Главная / Madaniyat / Asrga tatigulik kun -Kitob (Romandan parcha)

Asrga tatigulik kun -Kitob (Romandan parcha)

Mana bugun usha joyga (Ona Bayit qabristoniga – M. S.) Buronli bekatdan chiqqan, tuya traktor aralash, it khamrohligida garoyib dafn karvoni yaqinlashmokda edi.

Ona Bayit qabristonining uz tarikhi bor. Rivoyatga kura, utgan zamonlarda Sariuzakni bosib olgan jungjanglar asirga tushgan jangchilarga nisbatan behad shafqatsizlik qilar ekanlar. Ular kezi kelib bunday tutqunlarni qushni ulkalarga qul qilib sotib yuborishar ekan. Bu esa tutqunning omadi kelgani hisoblanar ekan. Chunki sotib yuborilgan qul ertami-kechmi, bir kun uz vataniga kochib ketishi mumkin ekan-da. Jungjanglarning qul ostida tutqun bulib qolgnlarning esa shuri qurir ekan.

Ular mahkumning boshiga teri qalpoq tortish yuli bilan dahshatli bir tarz- da qiynab, uning khotirasini yuqotar ekanlar. Odatda bunday jazoga jangda asir tushgan yosh yigitlar giriftor bulishardi. Avvaliga jungjanglar tutqunning so­chini dastlab ungidan, sungra teskarisidan taqir qirib tashlashadi. Sartaroshlik marosimi tugagach, jungjanglarning chapdast qassoblari kattakon bir tuyani suyib, terisini shila boshlaydilar. Ular birinchi navbatda, eng qalin va eng ogir bulgan buyin terisiii ajratib bulaklarga bulishar, hovuri chiqib turgan yopishqoq terini shu zahotiyoq hozirda suzuvchilar kiyadigan qalpoqcha singari, tutqunning yangi qirilgan taqir boshiga kiygizib quyishardi.

Mana shu teri qoplash deyiladi. Bunday qiynoqqa duchor etilgan qul yo dahshatli azoblarga bardosh berolmay ulib ketar, yo khotirasidan umrbod mahrum etilib, utmishini eslay olmaydigan qulga – manqurtga aylanib qolar edi. Bitta tuyaning buyin terisi besh-oltita qalpoqqa eta- di. Qalpoq qoplangandan sung, halokatga mahkum etilgan har bir qul, qiynalganda boshini erga tegiza olmasin uchun, buyniga yogoch buyinturuq boglashardi.

Shu alfozda ularning yurakni ezuvchi, quloqni qomatga keltiruvchi behuda dod-faryodlari eshi- tilib qolmasin, deb odamlardan yiroqqa, suvsiz, emishsiz, kimsasiz yaydoq dalaga, oyoq qullari bogliq holda jazirama oftob tigiga eltib tashlar edilar. Bu qiynoqlar bir necha kun davom etardi. Kerakli joylarga soqchilar kalin quyilib, asirlarning qabiladoshlari ularni qutqarishga kelib qolishsa utkazmaslik uchun chora-tadbir kurib kuyilgan edi. Biroq, qutqazishga urinishlar juda kam bulardi, chunki ochiq dalada qilt etgan sharpa darhol sezilib qolardi.

Buning ustiga, jungjanglar falonchini manqurt qilishibdi, degan khabar tarqalgan takdirda, tutqunning eng yaqin birodarlari kham uni qutqazishga yoki pul evaziga qaytarib olishga urinmayoq quyardilar, negaki, bu usha odamning quruk jasadinigina qaytarish degan suz edi. Faqat birgina nayman volidasi – rivoyatlarda Nayman ona nomi bilan mashhur bulib ketgan ayolgina uz uglining bu takhlit achchiq qismati bilan murosa qila ol- madi. Sariuzak afsonasi shu khakda. Ona Bayit[1] – Onaizor makoni qabristonining nomi ham shundan kelib chiqqan.

Dalaga tashlangan asirlarning kupi Sariuzak quyoshi tigida dahshatli qiynoklarga bardosh berolmay halok bulgan. Besh-oltita manqurtdan bitta yoki ik- kitasigina tirik qolgan. Boshqalari ochliqdan emas, hatto tashnalikdan ham emas, kallaga qoplangan terining quyosh issigida qovjirab, qoq miyani chidab bulmas dara- jada siqishi natijasida jon taslim qilar edilar. Olov purkab turgan quyosh ostida teri qalpoq shafqatsiz ravishda torayib, qulning qirilgan boshini temir chambarak singari jingirtob qilib qisardi. Oradan bir kun utishi bilan jabrdiydalarning taqir boshida soch nish ura boshlaydi. Osiyoliklarga khos tikanday tik dagal sochlar bazida khom terini teshib chiqardi, kup hollarda esa, chiqishga yul topolmay yana qaytadan qayrilib, bosh terisiga qarab usardi va avvalgidan ham batgar azob be- rardi. Sungti sinov davomida tutqunlar es-hushlarini butkul yuqotar edilar. Ora­dan besh kun utgachgina jungjanglar kelib tutqunlardan qaybiri tirik qolganini kuzdan kechiradi. Aqalli bitta tutqun tirik qolgan bulsa ham, maksadga erishilgan hisoblanardi. Bunday qulni qiynokdan bushatib, suv berib, asta-sekin kuchga ki- ritib, oyoqqa turgizishardi. Biroq u endi baribir odam sanogidan chiqardi, zurlab es-kh,ushidan judo etilgan qul – manqurtga aylanardi, khuddi shuning uchun ham bun­day qul unta soglom tutqundan kura qimmatroq turardi. Hatto shunday qonun-qoida ham bor ediki, uzaro tuqnashuvlarda uldirilgan bitta manqurt uchun boshqa erkin tutqunga nisbatan uch barobar ortiq haq undirib olinardi.

