Главная / Madaniyat / Arab tili tarikhi

Arab tili tarikhi

arab-tiliOlamlarni yaratgan, okhirgi paygambarini islom bilan khushnud qilgan hamda Uzining nazdidagi din islom ekanligiga rozi bulgan zot Allohga behisob-beadad hamd-u sanolar bulsin. Qurayshlarning sayyidi, arablarning eng fasohatlisi bulgan hamda ikki dunyoning chirogi bulib dunyoni munavvar qilgan paygambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga cheksiz-cheksiz durud-u salovatlar bulsin.
Arab tili somiy tillar oilasiga mansub bulib, uning adabiy til normasi johiliyat davrida shakllangan. Uning taraqqiyoti uch bosqichga bulinib urganiladi: qadimgi, klassik va hozirgi zamonaviy arab tili.
Klassik arab tili islom bayrogi ostida Yaqin va Urta Sharqqa, Markaziy Osiyo va Afrikaning kup qismiga tarqaldi. Bunda albatta, sahobalarning urni beqiyos hisoblanadi. Keyinchalik, u Urta Osiyoda uzoq vaqtlargacha khalqaro va bilim tili bulib keldi. Bu tilda davlat dasturlari olib boriladi va hikmatlarga tula asarlar yoziladi. Shulardan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Muhammad Khorazmiy va Mahmud Zamakhshariy kabi uzlarining chuqur ilmiy mulohazalari bilan dunyo fanining ravnaqiga sezilarli tasir kursatgan fan daholari, buyuk vatandoshlarimiz ham shu tilda samarali ijod qilishgan. Klassik til hozirgi arab tilining shakllanishi uchun zamin buldi.
Hozirgi zamon adabiy arab tili Arabiston yarim oroli va undan shimolroqdagi hamda Shimoliy va Sharqiy Afrikadagi yigirmadan ortiq davlatlarning rasmiy tili hisoblanadi. Qadimgi tilining bazi yodgorliklari bizgacha etib kelgan. Tadqiqotchilar shu yodgorliklardagi yozuvlar asosida uning grammatik qurilishini va qisman suz boyligini aniqlashga muvaffaq bulishgan.
Klassik arab tilining namunalari esa bizgacha juda kup miqdorda etib kelgan. Unda mukammal grammatik qurulishga ega bulgan, keng leksik tarkibli, johiliy davri nazmi va tasirdor qabilalar lahjalari nodir khususiyatlarini uzida umumlashtira olgan boy tilni kurish mumkin. Arab davridagi haq dinni izlovchilarning nazmida:

فَيَا عَجَبًا كَيْفَ يُعْصَي الإلَهٌ أَمْ كَيْفَ يَجْحَدُهُ الْجَاحِدُ؟

Vo ajab! Qanday qilib ilohga osiy bulish bor,
YO inki inkor qiluvchining inkori bor .

    Klassik arab tili takomilida arab qabilalari lahjasida eng etiborlisi quraysh lahjasi hisoblangan. Chunki ularning zamini Makkai mukarrama bulgan. Makkai mukarramada esa, ulug Quroni karim nozil bulgan. Quroni karim arab tilida, quraysh lahjasida nozil bulgan. Uning arab tilida nozil bulganiga Alloh taoloning kalomida bir necha urinlarda zikr qilingan. Alloh taolo Shuaro surasi 7-oyatida shunday marhamat qiladi:

وَكَذَلِكَ أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ قُرْآَنًا عَرَبِيًّا لِتُنْذِرَ أُمَّ الْقُرَى وَمَنْ حَوْلَهَا وَتُنْذِرَ يَوْمَ الْجَمْعِ لَا رَيْبَ فِيهِ فَرِيقٌ فِي الْجَنَّةِ وَفَرِيقٌ فِي السَّعِيرِ

(Barcha) shaharlar onasi (Makka ahlini) va uning atrofidagi kishilarni ogohlantirishingiz uchun va shubhasi yuq «tuplanish kuni» (qiyomat kuni)dan ogohlantirishingiz uchun Biz Sizga mana shunday arab tilidagi Quronni vahiy qildik. (U kunda) bir guruh jannatda bulsa, bir guruh duzakhdadir. Shu bois, Muqaddas Kitobni tugri tushunish, uni anglash uchun arab tilini urganishnish, khususan sarf va nahv qoidalarining ahamiyati beqiyosdir. Zero, arab tilini bilmaslik emas, aksincha bilib, unda khato qilgan insonlar malomat qilingan.
Abu Tib aytadilar: “Bilginki, arablarning kalomiga khalal etkazgan va urganishi eng ehtiyoj sezilarli narsa bu erobdir. (Erob bu – kalimaning okhiridagi harakat) Rivoyat qilinadiki, bir kishi               Rasululloh salallohu alayhi vasallam huzurlarida suzlayotib, lahn (khato) qiladi. Shunda u zot:

