Главная / Madaniyat / Ashuro kuni ruzasi fazilati

Ashuro kuni ruzasi fazilati

ashuro-kuniMuharram oyining uninchi kuni Ashuro kuni deyiladi. Bu kunning uziga khos fazilati bor. Bu haqda kuplab rivoyat va hadislar kelgan.

عَنْ حَاجِبِ بْنِ عُمَرَ عَنْ الْحَكَمِ بْنِ الأَعْرَجِ قَالَ: انْتَهَيْتُ إِلَى ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا وَهُوَ مُتَوَسِّدٌ رِدَاءَهُ فِي زَمْزَمَ فَقُلْتُ لَهُ: أَخْبِرْنِي عَنْ صَوْمِ عَاشُورَاءَ فَقَالَ: إِذَا رَأَيْتَ هِلاَلَ الْمُحَرَّمِ فَاعْدُدْ وَأَصْبِحْ يَوْمَ التَّاسِعِ صَائِمًا قُلْتُ: هَكَذَا كَانَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَصُومُهُ قَالَ: نَعَمْ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ وَابْنُ خُزَيْمَةَ وَابْنُ حِبَّانَ وَالطَّبَرَانِيُّ.

   Hojib ibn Umar Hakam ibn Arojdan rivoyat qiladi: “Men Ibn Abbos roziyallohu anhuning oldiga borsam u Zamzam oldida ridosi ustida yonboshlab yotgan ekan. Men: “Ashuro ruzasi haqida khabar ber”, dedim. Shunda u: “Agar Muharram oyi hilolini kursang, hisobini qilib, tuqqizinchi kuni ruza tut”, dedi. Men: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday ruza tutarmidilar?” deb suragandim, u: “Ha”, deb javob berdi” (Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Ahmad, Ibn Khuzayma, Ibn Hibbon va Tabaroniy rivoyati).
Ashuro kunining fazilati u kunda tutiladigan ruza bilan chambarchas bogliq. Yahudiylar Ashuro kunini uluglab, bu kunda ruza tutardilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bundan khabar topganlaridan keyin uzlari ruza tutdilar va ummatlarini ham ruza tutishga buyurdilar. Hatto Ashuro kuni ruzasi utgan bir yillik gunohlarga kafforat bulishini khabar qildilar. Bu haqidagi rivoyatni quyid kurib chiqamiz. Hozir esa yuqorida kelgan rivoyatga etibor qaratamiz.
Bu erda Muharramning uninchi emas, balki tuqqizinchi kuni ruza tutish haqida gap ketmoqda. Buning sababini quyidagi rivoyatni urganish orqali bilib olamiz.

وَعَنْ عَبْدِ اللهِ بْنَ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: حِينَ صَامَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَوْمَ عَاشُورَاءَ وَأَمَرَ بِصِيَامِهِ قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ إِنَّهُ يَوْمٌ تُعَظِّمُهُ الْيَهُودُ وَالنَّصَارَى فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: فَإِذَا كَانَ الْعَامُ الْمُقْبِلُ إِنْ شَاءَ اللهُ صُمْنَا الْيَوْمَ التَّاسِعَ قَالَ: فَلَمْ يَأْتِ الْعَامُ الْمُقْبِلُ حَتَّى تُوُفِّيَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالطَّبَرِيُّ.

    Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ashuro kuni ruzasini tutganlarida usha kuni ruza tutishga (boshqalarni ham) buyurdilar. Shunda: “Ey Rasululloh, bu kunni yahudiy va nasroniylar uluglashadi”, deyildi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kelasi yil, inshaalloh, tuqqizinchi kuni ham ruza tutamiz”, dedilar. Kelasi yil kelmasdan avval Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafot etdilar” (Muslim, Abu Dovud va Tabaroniy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ashuro kuni, yani Muharram oyining uninchi kuni ruza tutib yurardilar. Bazi sahobalar yahudiy va nasroniylar bu kunni uluglashib, bayram qilishlarini aytishganida, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kelasi yili, tuqqizinchi kuni ham ruza tutishni niyat qildilar. Ammo kelasi yil kelmasidan avval u zot Alloh dargohiga rihlat qildilar. Ammo Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning niyatlari, qilishni rejalashtirgan ishlari ham sunnat hisoblanadi. Demak, Muharram oyining yolgiz uninchi kuni emas, balki tuqqizinchi yoki un birinchi kunlari ham ruza tutish maqsadga muvofiq. Odatda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yahudiy va nasroniylarga teskari ish qilib kelganlar. Bu erda ham shu odatni kurish mumkin. Aynan ularga ukhshab qolmaslik uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ashurodan bir kun oldin ruza tutishni niyat qilganlar.