Manqurt uzining kim ekanini, qaysi urug-aymokdan ekanini, ismini, bola- lik kezlarini, ota-onasining kimligini butunlay yoddan chiqargan bulib, uzining odamligini ham unutib yuboradi. Uzining insoniy qadr-qimmatini idrok etolma- gan manqurt khujalik ishlari nuqtai nazaridan bir qancha afzalliklarga ega edi. U notovon va zabonsiz bir makhluq bulgani uchun ham mutlaqo itoatkor va beozor. Qochaman-kuyaman degan khayol uning tushiga ham kirmaydi. Quldor uchun eng dahshatli narsa-qullarning isyoni. Har bir qul siymosida isyonkorlik ruhi yashiringan. YOlgiz manqurtgina bundan mustasno, isyon kutarish, buyin tovlash unga butunlay yot. Bun­day tushunchalar unga begona! Unga soqchi quyishga, ayniqsa buzuq niyatli kishi sifa- tida undan gumonsirashga hojat yuq. Mankurt khuddi it kabi fakat uz egasini taniy- di. Boshqalar bilan ishi yuq. Uning fikri-zikri qorin tuygazishda, shundan boshqa tashvishi yuq. Ammo uziga topshirilgan ishni uylamay-netmay, ular-tirilariga qaramay, muqarrar bajo keltiradi. Manqurtlar odatda eng past, eng ogir ishlarni bajarishga majbur etiladilar yoki bulmasa, ularga eng zerikarli, eng mashaqqatli, ovsarlarcha sabr-toqat talab etiladigan mashgulotlar topshirilar edi. Kimsasiz Sariuzak yaylovlardagi tuyalar podasidan bir qadam ham nariga jilmasdan, yakkayu yolgiz yashashga mahkum etiladigan manqurtgina bunday azob-ukubatlarga chiday oli- shi mumkin edi! Birgina manqurtning uzi bunday olis joylarda bir qancha tuyachi- larning urnini bosa olar edi. Bor-yugi niyati – korni tuysa. Shunda u qishin-yozin demay, yolgizlik azobiga kham, boshqa har kanday mahrumliklarga ham parvo qilmay, tinimsiz ishlayveradi. Khujayinning amri mankurt uchun farz, ham qarz. Uning uziga esa, khuragu dashti biyobonda muzlab kotib kolmaslik uchun kifoya qiladigan ust-bosh bulsa bas. Bulak hech narsani talab qilmaydi.

Insonning insonlik fazilati, yaratilganda birga yaratilib, ulganda yana bir uzi bilan birga ketadigan va boshqa mavjudotlardan ajratib turadigan birdan-bir noyob fazilati – khotirasi, aql-idroki bulsa-yu, uni tag-tomiri bilan yulib olsalar, akhir, bu qanday bedodlik?! Undan kura tutqunning qalbini poralab, istagancha ziyon- zahmat etkazib, ulimga mahqum etishlari yoki bulmasa bir yula boshidan judo etish- lari yuz chandon yakhshi emasmi? Uzlarining mudhish tarikhida khiyonatkor sifatida shukhrat qozongan kuchmanchi jungjanglar eng muqaddas narsa -insonning muqaddas insoniylik mohiyatiga kham chang soldilar. Ular qullarni jonli khotiradan makhrum etish yulini uylab topdilar, bu bilan bani odam zotiga aql bovar qiladigan va bo- var qilmaydigan yovuzliklar orasida eng qabih jinoyatga qul urdilar.

Balki, shu boisdandir, manqurtga aylantirilgan, uglining gami-gussasi olo- vida qovrilgan Nayman ona shunday zikr qildi: “Butalogim sening khotirangdan judo etayotganlarida, boshingga kurinmas teri qalpoq urnatib es-hushingdan aj- ratayotganlarida, yongoq chaqadigan qisqichdek boshingga kiydirilgan tuyateri asta- sekin qurib-qovjirab, bosh chanogingni jingirtob qilib siqayotganida, dahshatli kurquvdan kuzlaring kosasidan irgib chiqqanida, Sariuzak dashtining dudsiz otashi ostida ulim talvasasi bilan olishib, labingni khullashga ham eru kukdan bir tom- chi suv topolmay tashnalik azobida qovrilayotganingda, hatto borliqqa hayot bakhsh etuvchi khurshidi olam senga suqir, balo-qazo bulib, dunyodagi jamiki yulduzlar qaro zulmat bulib kuringandir.

Tulporim, jon azobidagi yurakni urtovchi ohu faryoding sahro uzra falak- ka kutarilganda, ilondek tulganib, baqirib-chaqirib, tunu kun tangriga iltijo qilganingda, najotsiz kukdan madad kutganingda, azob-uqubat ichra nafasing khippa bugilganida, ogiz-burningga suv kelib, azoyi badaningdan ter chiqib, usha badbuy hidga bulganib yotganingda, mur-malakhday pashshalar tudasiga em bulib es-hushingni yuqotayotganingda bu dunyoda barchamizni yaratib quyib, sungra unutib quygan tangri­ga jon-jakhding bilan lanat uqidingmi?

Tulporim, qiynoqlardan mayib-majrukh bulgan akl-idrokingga mangu tun choy- shabi yopilayotganda, khotirang rishtalari zurlik bilan yulib-sitib olinib, utgan umring bilan seni boglab turuvchi halqalardan, jon talvasasida uzingni haryon urib ona nigohini, yoz kunlari kirgogida sen uynab yurgan tog jilgasining shovul- lashini unutayotganingda, shuuringni parchalab, khotirangdan uz nomingni, otangning nomini uchirib tashlayotganlarida, atrofingdagi sen bilan unib-usgan odamlarning chekhralari sunayotganida va senga uyalib, iymanib tabassum qilayotgan mahbubaning jamoli qorongulashayotganida, khotirasizlik jariga qular ekansan, uz vujudida homila paydo etishga jurat etib va shu mudhish kun uchun seni yorug dunyoga tavallud toptirgan onaizoringga lanatlar yogdirgandirsan?..”

Bu voqea Osiyoning janubiy sarhadlaridan siqib chiqarilgan kuchmanchi jung­janglar shimol sari yopirilib kelib, Sariuzak dashtlarini uzoq vaktgacha egal- lab, bosib olgan erlarini kengaytirish va aholini qullikka solish maqsadida tub khalqlar bilan tinimsiz urush olib borgan zamonlarda yuz bergan edi. Dastlabki paytlarda ular tinch aholi ustiga tusatdan bostirib kelganlari tufayli Sariuzak atrofida yashovchi kup sonli kishilarni, shu jumladan ayollarni va bolalarni asir tushiradilar. Qulga tushgan tutqunlarni esa hammasini qullikka mahkum etadilar. Biroq, kelgindilarning bosqinchilik harakatiga qarshi kurash tobora kuchaya boradi. Ayovsiz tuqnashuvlar boshlanadi. Jungjanglarning Sariuzakdan ketadigan siyogi sezilmasdi, bilaks ular chorva uchun keng-mul yaylovlari bulgan bu manzilga tish- tirnoqlari bilan yopishib oldilar. Mahalliy qabilalar esa uz erlarini yuqotishni istamas, ertami-kechmi bosqinchilarni bu erdan haydab chiqarishga uzlarini haqli va burchli hisoblashardi. Alqissa, bunday katta-kichik janglarda goh u tomonning, goh bu tomonning quli ustun kelib turdi. Ammo bunday urushlar orasida osoyishta damlar kham bulardi.

Osoyishta damlarning birida naymanliklarning yurtiga karvonda mol ortib kelib qolgan savdogarlar choy ichib, gurunglashib utirarkan, uzlari kurib shohidi bulgan bir voqeani gapirib berishadi. Aytishlaricha, Sariuzak dashtining jung- janglar tomonidagi quduqlar yonidan bamaylikhotir utib borayotganlarida yulda kat- takon tuyalar podasini utlatib yurgan bir navqiron chuponga kuzlari tushib qoladi. Savdogarlar u bilan gaplashmoqchi bulib ogiz ochganlarida chuponning manqurt ekan- ligini payqab qoladilar. Sirtdan qaraganda, chupon soglom yigitga ukhshar, boshidan nimalar kechgani hech kimning khayoliga kelmas edi. Balki u ham qachonlardir boshqalar singari es-hushli suzamol bulgandir. Un gulidan bir guli ochilmagan, muylabi en- digina sabza ura boshlagan, kelbati kelishgan, ammo ikki ogiz gaplashmoqchi bulsang, khuddi kecha tugilganga ukhshaydi, boyaqish na uzining, na ota-onasining ismini bila- di: jungjanglar uni qanday kuyga solishganini, urug-aymoqlari kimligini ham unutib yuborgan. Biror narsa surasang lom-mim demaydi, faqat “ha” yoki “yuq” degan javobni beradi, doim boshiga bostirib kiyilgan telpagidan qulini tushirmay- di. Gunoh ekanini bilishsa-da, jismoniy mayib-majrukhlarni kham odamlar mazakh qilishadi. Shunday manqurtlar ham bular emishki, ularning boshiga kiydirilgan tuya terisi bazan bosh terisi bilan birga kushilib usar emish va hokazo khususi- da suz yuritib turishadi. Bunday manqurtlarni, kel, boshingni buglab yumshatamiz deb qurqitishsa, guyo bundan ortiq jazo yukdek, kuzlari qinidan chiqib ketar ekan. Asov ot singari depsinib, birovning qulini boshiga yaqinlashtirmas ekan. Bu khil manqurtlar tunu kun, hatto ukhlaganda ham telpagini echmas ekan… Ammo, lekin, suhbatni davom ettirishadi, mehmonlar, manqurt girt ahmoq bulsa ham, ishiga pukh- ta ekan – toki bnz uning tuyalaridan uzab ketmagunimizcha kuz-quloq bulib turdi. Karvonchilardan biri usha manqurtni mazakh qilmoqchi bulib surabdi:

– Borar erimiz olis. Sendan kimga, qaysi suluvga, qaysi yurtlarga salom aytaylik? Aytaver, yashirmay. Eshitayapsanmi? Balki nomingdan rumol tortik qilaylikmi?

Manqurt yulovchiga tikilganicha uzoq vaqt indamay turdi-da, sung:

– Men har kuni oygatikilaman, oy esa mengatikiladi. Ammo biz bir-birimizning ovozimizni eshitmaymiz… U yokda kimdir utiribdi… – dedi guldirab.

Gurung paytida utovda savdogarlarga choy quyib utirgan bir ayol kham bor edi. Bu Nayman ona edi. Sariuzak afsonasida u shunday nom bnlan qoldi.

Nayman ona yulovchi mehmonlarga sir boy bermadi. Bu khabarni eshitib, nogoh dahshatga tushganini, rang-ruyi uzgarib ketganini hech kim sezmadi. U savdogar- lardan yosh manqurt tugrisida yana nimalarnidir surab-surishtirgisi kelar, ammo khuddi mana shu narsa – yana ham kuproq narsani bilishdan vahimaga tushardi. Nay­man ona tilini tiydi. Yaralangan qushning chinqirogi singari qalb tugyonini ichiga yutdi… Bu orada suhbat mavzui uzgarib, turmushda nimalar bulmaydi, deganlaridek, bechora manqurt haqidagi khozirgina gaplashib utirishgan voqeani butunlay unutish- di. Nayman ona bulsa, butun vujudini kamrab olgan kurkuvdan uzini tinchitishga, qullarinisg titrogini bosishga harakat qilardi. U endi kupdan beri oqara boshla- gan sochlariga tashlab yuradigan qora rumolini manglayi uzra yuziga tushirib olgan edi.

Savdogarlarning karvoni kup utmay uz yuliga ravona buldi. Usha kecha tong otgunga qadar turli uy-khayollar ogushiga chumgan Nayman ona Sariuzak dashtidagi usha manqurt chuponni topib, uning uglimi, yuqmi ekaniga ishonch hosil qilmaguncha kungli tinchimasligini aytdi. Ona kunglini allaqachonlardan beri jang maydonida qolgan uglining bedarak ketgani gash qilib kelar edi, endi usha sezgi, usha gumon qayta quzgalib uni dahshatga sola boshladi… Bunday qiynoqlaru, azob-uqubatlardan bir umr gam chekib, gumonsirab, khavotirlanib yurgandan kura, albatta, uglini bir emas, ikki bor kumgani yakhshi emasmi?

Uning ugli Sariuzak tomonlarda jungjanglar bilan bulgan jangda shahid bulgan edi. Eri undan bir yil muqaddam khalok bulgan – Nayman elida malum va mashhur kishi edi u. Keyin ugil otasining uchini olish uchun birinchilardan bulib jangga otlandi. Bu elat odatida halok bulganlarni jang maydonida qoldirib ke- tish nomus sanaladi. Qarindosh-uruglari jangchining jasadini olib kelishlari lozim. Birok uning iloji bulmadi. Usha katta jangda qatnashganlardan kupgina kishi dushman bilan rubaru kelib jangga kirishganida, Nayman onaning ugli ot yolini quchoqlaganicha yiqilganini, jang suronidan chuchigan ot uni olib kochganini kurishgan ekan. Shunda yigit egardan qulaydi-yu, bir oyogi uzangidan chiqmay uzi otning yonida osilib qoladi, bundan battar khurkib ketgan ot jon-jakhdi bilan uning jonsiz tanasini chul ichkarisiga sudrab ketadi. Vodarig, ot ganim tomon su- rib ketadi. Olatasir qiyomat kupganiga, har bir jangchi kurash maydonida bulishi lozimligiga qaramay, kochib borayotgan otni va markhumning jasadini zudlik bilan qulga kiritish uchun qabiladoshlaridan ikki kishi otlarini yurttirib ketishadi. Ammo shu payt jungjangchilarning soy ichida pistirmada turgan bir necha khaydar kokilli suvorilari qiyqirishganicha, yulni kesib chiqishadi. Naymanlardan biri shu zahotiyoq kamon uqiga uchib halok buladi, ikkinchisi esa ogir yaralanib ortga qaytadi, safdoshlari yoniga arang etib kelib shu erda qulaydi. Shu voqea sabab bulib, urushning khal etuvchi eng kupay payti jungjanglarning yon tomondan zarba berishga shaylanib turgan gurukhdari pistirmada yashirinib yotganini vaqtida sezib qolishadi, Naymanlar qayta saf tuzib, yana jangga kirish uchuy shoshilinch ravishda chekinishdi. Albatta, bunday qizgin jang ichida Nayman onaning ugli – yosh jangchi- ning nima bulganini surishtirib utirishga kim kham fursat topibdi, deysiz. Otida chopib kelib, uz safiga arang qushilgan haligi yarador nayman yigitning keyinchalik onaga aytib berishicha, uglini sudrab ketayotgan otni kuvlab borayotganlarida, ot no- malum tomonga burilib ketib, darkhol kuzdan goyib bulgan…

Jangchining jasadini izlab naymanlar necha kunlab dala yullarini kezib chikdilar. Birok na markhumning jasadini, na olib kochgan otini, na tushirib qoldirgan kurol-yarogini, na boshqa biron belgi-alomatni topa oldilar. Uning halok bulgani hech kimda shubkha qoldirmagan edi. Boringki, yarador bulgan takdirda kham oradan utgan kunlar orasida chulda suvsizlikdan yoki bulmasa, qon ketishidan halok bulishi muqarrar. YOsh birodarlarining kimsasiz Sariuzak chulida dafn etil- may qolib ketgani alamidan hasrat-nadomat chekdilar. Bu hammaga isnod edi. Nay­man ona utovida ovoz chiqarib yiglashgan khotin-khalajlar erlari va oga-inilari shaniga tana toshlarini yogdirdilar:

– Uning kuzlarini quzgunlar chukidi, shoqollar gushtini burdalab ketdi, endi sizlar kaysi yuz bilan el orasida bosh kutarib yurasizlar!..

Usha kundan boshlab Nayman ona uchun eru kuk khuvillab qoldi. Tugri, urush kurbonsiz bulmaydi, buni ona ham yakhshi tushunadi, biroq uglining jasadi kumilmasdan jang maydonida kolib ketgani unga sira ham tinchlik bermasdi. Achchiq qaygu, poyoni yuk uy-khayollar ona qalbini poralar edi. Cheksiz dard-anduhini engil- lashtirish uchun kimga aytib, kimga zorlansin, gam-andukhinn engallashtirish uchun parvardigordan bulak kimga kham iltijo qilsin…

Ugling ulimini uz kuzi bilan kurib ishonch khosil qilmaguncha, bunday mudhish khayollardan qutulib, joni joy topmas edi onaning. Ushanda takdirga tan berishdan bulak chora qolmagan bulardi. Uglining oti ham dom-daraksiz ketgani kunglini bat- tar khijil qilardi. Ot halok bulmagan, balki khurkib qochgan. U uyurdagi otlar singari ertami-kechmi, bir kuni uzangiga osilib qolgan chavandoz jasadini sudrab kadrdon joyiga qaytishi kerak edi. Shunda qanchalik dakhshatli bulmasin, ona uglining ja­sadi ustida dod-faryod qilib, upkasi tulguncha yiglab, kunglini bir oz bushatib ol- gan bulardi. U uz kismatidan, bakhtiqaroligidan nolib, yuzlarini tirnoqlari bilan yumdalab tangrini lanatlar edi. Uglining daragi chiqkanida-ku, ertayu kech ich- etini eb, gumonsirab, kunglida sovuq shubkhani kutarib yurmagan bulardi. Khudodan uzok umr bergin, deb iltijo qilib utirmasdan, orzu-umidlaridan bir yula mahrum bulgan kholda ulimga tayyor turib bergan bulardi. Biroquglining jasadi topilmadi, oti qaytib kelmadi. Har qanday yuqotish bora-bora esdan chiqarilgani singari bu vokea kham vaqt utishi bilan urug-aymoqlari khotirasidan kutarila boshladi… Faqat u – yolgiz onaizorgina besaru omon, betoqat kutardi. Uy-khayollar girdobida onaning fikri chuvalgani chuvalgan. Otni qanday jin urdi, egar-jabduqlari, qurol-yaroglari kaerda qoldiykin? Aqalli shular topilganda ham uglining ahvoli ne kechganini takh- minlab anglab olardi. Akhir, jungjanglar Sariuzak dashtining biron erida holdan toygan otni ushlab olgan bulishlari mumkin. Yakhshigina egar-jabduqli, yana buning ustiga uz oyogi bilan kelgan tulpor naqd ulja-ku. Unday bulsa uzangida oyogi ilinib kelgan uglining jasadini ganimlar nima qilishdi – erga kumishdimi, yo chul darran- dalariga emish buldimi u? Bordi-yu hali ulmagan, falakning gardishi bilan tirik qolgan bulsa-chi? Chala ulik yigitni ular urib halok qilishgan yoinki yaydoq dalaga quruq jasadini tashlab ketishgan bulishsa-chi? YO… agar…

Gumon-shubhalarning cheki yuk. Sayyoh savdogarlar choy ichishib utirishganda, Sariuzakda uchragan yosh manqurt haqida ran ochib, Nayman onaning urtangan yuragini battar urtab, yarasiga tuz sepishganini uzlari kham payqashmagan edi. Ona qandaydir falokatni sezib, yuragi orkasiga tortib ketdi. Usha mankurt mening uglim bulib chiqsa-ya, degan hadik borgan sari kuchayib, uning aqlu hushini, butun vujudini tobo- ra chukurroq, tobora kuchliroq chirmab ola boshladi. Usha manqurtni izlab topib, uz kuzi bilan kurib, uning uz pushti-kamaridan bulgan ugli emasligiga ishonch khosil kilmaguncha kungli tinchimasligiga kuzi etgan edi…

…Ming khil uy-khayollar va shubkhalar ogushida borarkan, ona yassi qum tepalikla- ridan oshayotib, nogahon kup sonli tuyalar uyurini kurib qoldi: qungir tusga kirib, semirib ketgan yuzlab tuyalar mayda butalaru yantoklarning uchlarini kemirib, keng maydonda bemalol utlab yurishardi. Nayman ona Oqmoyasiga qamchi bosib, chopti- rib ketdi. Uyurni izlab topganidan kuvonchi ichiga sigmay nafasi bugziga tiqildi. Ammo shu zakhotiyoq mankurt kilib kuyilgan uglini kurishini eslab, qurqqanidan azoyi badani muzlab ketdi. Sung yuragi yana quvonchga tuldi va shu bilan ne ahvolga tushganini uzi ham anglamay qoldi.

