Главная / Jamiyat / Almatov: Fransiyadan kelgan ilk bemor uz khonadonida 35 kishilik bayram qilgan
<

Almatov: Fransiyadan kelgan ilk bemor uz khonadonida 35 kishilik bayram qilgan

Koronavirusga qarshi kurash buyicha AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda “Uzreport” telekanali orqali Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov ishtirokida tugridan-tugri efir orqali brifing utkazildi.

Foto: KUN.UZ

Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov Uzbekistonda dastlabki qayd etilgan bemor haqida malumot berdi:

– Fransiyadan kirib kelgan ilk bemor etib kelgan kuni uz khonadonida 35 kishi ishtirokida bayram qilgan. Usha mehmondorchilikda qatnashganlardan 13 kishida bugungi kunda bu kasallik qayd etildi. U bilan samolyotda 250 kishi kelgan, aeroportda tushganidan keyin shakhsiy avtomobilida ham oila azolariga yuqtirgan. Keyin ishiga chiqqan va ish joyida 80 nafar khodim va 42 nafar bemorlar bilan muloqotda bulgan.

Bu zanjir davom etadi. Usha muloqotda bulganlar ham uz navbatida oila azolari yoniga qaytadilar, kundalik hayotdagi ishlarini bajaradilar, dukon, sartaroshlarga kiradilar.

Yani bu urinda kasallik geometrik progressiyada tarqalib ketishi mumkin, dedi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori.

Brifing davomida Bahrom Almatov 24 mart sanasi soat 12:00 holatiga Uzbekistonda 49 nafar koronavirusga chalingan bemor qayd etilganini bildirdi.

О нас

Яна маълумот

UM90Er-7vqwzNPNvUZG85qWM_KoupSHs

Qozogistonda 15 kishi alkogoldan zaharlanib uldi

Polisiyaning malumot berishicha, vafot etganlar besh litrli plastik idishlarda bulgan alkogol mahsulotidan zaharlangan. Foto: Vladislav …