Главная / Iqtisodiyot / Aviayoqilgi va aeroport yigimlari narkhi arzonlashtiriladi − Transport vaziri
<

Aviayoqilgi va aeroport yigimlari narkhi arzonlashtiriladi − Transport vaziri

Uzbekistonda aviakompaniyalar uchun aeroport yigimlari 20 foizga, aviayoqilgi narkhi urtacha 100 dollarga arzonlashtiriladi.

Foto: KUN.UZ

Transport vaziri Elyor Ganiev Uzbekistonning khorijiy aviakompaniyalar uchun jozibadorligini saqlab qolish maqsadida amalga oshirilayotgan choralar khususida malumot berdi.

“Aviasiya bozorining eng muhim elementi aviayoqilgi hisoblanadi. Hozirgi vaqtning uzidayoq aviayoqilgining qiymati 110-120 dollarga arzonlashtirilgan. Bu keyinchalik ham davom ettiriladi. Aviayoqilgi narkhi mintaqa bozoridagi urtacha narkhdan oshib ketmasligini doimiy ravishda nazorat qilib boramiz”, − deydi Elyor Ganiev.

Vazirga kura, Uzbekistan GTL zavodining ishga tushirilishi aviayoqilgi taqchilligi muammosini hal qilishi kutilmoqda.

“Biz Uzbekistan Airways’ni tuliq aviayoqilgi bilan taminlash imkoniga ega emas edik. Shuning uchun bu mahsulotni import qilishga tugri kelardi. Joriy yil yakuniga qadar Uzbekistan GTL zavodi ishga tushsa, bu masala uz echimini topadi.

“Zavod bir yilda 1,7 mln tonna aviayoqilgi, shu jumladan, 300 ming tonna aviakerosin ishlab chiqarishi muljallangan”, − deya takidlaydi transport vaziri.

Malum qilinishicha, khorijiy aviakompaniyalarga qulaylik yaratish, mamlakatning aviasion jozibadorligini oshirish maqsadida aeroport yigimlarini 20 foizga kamaytirish rejalashtirilgan.

“Aeroport khizmatlari uchun yigimlarning 20 foizga arzonlashtirilishi aviasion jozibadorlikni keskin oshiradi. Bu orqali Uzbekistonni ham yuk, ham yulovchi tashish nuqtai nazardan qulay mamlakatga aylantirishga erishiladi”, − dedi Elyor Ganiev.

О нас

Яна маълумот

psAH39GUcU3_g7is4_3uHjxURvRPAcyx

«Davlat qarzi: tahlil va erkin fikr almashinuvi». «Munozara klubi»dan makhsus reportaj

13 iyun kuni Uzbekiston hukumati iqtisodiy blokining «Munozara klubi»da ilk uchrashuv tashkil etildi. Kun.uz jurnalisti …