Главная / Siyosat / «Ahvoli ogir, suniy nafas berish apparatiga ulangan». Musa Erniyazovning holati haqida qushimcha malumot berildi
<

«Ahvoli ogir, suniy nafas berish apparatiga ulangan». Musa Erniyazovning holati haqida qushimcha malumot berildi

Qoraqalpogiston Respulikasi Juqorgi Kengesi raisi Musa Erniyazovning ahvoli ogir deb baholanmoqda, u upkaning suniy ventilyasiya apparatiga ulangan.

Sogliqni saqlash vazirligi vakillari ishtirokidagi matbuot anjumanida Qoraqalpogiston Respublikasi Juqorgi Kengesi raisi Musa Erniyazovning ahvoli haqida qushimcha malumot berildi. Koronavirusga qarshi kurashish shtabi azosi Anvar Alimov Musa Erniyazovning davolanish uchun Turkiyaga olib ketilgani haqidagi khabarlarni rad etdi – u Nukusda davolanmoqda.

«Bemor hozirda respirator terapiya olmoqda – u upkaning suniy ventilyasiyasi apparatiga ulangan. Uning ahvoli ogir deb baholanmoqda. Musa Erniyazovni davolash uchun boshqa davlatga olib ketish haqida hech qanday gap bulgani yuq», deya uning suzlarini keltirmoqda Kun.uz mukhbiri.

Shtab azosi Habibullo Oqilovning suzlariga kura, bemorni davolash turkiyalik va germaniyalik mutakhassislar bilan maslahatlashgan holda amalga oshirilmoqda.

«Musa Tajetdinovich kasallikning birinchi kunidan boshlab Vohidov nomidagi ikhtisoslashtirilgan khirurgiya markazining Nukus filialida davolanyapti. U erda Toshkent shahridan ikki nafar mutakhassis va mahalliy tibbiyot mutakhassislari ishlashmoqda.

Uzbekistonga germaniyalik va turkiyalik mutakhassislar kelganda Toshkent shahridan turib videokonferensaloqa orqali Bukhoro, Khorazm va Nukus bilan aloqa urnatib, u erdagi bemorlarning ahvoli buyicha maslahatlashdik. Shuningdek, Musa Erniyazovning holati buyicha ham maslahatlashildi va davolash rejasiga kursatmalar berildi», degan Oqilov.

Eslatib utamiz, 18 iyul kuni Qoraqalpogiston Respublikasi Juqorgi Kengesi raisi Musa Erniyazovning koronavirusdan davolanayotgani haqida khabar berilgan edi. 25 iyul kuni Erniyazovning ulimi tugrisida khabarlar tarqalgan, Sogliqni saqlash vazirligi bu malumotni rad etgan.

О нас

Яна маълумот

Prezident muhtojlar uchun ajratilgan mablaglarni adolatli taqsimlash buyicha topshiriq berdi

Ijtimoiy himoya tizimida adolatni taminlash buyicha kursatmalar berildi. Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 4 …