Главная / Madaniyat / Amonat nima islom dinida

Amonat nima islom dinida

Amonat ulug khulq va guzal sifat bulib, har bir musulmon inson amonatdor bulmogi, amonatni guzal darajada ado etmogi lozimdir. Zero, qudratli va ulug Alloh taolo shunday amr qilgan:

«Albatta Alloh sizlarni amonatlarni uz

egalariga topshirishga buyuradi» (Niso surasi, 58-oyat).

Haqiqiy musulmon amonatli, ishonchli buladi, odamlar unga hamma narsada ishonadilar, u savdo-sotiqda ishonchli, toshu-tarozida amonatdor hamda odamlarning sir-asrorlarini saqlashda ham tengi yuq insondir.

amonatIslom dini barcha masalalarni amonatga boglaydi. Chunki Islom dinining uzi ham har bir inson buynidagi eng katta amonatdir. Namoz, ruza, haj kabi ibodatlar ham barchasi amonat turlariga kiradi. Hatto, insonning uz tanasi ham amonat hisoblanib, bu amonatga khiyonat qilmasligi shart. Khullas, Allohning barcha nematlari banda uchun amonatdir. Nematlardan tugri foydalanib, uz urnida ishlata bilsa, amonatni ado etgan, aks holda amonatga khiyonat qilib quygan hisoblanadi. Masalan, ilmni olaylik. Kishi urgangan ilmidan tugri foydalanib, uz ilmini manfaatli yullarda ishlatadigan bulsa, u ushbu amonatga khiyonat qilmagan sanaladi. Odamlar orasida adolatli bulib, barcha gap-suzlari va felu atvorlari odil bulmogi ham amonatning bir qismidir.

Amonat juda ham guzal khulq bulib, insonni khudojuy, ikhlosmand bulish, faqat Allohdan qurqmoq kabi oliy akhloqlarga etaklaydi. Musulmon kishi zimmasidagi barcha amonatlarni uz joyiga quyib, barcha ishlarida amonatdor bulishi naqadar katta bakht!

Quyida Islomning yorqin tarikhi guvoh bulgan amonatdorlik haqidagi voqeiy hikoyalardan bir nechasini keltirmoqchimiz. Hikoyalar orqali amonatning fazilati, amonatdor kishilarning qadri, qimmati uquvchiga yaqqol kurinadi, deb umid qilamiz. Rabbimiz subhonahu va taolo barchamizni amonatdor kishilardan bulishiga tavfiq bersin, omiyn.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …