Главная / Iqtisodiyot / «Aholini khavfdan ogohlantirish juda oson va u qimmat emas» – khorijlik ekspert «Sardoba» upirilishi haqida
<

«Aholini khavfdan ogohlantirish juda oson va u qimmat emas» – khorijlik ekspert «Sardoba» upirilishi haqida

Niderlandiyada joylashgan DELTARES mustaqil tadqiqot markazi ekspertlari «Sardoba» suv omboridagi tekhnogen ofat yuzasidan birlamchi tahlillarini elon qildi.

Foto: Kun.uz

Tahlillar 9 maygacha bulgan davrda olingan suniy yuldosh tasvirlari, radar sensorlari va ochiq malumotlarga asoslangan.

12 sahifadan iborat, rus tilida taqdim etilgan birlamchi hisobot bilan researchgate.net saytida tanishish mumkin (pdf).

BBC uzbek khizmati tadqiqot mualliflari – Sanjay Giri va Gennadiy Donchis bilan intervyu tashkil etdi. Kun.uz intervyuda ekspertlar qayd etgan ayrim fikrlarni keltirib utadi.


Gennadiy Donchis (chapda) va Sanjay Giri (ungda)

FVV boshqarma boshligi Komiljon Aripov aholini khavfdan ogohlantirish tizimi bulmagani va bu juda qimmat turishini aytdi. Bunday tugonda uzi erta ogohlantirish tizimi bulishi kerakmi?

Sanjay Giri: Ha, albatta, bulishi kerak. Va u unchalik qimmat emas. Hamma gap havo sharoitlarini bashorat qilishda. Gidrometreologik tizimlar bilan birga ishlanadi va kuchli yomgir yogsa, khavf ulchanadi.

Shuning uchun ham biz bir necha bor ogohlantirganmiz: gidrometeorologik monitoring tizimini yakhshilash kerak, deganmiz. Bu kabi kuchli yomgir va shamolni 2-3 kun oldin bashorat qilsa buladi. Shuning asosida 2-3 kun oldin, masalan, ombordan suvni chiqarishni boshlasa buladi.

Bugungi zamonda buni qilish juda oson va u qimmat emas. Masalan, biz Hindistondagi tugonga shunday tizimni urnatdik. Tizim har soatda suv omborining sathini ulchab turadi.


Tekhnogen ofatdan oldingi holat. Qozogistonning Maqtaorol tumanigacha masofa 24 km.

Men Uzbekistonda bulib boshqa suv omborlarini kurganimda, u erda kup narsa hali ham qul bilan qilinishiga guvoh buldim. Bir yil avval biz Uzbekistonga buni avtomatlashtirish kerakligini tavsiya qildik. Chunki shu yul bilan inson omili ortidan kelib chiqadigan khatolar khavfini kamaytirsa buladi.

Toshkentga yaqin bir tugonda hali ham juda eskicha usul qullanilar ekan. Yani kimdir usha erga borib ulchamlarni oladi. Lekin ekstremal vaziyatda avtomatlashtirilgan tizim kerak. U erga bormay turib ham, har soatda bulayotgan uzgarishlarni ekranda kurib turish mumkin.

Uzbekistonda avval ham ishlaganmiz va u erdagi hukumatga yangi tekhnologiyalarni avvaldan bashorat qilish ishlari uchun qullashni tavsiya qilib kelganmiz.

Biz utgan oyda u erga borib, makhsus treninglar utkazmoqchi edik. Ammo koronavirus tufayli bora olmadik.


Tekhnogen ofatdan oldingi va keyingi holat. Ombordagi suvning uchdan ikki qismi yuqotilgan.

Tugon uzoq vaqt davomida tanaffuslar bilan qurilgani – upirilish sabablaridan biri bulishi mumkin

Sanjay Giri: Ofatning ehtimoliy sabablari kup. Masalan, upirilgan joyga yaqin drenaj kanalida khatolarga yul quyilgan bulishi mumkin.

Bu suv ombori uzilishlar bilan uzoq vaqt davomida qurilgan. Suratlardan ayon bulgani shuki, uning upirilgan qismi okhirgi bosqichlarda qurilgan bulgan. Qurilishdagi tanaffuslar sababli tugon devorlarining deformasiyasi bir tekisda va uzaro hamohang tarzda kechmagan, bu esa okhir-oqibatda upirilishga olib kelgan bulishi mumkin.

Bazi InSAR tasvirlarga kura, tugonning yangi qurilgan qismida deformasiya avvalroq qurilganlaridan farqli tarzda yuz bergan.


InSAR tekhnologiyasi tasviri tugon devorlari deformasiyasi turlicha bulganini kursatmoqda. Qizil nuqtalar tuproqli plotinaning vaqt utishi bilan muayyan darajada chukishini anglatadi.

Suv toshishi notugri loyihalashtirish yo qurish oqibati ham bulishi mumkin. Va albatta, tabiiy hamda insoniy omillar qorishmasi sabab bulishi ehtimoli ha bor.


Upirilish ruy bergan joy yaqinida drenaj kanali bor. Ushbu kanal va boshqa ehtimoliy lokal defektlar tugon devorilarining notekis deformasiyasiga olib kelgan bulishi mumkin.

Fundament yomon qurilgan bulsa, beton ham qulaydi

Sanjay Giri: Asosiy gap qanday materiallar ishlatilganida emas. Masalan bizda, Niderlandiyada deyarli barcha tugonlar tuproqdan qurilgan. Lekin bizda ularning tagi torf buladi. Torf nam bulganda kengayib, quriganda kichraygani uchun fundamentni qurayotganda yana ham ehtiyot bulish va makhsus qonun-qoidalarga buysunish kerak.

Shuning uchun tugon qurishdan avval birinchi urinda hududning geologik sharoiti urganilishi shart va shuning asosida loyiha ishlab chiqarilishi lozim. Bular urganilmasa, agar fundament yomon qurilgan bulsa, beton ham qulashi mumkin.


Tugon upirilgach, takhminan 3 soat utgandan keyingi holat. Bu vaqt ichida damba hajmiga teng miqdordagi hudud suv ostida qolgan.

«Tadqiqotdan maqsadimiz – qisqa vaqt ichida masofadan turib birlamchi tahlil utkazish mumkinligini kursatish edi»

Sanjay Giri: Maqsadimiz – masalani faqat professional va tekhnik nuqtayi nazardan tahlil qilish edi. Biz unda masofadan turib yigiladigan sensorli akhborotlar va internetda bor malumotlar asosida barcha ehtimoliy sabablarni kursatishga urindik. Kimnidir yo nimanidir ayblash niyatimiz yuq.

Biz bu hisobotimiz bilan yangi tekhnologiyalar yordamida shuncha qisqa vaqt ichida, shuncha uzoqdan turib ham bunday fojiali hodisani tahlil qilish mumkinligini kursatmoqchi buldik.

Hisobotimizda aytganmiz, haqiqiy sabablarni berish uchun bizga kuproq malumotlar kerak buladi.

Bizda «Sardoba» qanday loyihalashtirilgani borasida mutlaqo malumot yuq. Aslida bizning asosiy maqsadimiz ham sabablarni aniqlash emas, balki innovasion usullar bilan tahlil qilishni, suniy yuldoshdan olingan tasvirlar orqali suv qayoqqa ketyapti, nega shu yunalishda ketyapti, shu kabilarni kursatib berish edi. Bu suv ombori haqida malumot topishga qiynaldik.

Gennadiy Donchis: Bu kabi hisobotlardan yana bir maqsad – ana shunday hollar yuzaga kelgan qanday yul tutish kerakligini urganish. Hatto tijoriy kompaniyalar ham ofat yuz berganda bajonidil real vaqtdagi satellit tasvirlarni ulashishga tayyorlar. Shunday ekan, ulardan foydalansa buladi.

Ochiq malumotlar yordamida dunyoning har bir burchagidagi tugonga qarab, agar u upirilsa, qancha hududga khavf tugdirishini aniqlash mumkin.

InSAR tekhnologiyasi radar sensorlariga ega va hatto 1 mm deformasiya bulsa ham, uni ilgay oladi. Bu orqali obekt vaqt osha qanday qurilganini satellit suratlar yordamida rekonstruksiya qilish mumkin. Bu qiyin emas, uning bosqichma-bosqich qanday qurilganini kursa buladi.


Toshkent-Jizzakh yuli suv ostida qolgan.

Malumot uchun, Deltares – suv resurslari va geologiya sohalarida amaliy izlanishlar olib boruvchi mustaqil tadqiqot instituti. Kompaniya Niderlandiyaning Delft va Utrekht shaharlarida joylashgan. Institutda 800dan ortiq mutakhassis faoliyat yuritadi. Kompaniya faoliyati jamiyat va atrof-muhit uchun intellektual echimlar izlash, innovasiyalar yaratishga qaratilgan.

Eslatib utamiz, prezident Shavkat Mirziyoev tekhnogen ofatni tahlil etish uchun Fransiya, Turkiya va Rossiya kabi mamlakatlardan dunyoning etakchi ekspertlari taklif etilishi va ular voqeaga kholisona baho berishini aytgan.

О нас

Яна маълумот

shevrale

UzAuto Motors Equinox ustiga 47 foiz narkh quyib sotayotgani malum buldi

UzAuto Motors kompaniyasi AQShdan import qilayotgan Chevrolet Equinox krossoverini 22,8 ming dollarga sotib olib, 33,6 …