عَنْ الْحَسَنِ عَنْ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: أَمَرَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِصَوْمِ عَاشُورَاءَ يَوْمَ الْعَاشِرِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: حَدِيثُ ابْنِ عَبَّاسٍ حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ.

    Hasan Ibn Abbosdan rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ashuro kuni ruzasini uninchi kuni tutishga buyurganlar” (Termiziy rivoyat qilgan va: “Ibn Abbosning rivoyati hasan-sahih”, degan).
Bu avvalda bulgan ish. Yani, Nabiy sollallohu alayhi va sallam yahudiy va nasroniylar Ashuro kunini bayram qilishlaridan khabar topgunlarigacha Muharram oyining uninchi kuni ruza tutib kelganlar va boshqalarni ham bu ishga targib qilganlar. Yuqoridagi rivoyatda aytilgan ish sodir bulgach, tuqqizinchi kuni ham ruza tutishni niyat qilganlar. Mana shu uch rivoyatni jamlab umumiy khulosa chiqarish mumkin:

1. Muharram oyining yolgiz uninchi kuni emas, balki bir kun oldin yoki bir kun keyingi kunda ham ruza tutish Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlaridir.

2. Yuqoridagi Ibn Abbos tomonidan aytilgan “tuqqizinchi kuni ruza tutgan holingda tong ottir”, degan qavli “tuqqizinchi va uninchi kunlari ruza tutasan”, degan manoni anglatadi.

عَنْ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: مَا رَأَيْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَتَحَرَّى صِيَامَ يَوْمٍ فَضَّلَهُ عَلَى غَيْرِهِ إِلاَّ هَذَا الْيَوْمَ يَوْمَ عَاشُورَاءَ وَهَذَا الشَّهْرَ يَعْنِي شَهْرَ رَمَضَانَ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ وَالنَّسَائِيُّ.

    Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ushbu kun – Ashuro kuni va ushbu oy, yani Ramazon oyi ruzasini istaganchalik (intiq bulganchalik) boshqa kun va oylarning ruzasini afzal kurmas edilar” (Bukhoriy, Muslim va Nasoiy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikki khil ruzani intiq bulib kutardilar. Bular Ashuro kuni ruzasi va Ramazon oyi ruzasi. Ramazon oyi ruzasi farz. Uni tutgan banda cheksiz ajr-savobga erishadi. Bu oy fazilati va unda tutiladigan ruza haqida qancha gapirsa, shuncha oz. Ammo mazkur rivoyatda Ashuro kunining ruzasi ham qanchalik fazilatli ekani aytilmoqda. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam biron amalni qilishga behikmat intiq bulmaganlar. U zot qachon Muharram oyi kelar ekan, usha kunda ruza tutaman, deb intizorlik bilan kutdilarmi, demak, bu kunda ruza tutish, boshqa solih amallarni qilish maqsadga muvofiq. Biz ham Paygambarimizga ergashib, Ramazon va Ashuro ruzalarini intiqib kutishimiz va ularni risodaladgidek ado etishga harakat qilishimiz kerak.

عَنْ هِشَامِ بْنِ عُرْوَةَ عَنْ أَبِيهِ أَنَّ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ يَوْمُ عَاشُورَاءَ تَصُومُهُ قُرَيْشٌ فِي الْجَاهِلِيَّةِ وَكَانَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَصُومُهُ فَلَمَّا قَدِمَ الْمَدِينَةَ صَامَهُ وَأَمَرَ بِصِيَامِهِ فَلَمَّا فُرِضَ رَمَضَانُ تَرَكَ يَوْمَ عَاشُورَاءَ فَمَنْ شَاءَ صَامَهُ وَمَنْ شَاءَ تَرَكَهُ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالدَّارِمِيُّ وَمَالِكٌ وَأَحْمَدُ.

    Hishom ibn Urva otasidan, otasi Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qiladi: “Johiliyat davrida Quraysh Ashuro kuni ruzasini tutardilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ham ushbu kun ruzasini tutardilar. U zot Madinaga borganlarida ham bu kun ruzasini tutdilar va boshqalarni ham ruza tutishga buyurdilar. Ramazon oyi ruzasi farz bulganida Ashuro kuni ruza tutishni tark qildilar. Bas, kim khohlasa tutar. Khohlamaganlar tutmas edi” (Bukhoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Dorimiy, Molik va Ahmad rivoyati).
Ushbu rivoyatda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam paygambar bulganlaridan to hijriy ikkinchi yilgacha Ashuro kuni ruzasini tutganlar va boshqalarga ham ushbu kun ruzasini tutishni buyurganlar. Hijriy ikkinchi yilda Ramazon oyi ruzasi farz bulganidan keyin u zot Ashuro kuni ruzasi ikhtiyoriy ekani, khohlaganlar tutishi va khohlamaganlar tutmasligi mumkinligini malum qildilar.