أَرْشِدُوا أخَاكُمْ فَقَدْ ضَلَّ

Yani, “Birodaringizni tugri yulga yullab quying, batahqiq u adashdi”, dedilar. YOqut aytadilar: “Umar ibn Khattob raziyallohu anhuning oldilaridan kamon otishni yakhshi bilmaydigan bir qavm utib qoldi. Ularga tanbeh berdilar, ular aytishdi: “Biz talim oluvchi qavmmiz”. Umar raziyallohu anhuning gazablari keldi va dedilar: “Albatta, sizlarning tilingizdagi khatolaringiz kamon otishdagi khatolaringizdan kura yomonroqdir”. Sababi, haligi kamon otayotgan qavm arab tili qoidasiga zid qilib gapirishgan. Shu bois, Hazrat Umarning jahllari chiqadi.
Hazrat Umar davrlarida u zotga voliylardan biri maktub yozadi va unda lahn qiladi. Bu Umar raziyallohu anhuga khush kelmaydi. Ibn Qutayba aytadilar: “Bir arobiy bir muazzinning bunday deyayotganini eshitib qoladi:

أشْهَدُ أنَّ مُحَمَّدَّا رَسُول الَّله

    Muazzin رَسُولُ suzini nasb (fatha harakati)da uqiydi. Haligi eshitib turgan kishi arobiy bulsada, ajablanib: “Shuri qurigur, bu nima qilyapti uzi?”, deydi. Bir arobiy bozorga kirib bozorchilarni lahn qilayotganini eshitib qoladi va “Subhanalloh, lahn qilishyapti. Biz esa lahn ham qilmaymiz, foyda ham kurmaymiz”, deydilar. Yani ular shuncha khato qilishsa ham, foyda kurib yotishibdi. Biz esa tugri suzlab, foyda kurishni bilmaymiz deyishgan.
Asmoiy aytadilar: “Turt kishi na hazlida ham va na jiddiy gapida ham lahn (khato)ga yul quymagan. Ular Shabiy, Abdulmalik ibn Marvon, Hajjoj ibn Yusuf va Ibni Fariadir. Ularning ichida eng fasohatlisi Hajjoj hisoblanadi”. Bundan bilinadiki, bu insonlar hazil va jahl holatida ham arab grammatikasiga amal qilib suzlagan.
Bir kuni Hazrat Ali raziyalohu anhu bir kishining Tavba surasini notugri erob bilan uqiyotganini eshitib qoladilar va Abu Asvad ad-Dualiyni chaqirib qoida yozishga buyuradilar. Boshqa rivoyatda, aytadilarki, Abu Asvad hazrat Alining huzurlariga kiradi, Hazrat Alining qullarida siyoh bor edi. Abu Asvad aytadilar: “Ya amiral muminiyn! Qulingizdagi nima? Ali raziyallohu anhu: “Uylab qoldim, mana bu qizillarni arablarga aralashishi oqibatida arab tili buzilyapti. Men bu bilan bir narsa urnatmoqchimanki, arablar ularga murojaat qilsin va unga suyansinlar. Sung qullaridagi haligi narsani Abu Asvad tomon tashlaydilar . Unda quyidagicha yozilgan edi:

الكَلَامُ كُلُّهُ إسْمٌ وَ فِعْلٌ وَحَرْفٌ. فَلاسْمُ مَا أنْبَاءَ عَنِ المُسَمَّى. وَالفِعْلُ مَا أنْبِىءَ بِهِ. وَالحَرْفُ مَا أفاَدَ مَعْنَى

Yani: “Kalomning barchasi ism, fel va harfdan iboratdir. Ism nomlangan narsadan khabar beradi. Fel esa u bilan khabar beriladi. Harf esa mano anglatmaydi”. Sung aytadilar: “Mana shu 3 narsadan keyin khayolingga nima kelsa, yozavergin”.
Shundan sung arab tili qoidalariga katta etibor beriladigan buldi. Birinchi bulib bu sohada Abu Asvad ad-Dualiy arab tiliga doir qonun-qoidalarni ishlab chiqaradilar. Bu sohada eng muvaffaqiyat qozongan shakhs bizning vatandoshimiz Mahmud Zamakhshariy hazratlari hisoblanadilar. Bu olim uz kitobida arablarning uzi urganishga muhtoj bulgan qimmatli malumotlarni yozib qoldiradi. Hatto arablardan bazilari aytadi: “Agar bu inson shunday buyuk ishni qilmaganda biz uzimizning sof tilimizdan ayrilib qolardik”.
Biroq arab tilining grammatik normalari esa milodning XII-IKh asrida ishlab chiqildi. Quroni karimning nozil bulishi, paygambarimiz Muhammad alayhissalom hadislarining yuzaga kelishi arab adabiy tilining yanada rivojlanishi, tasir doirasining kengayishi, arab bulmagan boshqa khalqlar tomonidan ham arab tilini keng urganilishiga yul ochib berdi. Ayniqsa, Bagdod khalifaligida tashkil etilgan ilmiy markaz va unda arab olimlari bilan bir safda kuplab musulmon ulkalardan kelgan ajam olimlarining tadqiqot ishlari olib borishgani arab tilining ilm-fan sohasidagi mavqeyini yanada yuqori kutardi. Natijada bu til butun musulmon sharqi hududida Evropadagi lotin tili kabi fan tiliga aylandi. Bundan tashqari, u kuplab musulmon sharq mamlakatlarida uzoq vaqt davlatlararo muomala tili bulib ham khizmat qildi.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …