Главная / Jahon / Alisher Usmonov Rossiyaning eng katta tasirga ega musulmonlari untaligidan joy oldi
<

Alisher Usmonov Rossiyaning eng katta tasirga ega musulmonlari untaligidan joy oldi

“Biznes Online” ishbilarmonlik nashri uz talqiniga kura, Rossiyaning eng katta tasirga ega musulmonlari yuztaligini elon qildi.

Ravil Gaynutdin
Foto: RIA “Novosti”

 

Reytingda Rossiya musulmonlar diniy boshqarmasi prezidiumi raisi va muftiylar kengashi rahbari Ravil Gaynutdin etakchilik qilmoqda. 2-urinni egalladi Tataristoning birinchi prezidenti Mintimer Shaymiev.

Mintimer Shaymiev
Foto: RIA “Novosti”

3-uringa dogistonlik yakkakurash jangchisi, UFC buyicha jahon chempioni Khabib Nurmagomedov loyiq topilgan.

Khabib Nurmagomedov
Foto: RIA “Novosti”

Shuningdek, etkchi untalikdan Tataristonning amaldagi prezidenti Rustam Mininkhanov (4-urin), Checheniston rahbari Ramzon Qodirov (5-urin), USM Holdings asoschisi va bosh aksiyadori, milliarder Alisher Usmonov (6-urin), Rossiya musulmonlari markaziy diniy boshqarmasi raisi Talgat Tojuddin (7-urin), Rossiya Federasiya kengashining Dogistondan azosi, milliarder Suleyman Kerimov (8-urin), Moskva merining shaharsozlik siyosti va qurilish masalalari buyicha urinbosari Marat Khusnullin (9-urin) va Moskva jome masjidi imom-khatibi Shamil Alyautdinov (10-urin) joy olgan.

Foto: RIA “Novosti”

Reytingga 100 kishi kiritilgan bulib, undan hokimiyat, biznes, madaniyatda muhim urinlarga ega bulganlar, mesenatlar, din va manaviyat arboblari, islom olimlari urin olgan. Nomzodlar diniy, siyosiy, iqtisodiy va jamiyat turmushiga tasiri buyicha baholangan.

Alisher Usmonov islom dini rivoji uchun amalga oshirayotgan ishlari uchun etirof etilgan. Jumladan, u Bulgor islom akademiyasiga rekord miqdorda khayriya mablagi ajratgan (500 mln rubl) hamda Bulgor shahrida Oq masjid qurilishiga homiylik qilgan. Mutakhassislarning takidlashicha, Usmonov islom bilan bogliq boshqa loyihalarni nafaqat Rossiyada qullab-quvvatlaydi. Jumladan, tadbirkor Toshkentdagi Islom madaniyati markaziga 8 mln dollarlik kitoblar tuplamini sovga qilgan. Kitoblar orasida Sharq madaniyati va islom dunyosining Evropaga tasiri haqidagi asarning nafaqat lotin, ingliz, fransuz va nemis tillardagi tarjimasi, balki buyuk ajdodimiz Ibn Sinoning “Tib ilmi qonunlari”ning lotin tiliga ilk tarjima qilingan nuskhasi bor.

О нас

Яна маълумот

LrVnMHSt73XgJlnRk7QhKZu_xl7-8n0A

216/252: AQShdagi ommaviy qotilliklarni tukhtatishning imkoni bormi?

Utgan dam olish kunlari AQShda aholini ommaviy uqqa tutish buyicha uziga khos rekord qayd etildi. …