عَنْ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: قَدِمَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الْمَدِينَةَ فَرَأَى الْيَهُودَ تَصُومُ يَوْمَ عَاشُورَاءَ فَقَالَ: مَا هَذَا قَالُوا: هَذَا يَوْمٌ صَالِحٌ هَذَا يَوْمٌ نَجَّى اللهُ بَنِي إِسْرَائِيلَ مِنْ عَدُوِّهِمْ فَصَامَهُ مُوسَى قَالَ: فَأَنَا أَحَقُّ بِمُوسَى مِنْكُمْ فَصَامَهُ وَأَمَرَ بِصِيَامِهِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ.

    Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi va sallam Madinaga borganlarida yahudiylar Ashuro kuni ruza tutayotganlarini kurib, “Bu nima?” deb suradilar. Shunda: “Bu khayrli kuni bulib, unda Alloh bani Isroilni dushmanlaridan qutqargan. Shu sabab Muso ushbu kunda ruza tutgan”, deb javob berildi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam esa: “Men Musoga sizlardan kura haqliroqman”, dedilar va ushbu kun ruzasini tutib, boshqalarni ham ruza tutishga amr qildilar” (Bukhoriy, Muslim, Abu Dovud rivoyati).
Bu rivoyatda yahudiylar nima sababdan Ashuro kuni bayram qilishlari bayon qilinmoqda.
Alloh taolo aynan shu kuni Muso alayhis salom va Bani Isroil qavmini Firavn zulmidan qutqargan ekan. Yahudiylar mana shuni sabab qilib, bu kunda ruza tutar ekanlar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam buni eshitib, Muso alayhis salomga yahudiylardan kura musulmonlar haqliroq ekanini aytdilar va Ashuro kuni ruza tutishga amr qildilar.

عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ أَهْلُ خَيْبَرَ يَصُومُونَ يَوْمَ عَاشُورَاءَ يَتَّخِذُونَهُ عِيدًا وَيُلْبِسُونَ نِسَاءَهُمْ فِيهِ حُلِيَّهُمْ وَشَارَتَهُمْ فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: فَصُومُوهُ أَنْتُمْ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ وَالنَّسَائِيُّ فِي السُّنَنِ الْكُبْرَى.

    Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Khaybar ahli Ashuro kuni ruza tutar, ushbu kunni bayram qilib nishonlar, khotinlariga usha kunda taqinchoqlar taqtirib, yasantirishar edi. Buni kurgan Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Bas, sizlar ham ushbu kun ruzasini tutinglar!” dedilar” (Bukhoriy, Muslim, Nasoiy “As-sunanul kubro”da rivoyat qilgan).
Bu rivoyatda ham yahudiylar Ashuro kunini uzgacha kayfiyatda bayram qilishlari, khususan bu kunda ruza tutishlari aytilmoqda. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yahudiylarning bu ishlarini kurib, musulmon Muso alayhis salomga ulardan kura yaqinroq ekanini aytib, uz ummatlarini Ashuro kuni ruza tutishga buyurdilar.

وَعَنْ أَبِي قَتَادَةَ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: صِيَامُ يَوْمِ عَاشُورَاءَ أَحْتَسِبُ عَلَى اللهِ أَنْ يُكَفِّرَ السَّنَةَ الَّتِي قَبْلَهُ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ وَأَحْمَدُ.

    Abu Qatodadan rivoyat qilinishicha, Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Ashuro kuni ruzasi utgan yilgi gunohlarga kafforat bulishidan umid qilaman!” deganlar (Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja va Ahmad rivoyati).
Bu hadisdan Ashuro kuni tutiladigan ruzaning qanchalik fazilatli ekani malum buladi. Boshqa oy yoki kunlarda tutiladigan ruza tufayli bandaning gunohlari kechirilishi aytilsa-da, biroq qancha gunohi magfirat qilinishi aniq bayon qilinmagan. Ushbu rivoyatda esa Ashuro kuni ruza tutgan bandaning avvalgi yilda qilgan gunohlari kechirilishi malum qilinmoqda.
Qaysi banda niyat va ikhlos bilan Ashuro kuni ruzasini tutsa, vada qilingan ajr-mukofot va kichik gunohlari kechirilishiga erishadi. Bu imkoniyatni quldan boy bermaslik, fursatni ganimat bilib, solih amallarda peshqadam bulish har bir mumin insonning burchidir.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …