Главная / Iqtisodiyot / Ai-80 benzini narkhini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi
<

Ai-80 benzini narkhini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi

1 maydan Ai-80 markali benzin va dizel yoqilgisi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilgisi) chakana narkhini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi. Bu Prezident Mirziyoev tomonidan 4 aprel kuni imzolangan “Neft-gaz tarmogining moliyaviy barqarorligini oshirish buyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar tugrisida” qarorda kuzda tutilgan.

Foto: KUN.UZ

Hujjatda qayd etilishicha, 1 maydan boshlab neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilgisi faqat birja savdolari orqali sotilishi yulga quyiladi.

Qarorda dizel yoqilgisi, shu jumladan EKO markali dizel yoqilgisini 2020 yilning I choragidagi birja savdolari natijalariga kura shakllangan urtacha narkh buyicha tugridan-tugri shartnomalar asosida sotib olishi mumkin bulgan tashkilotlar ruykhati belgilab berilgan. Bular:

– byudjet tashkilotlari

– pakhta khomashyosi va galla ishlab chiqaruvchi fermer khujaliklari

– pakhta-tuqimachilik klasterlari

– “Uzbekiston temir yullari” AJ

– “Toshshahartranskhizmat” AJ

– maishiy chiqindilarni tuplash va olib chiqish buyicha davlat korkhonalari.

Shuningdek, ushbu tashkilotlarga dizel yoqilgisi neftni qayta ishlash zavodlaridan neft mahsulotlarini birja savdolari orqali kharid qilish huquqini taqdim etgan holda sotiladi.

Neftni qayta ishlash zavodlari “Uzbekneftgaz” AJ neft bazalarining buyurtmanomalariga kura yuqorida sanab utilgan tashkilotlarga dizel yoqilgisi, shu jumladan EKO markali dizel yoqilgisini “Uzbekneftgaz” AJ tomonidan belgilanadigan chegirma asosida sotadi.

О нас

Яна маълумот

«AI-80 benzini 4 ming sumdan ham arzonlashiga ishonchim komil» — «Uzbekneftgaz» raisi urinbosari

Malum bulishicha, «Uzbekneftgaz» aprel okhiri – may boshida brent markali neft narkhi 22-25 dollar bulgan …