiz 49 ga tuldi.

– Farzand tarbiyalashda kimning urni kuproq bulgan?

Tursunboy ota:

– Farzandlarni tarbiyalashda kuproq kampirimning urni kuproq bulgan. Chunki men kupincha ishda bulardim. Keyinchalik birga tarbiyaladik.

– Alloh taoloning kalomini uqishni qachondan boshlagansiz, ustozingiz kim bulgan?

Tursunboy ota:

-1983 yil dekabrda otamning vafotidan keyin boshlaganman. Bir yil harfma-harf yakhshilab uqishni urgandim. Ustozlarim juda kup bulgan.. 2006 yillarda Chirchiqqa madrasaga borardim. Undan oldin 22 yil masjidda ishladim va 1992 yili pensiyaga chiqdim. Shu vaqt ichida 30-40 nafar bolani uqitdim. Kampirimni ham uzim uqitganman. Uzimning khatm kitobim ham bor. 1992 yili 100 sumga olganman. Hozir nevaramga olay desam 1 mln. 200 ming sum ekan.

-Shu vaqtgacha necha marta khatm qildingiz?

Tursunboy ota:

– Hozirgacha 1440 marta khatm qildim. 2006 yili bir yilda 94 marta khatm qilib rekord qilganman. Ramazon oyida 8 marta khatm qildim. Hammasini yozib yuraman.

– Bu natijaga erishishda nimadan kuch olasiz?

Tursunboy ota:

-Hamma kuchni, harakatni Quroni Karimdan olaman. Usiz yashay olmaydigan bulib qolganmiz. Kitobni kim kup uqish buyicha musobaqa qilib turamiz.

-Onakhon, siz necha marta khatm qildingiz?  

Tursunoy ona:

-Men 700  marta khatm qildim. Quronsiz ikkalamiz ham yashay olmaymiz. Qachon bush vaqtimiz bulsa, Quronga yopishamiz. Bizning hayotimiz ham, mamotimiz ham – mana shu. Shu yoshga kirib kuzimda muammo bulmagan. Kitobni ham bemalol kuzoynaksiz uqiyman. Men ham 1995 yildan beri uqiyman. Ustozim shu kishi bulgan.

-Boshingizdan qiyin davrlar ham utganmi?

-Ha, utgan, bolam. Urush boshlanganida men 5 yosh bulganman. 1946 yildan boshlab ishga chiqib ketganman. Yalangoyoq, yalangbosh, kolkhozda ishlardim. 1951 yilgacha juda qiynalganman.

-Kampiringizni yakhshi kurib olganmisiz?

-Biz birinchi marta «zags» da kurishganmiz. Biz uzoq qarindosh edik. Men olmayman deganman, kampirim tegmayman degan. Lekin, mana shuncha yil yashab quydik. Kampirim usha payti 17 yosh bulgan. YOshligimizda non bulmagan, kiyim-kechak bulmagan. Makkajukhoridan bulgan zogora non er edik. Kolkhozda ertalab oltidan kechki ungacha ishlardik.Hozir mana, Allohga shukr, hamma narsa etarli. Inson harakat qilsa, dangasalik, yalqovlik qilmasa hamma narsaning iloji bor.

-Otakhonning oyligini qanday ishlatardingiz?

Tursunoy ona:

-Oyliklarini har doim menga berar edi. Men hech qachon befoyda, besamar sarflamaganman. Bolalarimga aytardim: «hozir men olib berganni kiyasan, uzing ishlaganingdan keyin khohlaganingni kiyasan». Boshida uzimizning uyimiz bulmagan. 13 yil deganda uy solganmiz birgalikda. Bizga hech kim yordamlashmagan. Ayol kishi tejamkor bulishi kerak. Ayol tejamkor bulsa, uyda baraka buladi.

-Amalga oshmagan orzu-umidlaringiz bormi?

Hajga boramiz degan orzumiz bor edi. Katta qizimizning turmush urtogi vafot etib qoldi. Shunda nevaralarimizga qarashdik, uqishlarda uqitdik. Shu bilan orzumiz amalga oshdi deb hisobladik. Evaralarim yugurib kelib «dodajon» desa hammasini unutib yuboraman.

О нас

Яна маълумот

7Jss0dWEjfh_gEpAczriJgEdaJGsj2Ox

Avtomobillarning makhsus rukhsatnomasiz harakatlanish vaqtlari buyicha malumot berildi

Kuchaytirilgan karantin sharoitida avtotransport vositalarida makhsus rukhsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishga faqatgina kunning muayyan vaqtida, yani ertalab …