Главная / Texnologiyalar / Amazon dunyoning eng yirik reklama beruvchisiga aylandi
<

Amazon dunyoning eng yirik reklama beruvchisiga aylandi

Amazon kompaniyasining 2019 yilda reklamaga kharajatlari 11 mlrd dollargacha etgach, u dunyoning eng yirik reklama beruvchisiga aylandi. Bungacha eng yirik reklama beruvchi Procter & Gamble (P&G) hisoblangan.

GroupM tahliliy kompaniyasi rahbari Brayan Vizerning takidlashicha, Amazon hisobiga dunyodagi barcha reklama kharajatlarining 2 foizi tugri keladi.

Amerikalik tadbirkor Jeff Bezos tashkil etgan kompaniyaning reklama kharajatlari okhirgi un yillikda 20 marotaba oshgan. Vaholanki, kompaniyaning 2009 yilda reklamaga kharajatlari 593 mln dollarni tashkil qilgan ekan.

Umuman olganda, kompaniyaning 2019 yilda marketingga umumiy sarf-kharajatlari 18,9 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bunga reklamaga sarflangan 11  mlrd dollar va boshqa kharajatlar, jumladan marketing va savdo bilan shugullanuvchi khodimlarga oylik maosh kiradi.

Amazon’ning eng yirik bozorlari – AQSh, Germaniya, Britaniya va Yaponiya hisoblanadi. Amazon okhirgi yillarda yirik mediakholdingga aylanib, reklama berish bilan bir qatorda uz saytida reklama uchun joylarni taklif qiladi. Bundan kompaniya 14,1 mlrd dollar foyda olgan. Amazon hozirda raqamli reklama sotish buyicha Google, Facebook va Alibaba kompaniyalaridan keyin dunyoda 4-urinni egallamoqda.

Avvalgi eng yirik reklama beruvchi hisoblangan Procter & Gamble kompaniyasining 2019 yilda reklamaga kharajatlari 350 mln dollargacha kamayib, 6,8 mlrd dollarni tashkil qilgan.

О нас

Яна маълумот

brd3

10 ta brend nomi: ularda yashirin mano bor

Kompaniya nomi brendning rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Akhir jarangdor nom raqobatchilar olomoni orasida ajralib …