Mana, tuyalar utlab yuribdi, ammo tuyachi kaerda ekan? Har holda, shu atrofda yurgandir. Shu payt yaylovning narigi chekkasida odamning qorasi kurindi. Olisdan uning kimligini tanib bulmasdi. Tuyachi uzun tayogiga suyangan holda ortidagi yuk ortilgan tuyasining tizginini ushlab, qosh ustiga bostirib kiygan telpagi ostidan onaning yaqinlashib kelayotganini bamaylikhotir kuzatib turdi.

Nayman ona tuyachiga yaqin kelib uni tanidiyu, tuyasidan qanday tushganini bil- may qoldi. Yiqilib tushdimi, surilib tushdimi – shu topda onaga buning ahamiyati yuq edi!

– Ugilginam, qarogim! Seni izlamagan joyim qolmadi! – deya ugli tomon tal- pindi. – Men sening onangman!

Birdan ona ahvolni tushundi. Tushundiyu depsinib qichqirgancha yiglab yubordi. Alam va dahshatdan lablari dirillab, shuncha urinsa ham uzini qulga ololmasdi. Yiqilib tushmaslik uchun loqayd uglining elkasiga yopishib olib, qachonlardan beri khavf solib turgan, endi esa uni bosib tushgan togday gam yuki ostida ezilib faryod chekar, kuz yoshlari selday oqardi. Ona buzlab yiglar ekan, kuz yoshlari orasidan, hul bulib chakkalariga yopishib qolgan burul soch tolalari orasidan, yuzlarini chang bi- lan bulagan qaltiroq barmoqlari orasidan farzandining tanish qiyofasiga boqar, uning uziga nigoh tashlashini orziqib kutar va meni tanib qolar, deb umid qilar edi. Akhir, tuqqan onasini tanib olish qiyin emas-ku!

Biroq onaning kelgani unta guyo har doim yonida yurganday, zarracha tasir qilmadi. U hatto onadan kimsan, nega yiglayapsan, deb suramadi ham. Malum lahzalardan sung tuyachi onaning qulini elkasidan surib tashlab, ustida yuk bor tuya- sini etaklagancha odimlab ketdi: u shukhlik qilib bir-birlari bilan uynashayotgan butalokdar uyurdan uzoqlashib, ajralib ketmasin, deb tuyalar tudasining narigi chekkasi tomon yul olgan edi.

Nayman ona bukchayib utirib qoldi, khursinib-khursinib yigladi va shu utirishda yuzini changallagancha bosh kutarmay uzok qolib ketdi. Sung bor kuchini tuplab, uzini khotirjam kursatishga urinib, ugli tomon yura boshladi.

Manqurt ugil hech nimani kurmaganday-bilmaganday, pinagini buzmasdan, bos- tirib kiyib olgan telpagi ostidan manosiz va loqaydlik bilan qarab turardi. Chul shamolida korayib, dagallashib ketgan yuzida khiyol jilmayish paydo buldi. Ammo kuzlari dunyoni tark etgan kishining kuzlariday loqayd bokardi.

  • Utir, gaplashamiz, – dedi ogir khursinib Nayman ona.

Ular erga chukdilar.

  • Meni taniyapsanmi? – suradi ona. Manqurt yuq deganday bosh chayqadi.
  • Oting nima?
  • Manqurt, – dedi u.
  • Seni khozir shunday deb atashadi. Avvalgi oting esingdami? Asli ismingni eslab kur-chi.

Manqurt jim qoldi. U haqikiy ismini eslashga harakat qilayotgani, kiynalganidan qanshari ustida munchokdek ter tomchilari paydo bulib, kuz ungini tuman qoplaganini ona kurib turdi. Ammo qarshisida qandaydir tusiq paydo buldiyu, uni engib utishga kurbi etmadi…

  • Otangning otini bilasanmi? Uzing kimsan? Eli-yurting qaerda? Qaerda tugilganingni bilarsan, akhir?

Yuq, maiqurt hech nimani tushunmasdi, hech narsani eslay olmasdi.

  • Hali, shunchalik akhvolga solishdimi seni! – deya pichirladi ona.

U najotsizlikdan lablari titrab, gam-gussayu, kahr-gazabdan uzini tuta olmay yana qaytadan uksinib-uksinib yigladi, tinchlanishga behuda urinar edi, kholos. Ona­ning okhu-figoniga manqurt pinagini kham buzmadi.

  • Erdan mahrum etish mumkin, mol-dunyodan makhrum etish mumkin, khatto in- sonni yashashdan makhrum etish ham mumkin, – derdi ona uz-uzicha gapirib, – birok odamni khotirasidan makhrum etishni kim uylab topdi ekan, bunga kimning kupi bor­di ekan?! YO rabbiy, agar olamda bor bulsang, bandalaringga bu yovuzlikni qanday ravo kurding. Er yuzida usiz ham yovuzlik kammidi?

Ona mankurt ugliga qarab turib, kuyosh, khudo va uzi tugrisida tuqigan mashhur marsiyasini aytdi. Sariuzak voqealari haqida ran ochilib qolganda, bilgan kishi- lar, hanuzga qadar Nayman onaning usha suzlarini bir-birlariga rivoyat qilib ay- tib yurishadi…

Shunda ona mashhur marsiyani boshladi, bilgan kishilar bu suzlarni hozirga qadar eslab yurishadi:

Tulubin kelib iskagan,

Butasi ulgan buz moyaman,..[2]

Ona qalbidan otilib chiqqan dod-faryod ohangi kimsasiz, had-hududsiz Sariuzak chulini larzaga solganday yangrab turdi.

Birok bu nola-faryod manqurtning tupigiga kham chiqmadi.

Shunda Nayman ona surab-surishtirishlar bilan emas, balki aqlini kovlash, qitiklash bilan es-khushini uziga keltirmoqchi buldi.

  • Sening oting Julomon. Eshitdingmi? Sen Julomonsan, otangning oti – Dunanboy. Otangni eslay olmaysanmi? Akhir, u seni bolalik chogingdan ka- mon otishga urgatgan. Men sening onangman. Sen esa mening uglimsan. Sen nayman urugidansan, tushundingmi? Sen naymansan…

Onasining hamma gaplarini ugil avvalgiday mutlaqo loqaydlik bilan eshitdi. Ona guyo devorga gapirayotganday edi. Onaning suzlari karning kulogiga azon aytgan- day ran edi.

Nayman ona Mankurt ugildan suradi:

  • Bu erga kelganingga qadar nimalar buldi?
  • Hech narsa bulgani yuq, – dedi ugil.
  • Kechasimidi yo kunduzimidi?
  • Hech narsa, – dedi u.
  • Kim bilan gaplashging keladi?
  • Oy bilan. Birok bir-birimizning gapimizni eshitmaymiz. U erda kimdir utiribdi.
  • Yana nimani istaging keladi?
  • Khujayinimizning boshidagi singari kokil quyishni,
  • Qani beri kel-chi, boshingni bir kurib quyay, ular nima qilib kuyishganini – deb ona ugli tomon talpindi.

Manqurt shartta tisarilib, uzini olib qochdi, boshidagi telpagini changallagan buyicha qaytib onaga boqmadi. Bosh haqida hech qachon suz ochish mumkin emasligini ona endi tushundi.

Shu payt olisdan tuya mingan kishining qorasi kurindi. U shu yoqqa tomon kela- yotgan edi.

  • Bu kelayotgan kim? – suradi ona.
  • U menga ovqat olib kelyapti, – dedi ugil.

Nayman ona tashvishga tushdi. Bevaqt paydo bulib qolgan bu jungjangning kuziga chalinmaslik uchun tezroq goyib bulishi kerak edi. U tuyasini chuktirib, darhol minib oldi.

  • Sen unga hech narsa aytmagin. Men tezda qaytib kelaman, – dedi Nayman ona.

Ugli lom-mim demadi. Uning parvoyi palak edi. Utlab yurgan tuyalar orasidan qochib borayotgan Nayman ona khato ish qilib quyganini tushundi. Birok vakt utgan edi. Oq tuyaga minib borayotgan onani jungjang kurib kolishi mumkin edi. Oqmoyasini etaklab, utlab yurgan tuyalar orasidan berkinib yayov junagan maqul edi.

Yaylovdan khiyla olislab ketgach, Nayman ona chetlarida ermanshuvoqlar usib yotgan chuqur jarlikka kirib bordi-da, Oqmoyani chuktirib kuzata boshladi. Gumoni tugri chikdi, payqab qolgan ekan. Kup utmay, tuyasini yurttirib kelayotgan haligi jungjangning qorasi kurindi. U nayza va uq-yoy bilan qurollangan edi. Jungjang, haligi ok tuya minib olgan odam qayokka goyib buldi, deganday atrofga alanglab qarar edi hayratlanib. U qaysi tomonga qarab yurishini bilmay, gangib qolgan edi. Goh u yoqqa, bu yoqqa tuya choptirib utdi. Nihoyat, jarlikka juda yaqinlab keldi. Yakhshiyamki, Okmoyaning tumshugini rumol bilan boglab quyish esiga kelgan ekan. Aks kholda, u bukirib yoki pishqirib yuborishi ham mumkin edi. Nayman ona jarlik yoqasidagi erman orasiga yashirinib olgan joyidan jungjangni endi aniq kura boshladi. U barok tuya ustida atrofga olazarak bulib qarardi, kupchib ketgan yuzlari jiddiy tusda, boshidagi kora qalpogining ikkala uchi tepaga qayrilib ketgan, guyo qayiqni eslatardi. Boshining orqa tomonida esa bir uram qopqora haydar kokili yaltirab, osilib turardi. Jungjang uzangida tik turib, nayzasini uqtalgancha kuzlarini chakchaytirib atrofga nazar tashlardi. Bu odam Sariuzakni bosib olib, qanchalab aholini qul qilib haydab ketgan, onaning oilasiga ham cheksiz qulfatlar keltir- gan ganimlardan biri emasmi? Mana shu quturgan yirtqich yovga karshi yolgiz ona – kurol-yaroqsiz ayol nima kham kila olardi? Insonni khotirasidan mahrum etishdek shafqatsizligu vahshiylikka ularni qaysi turmush, qaysi voqea-hodisalar majbur etdi, deb uylardi ojiz kolgan ona uzicha…

Jungjang u yok-bu yoqqa zir yugurib hech nimani uchratmagandan sung, tezda ortga, tuyalar tudasi tomon kaytdi.

Kech kirib qolgan edn. Quyosh botgan bulsa kham osmonni olovlantirib turgan shu- lasi allamahalgacha dala yuzini yoritib turdi. Sung birdan qosh qorayib, borliqni tun zulmati qopladi.

Nayman ona bu tunni tanho uzi bechora mankurt ugli yaqinida -dashtda tunab utkazdi. Uglining yoniga borishga chuchidi, haligi khavfsirab kolgan jungjang kecha- si uyur oldida qolishi ham mumkin.

Uglini qullikda tashlab ketmay, bir amallab birga olib ketishga qaror qildi ona. Ugli manqurt bulsa ham, mayli, hech nimani tushunib, anglab etmasa kham mayli, kimsasiz chulda, jungjanglarning tuyasini boqib khor bulib yurganidan kura, uz uyi- da, uz odamlari orasida yashagani yakhshi emasmi? Ona kalbi shuni istardi. Boshqalar taqdirga tan berib ketishi mumkin bulgan holga ona sira ham kuna olmasdi. U uz qoni va jonini, kuz qorachigini qullikda qoldirib ketishni sira-sira istamas- di. Balki bolasi uz erida hushiga kelib, bolalik kezlarini eslab, barcha kurgan- kechirganlarini kayta tiklab olar, deya umid qilardi.

Ertasiga ertalab Nayman ona Oqmoyaga minib yana yulga tushdi. Uyur bu erdan khiyla uzoqlashib ketgan edi. Izlab, aylanma yullardan ehtiyotkorona utib, uzoq yul bosdi. Tuyalarni kurgandan keyin ham jungjanglardan birontasi kurinib qolmasin, deb uzok vaqt kuzatib turdi. Hech kimning yuqligiga kuzi etgach, uglining otini ay- tib chaqirdi.

  • Julomon! Julomon! Omonmisan?

Ugli burilib qaragan edi, ona quvonchidan baqirib yubordi, ammo shu zahotiyoq, ugli shunchaki, ovoz chiqqan tomonga qaraganini payqab qoldi.

Nayman ona uglining khotirasini tiklashga yana urinib kurdi.

  • Oting nima, eslab kur-chi! – deya yalinib-yolvorib inontirishga harakat qilardi u. – Otangning oti Dunanboy, bilmaysanmi uni? Sening isming manqurt emas, Julomon. Naymanlarning yayloviga kuchib borayotganimizda yuldatugilgansan. Shuning uchun otingni Julomon kuyganmiz. Sen tugilganingda biz usha erda qolib uch kecha-kunduz tuy-tomosha kilganmiz.

Bu gaplar manqurt ugilga zarracha tasir etmayotganini bilsa ham, bari bir ona uning sungan khotirasida nimadir yilt etib kurinib qolar degan umidda behuda urinardi. Ammo u devorga gapirayotganday edi. Shunga qaramay, utgan-ketganlardan gapirib, hadeb uzinikini takrorlayverdi:

  • Oting nima, eslab kur! Otangning oti Dunanboy!

Sung ona uzi bilan olib kelgan taomlaridan edirib-ichirib bulgandan sung, alla ayta boshladi.

Alla manqurtga maqul kelganday buldi, shekilli, quloq solib tinglab utirdi. Qorayib, uniqib ketgan yuziga kandaydir iliqlik yugurganday buldi. Shunda ona uglini bu erdan – jungjanglarning izmidan uz tugilib usgan qadrdon eriga birga olib ketishga kundirishga kirishdi. Manqurt esa tuyalarni qoldirib, qayoqqadir bosh olib ketishni miyasiga singdira olmadi, yuq, khujayinim tuyalardan bir qadam ham jilmaysan, dsb buyurgan, shuning uchun uyurni tashlab biron yoqqa ketmayman…

Chiqmagan jondan umid deganlariday, Nayman ona barbod etilgan khotira eshigi- ni ochib kirishga qayta-qayta harakat qilardi:

  • Eslab kur-chi, kimning uglisan? Oting nima? Otangning oti Dunanboy!

Uglini khushiga keltirish uchun behuda urinayotgan ona oradan qancha vaqt utganini ham payqamay qoldi, shu mahal uyur chekkasidan yana usha jungjang tuya minib ke- layotganini kurib esi chiqib ketdi. Bu safar jungjang juda yaqin kelib qolgandi, yurishi ham juda ildam. Nayman ona tezda Oqmoyaga mina solib, qochib koldi. Biroq yaylovning narigi tomonidan yana bir jungjang tuya yurttirib onaning yulini ke- sib chikdi, shunda Nayman ona tuyasida ularning urtasiga qarab soldi. Bedov tuya olga tomon elday uchib ketdi, ortdan taqib ostiga olgan jungjanglar baqirishib, qiyqirishib, nayzalarini siltab, dagdaga qilgancha uni quvlab borishardi. Biroq Oqmoyaga etmoq qayokda?! Ularning harsillab charchab qolgan tuyalari orqada qolib ketdi. Oqmoya bulsa tobora qizishib, nafasini rostlab, Nayman onani ulimdan qutqargancha, Sariuzak chullari buylab kushday uchib borardi.

G azablangan jungjanglar qaytib kelgandan sung, manqurtni rosa dupposlashganini ona bilmasdi. Ammo dupposlashgani bilan manqurt nimani ham bilardi. U khddeb bir gapni takrorlardi:

  • U sening onang bulaman, deb aytayapti.
  • Hech qanaqa onang emas u! Senda ona yuq! Bu yoqqa nima uchun kelganini bi- lasanmi? Bilasanmi?! Telpagingni sidirib olib, boshingni qaynoq suvga solgani kelgan! – deb battar qurkita boshlashdi jungjanglar shurlik manqurtni.

Bu suzlarni eshitib, manqurtning qoramtir yuzlari buzday okarib – kukarib ketdi, qullari bilan telpagini changallab, buynini elkalari orasiga qisib, khuddi yirtqichday ola-kula atrofga qaray boshladm.

  • Sen qurqmagin! Mana buni ushla! – deb jungjangning kattasi mankurtga uq- yoy tutqazdi.
  • Qani, muljalgaol-chi! -kichik jungjang kalpoginiosmongaotdi. Uqqalpoqni teshib utdi. – Uh-u, – ajablandi qalpoq egasi. – Qulida khotira saqlanib qolibdi!

Uyasidan chuchitib uchirib yuborilgan kush kabi Nayman ona Sariuzak chullarida oyogi kuygan tovukday elib-yugurardi, Endi nima kilarini, nimaga umid boglashni bilmasdi. Jungjanglar endi nima qilisharkin? Utovdagi tuyalarni, manqurt uglini ona etib bora olmaydigan boshqa erlarga, uzlarining katta urdalariga yaqin joyga haydab ketisharmikin yoki uni qulga tushirish uchun payt poylab yotisharmikan? Ming khil khayollarga gark bulgan ona boshi qotib, pastqam yullardan utib borib, yaylovni sinchkovlik bilan kuzatarkan, haligi ikkita jungjang uyurni tashlab ketib borayot- ganini kurdi-da, quvonib ketdi. Ular ungu suliga qaramasdan yonma-yon ketib bori- shardi. Nayman ona uzok vaqt kuz uzmay turdi, qachonki ularning qorasi kurinmay qolgach, ugli tomon yul solib qanday bulmasin, uni uzi bilan birga olib ketmoqchi buldi, U kim bulsa ham mayli, takdir boshiga shunday kora kunlarni solib, dush- manlar shunchalik takhkir etgan ekan – bu uning aybi emas. Mayli, ovsar bulsa ham uglini qullikda, asoratda qoldirib ketmaydi. Bosqinchilar tutqun etilgan far- zandlarimizni mayib-majruh qilganlarini, khurlab, akldan ozdirib, notavon bir ahvolga solib quyganlarini naymanlar kurib kuysin-da, gazabdan, or-nomusdan qulga qurol-yarog olsin. Gap bosib olingan erda emas. Er hammaga etib ortadi. Ammo lekin, jungjanglarning yovuzligini sira kham kechirib bulmaydi, ularning khiyonat- korligi etti yot qushni bulib ham yashash mumkin emasligini kursatib turibdi…

Ona ugli tomon borar ekan, shu kechasiyoq bu erdan ketish zarurligini unga qanday qilib tushuntirsam ekan, deb yul-yulakay uylar edi.

Qosh qoraya boshladi, Qanchalab utgan va utishi lozim bulgan son-sanoksiz tun- lar singari lojuvard – qizgish shulaga chulgangan tagin bir tun soyliklaru vo- diylar uzra buyuk Sariuzak sahrosini bosib kela boshladi. Oqmoya katta uyur tomon bekasini eldirib borardi. Botayotgan kuyosh shulalari qush urkach urtasida utirib olgan ona kiyofasini baralla kursatardi. U jiddiy tusda, yuzlarining qoni qochgan holda khushyor tortib, khavotirlanib utirardi. Sochlari oqarib ketgan, manglayini ajin bosgan, gam-gussali kuzlariga esa Sariuzak khuftoni singari gam-tashvish chukkan edi… Mana, u uyurga kham etib borib, utlab yurgan tuyalar orasidan utib kuza- ta boshladi, birok ugli kurinmasdi. Tuyasi esa tizginini chuvalantirib sudraganicha bemalol utlab yurardi… Nima buldi ekan unga?

  • Julomon! Qulunim Julomon, qanisan? – deb chaqira boshladi Nayman ona. Qilt etgan jon kurinmadi, hech qanday ovoz eshitilmadi.
  • Julomon! Qaerdasan? Bu men, onang bulaman! Qaerdasan?

Ona tashvish ichida atrofga olazarak bokar ekan, mankurt ugli tuyasining soya- siga berkinib, tizzalab utirganicha kamonni tarang tortib muljalga olayotganini payqamay qoldi. Faqat u quyosh nuri kuzini kamashtirayotgani sababli qulay vaziyat- ni kutayotgan edi.

-Julomon! Bolaginam! – deb chaqirdi ona uglini, biron hodisa yuz ber- madimikan deb tashvishlanib. Sung egarda utirgancha ugrilib qaragan edi, uzini muljalga olib turgan ugliga kuzi tushib qoldi. Shu zahotiyoq Oqmoyani burib chap bermoqchi bulgan ham ediki, vizillab kelgan uq uning chap qultigining ostiga san- childi. Ona: “Otma!” deyishga ulgurdi, kholos.

Bu ulim zarbasi edi. Nayman ona ikki bukildi va Oqmoyaning buyniga yopishga- nicha shilq etib tushdi. Lekin undan oldinroq boshidan oq rumol uchib ketib, havoda qushga aylanib chirqiray boshladi: “Kimning farzandisan, eslab kur! Oting nima? Otangning oti Dunanboy! Dunanboy! Dunanboy!..”

Ushandan beri Sariuzak dashti tepasida har kuni kechasi Dunanboy degan qush uchib yuradi, deyishadi. Usha qush yulovchiga duch kelib qolsa: “Kimning farzandisan, eslab kur! Eslabkur! Otingnima? Otangningoti Dunanboy, Dunanboy! Dunanboy!..” deb sado chiqarar ekan.

Shundan beri Nayman ona dafn etilgan usha joy Sariuzak muzofatida Ona Ba- yit qabristoni – Onaizor makoni deb ataladi…

Savol va topshiriqlar:

  1. Chingiz Aytmatovning qaysi asarlarini ukigansiz? Adib asarlari asosida yaratilgan qaysi kinofilmlarni bilasiz?
  2. Junjanglar makhkumlarni qanday qilib manqurtga aylantirar edilar?
  3. Nima uchun tutqunni manqurtga aylantirishgandan sung, yaqinlari ularni qaytarishga urinmay quyardilar?
  4. Nima sababdan qul-manqurt oddiy qullarga nisbatan qadrlanardi?
  5. YOzuvchi jungjanglarni nima uchun “odam zotiga aql bovar qiladigan va bovar qilmaydigan yovuzliklar orasida eng qabikh jinoyatga qul urdilar” deb ayblaydi?
  6. Manqurtga aylantirilgan uglining gam-gussasi olovida qovurilgan Nayman onaning faryodini qayta uqib chiqing. Onaning rukhiyatini shu suzlari asosida takhlil qiling.
  7. Savdogarlarning yosh manqurt haqidagi hikoyasi Nayman onani nima uchun qattiq hayajonga soldi?
  8. Bunday qiynoqlaru, azob – uqubatlardan bir umr gam chekib, gumonsirab, khavotirlanib yurgandan kura, albatta, uglini bir emas, ikki bora kumgani yakhshi emasmi?” suzlarining magzini chaqib kuring.
  9. Nima uchun naymanlar ananaga kura Nayman ona uglining jasadini jang maydonidan olib chiqisha olmagan edilar?
  10. Nayman ona shubha-gumonlar ogushida qanday khayollarga bordi? Bu khayollar okhir- oqibat qanday qaror qabul qilinishiga sabab buldi?

I. Nayman ona bilan uglining uchrashuv epizodini qayta uqing. Onaning qalb iztiroblari sizga qanday tasir qildi?

  1. “Erdan makhrum etish mumkin, mol-dunyodan mahrum etish mumkin, khatto insonni yashashdan ham mahrum etish mumkin, birok odam khotirasidan makhrum etishni kim, kim uylab topdi ekan?… YO rabbiy, agar olamda bor bulsang, bandalaringga bu yovuzlikni qanday ravo kurding. Er yuzida usiz kham yovuzlik kammidi”. Nayman onaning bu nolasi sizga qanday tasir qildi?
  2. Julamonning khatto onasini tanimasligi, loqaydligi onaning qalbiga qanchalar ogir botdi, uylab kuring.
  3. Jungjangni kurgach onaning khayolidan qanday uy-khayollar utdi?
  4. Manqurtga ona allasi qanday tasir qildi? Onaning yalinib-yolvorib qilgan iltijolari tasir qilmagan manqurtga nima uchun ona allasi maqul buldi deb uylaysiz?
  5. Nima uchun manqurtlar telpagini sidirib olib, boshlarini qaynoq suvga solishlaridan qurqadilar?
  6. Bosqinchilar tutkun etilgan farzandlarimizni mayib-majrukh qilganlarini, khurlab akldan ozdirib, notavon bir ahvolga solib quyganlarini naymanlar kurib quysin-da, gazabdan, or-nomusdan qulga qurol-yarog olsin” Onaning bu suzlari zamiriga qanday mano yashiringan?
  7. Onaning uldirilishi sizga qanday tasir qildi?
  8. “… boshidanoqrumol uchib ketib, khavodaqushgaaylanibchirqirayboshladi: “Kimning farzandisan, eslab kur! Oting nima? Otangni oti Dunanboy! Dunanboy! Dunanboy!” Bu satrlar qalbingizni larzaga soldimi? Nima uchun onaning aynan oq rumoli qushga aylanib faryod cheka boshladi?
  9. “Asrga tatigulik kun” romanidagi manqurtlik muammosining manosi, mokhiyati va hozirgi ahamiyati nimadan iborat?
  10. “Zamonaviy manqurtlik” tushunchasi khaqida nimalarni bilasiz?
  11. Ch.Aytmatovasarlariningjakhonshumul shuhrati belgilangan sabablarini aniqlashga harakat qiling.
  12. Adib asarlari va qahramonlari shakhsan sizni qanday manaviy estetik khislatlar bilan boyitgani khakida mustaqil mushohada yuritib kuring.

[1] Ona Bayit nomiddgi ikkinchi suz “bayt” manosini bildiradi, yani farzanl dogida iztirob chekayotgan onaning alamli faryodi, munojotini anglatadi. (T arjilyun.)

[2] Tuyaning bolasi ulganida, sut bermay quymasin, deb butalogining terisiga somon tiqib, onasiga kursatiladi. Shunda khayvonning mehri tovlanib eliniga sut keladi. (Tarj.)

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …